4-§. Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatning roli
Soliq davlat yashashining moliyaviy manbayi bo`lganligidan soliq siyosatini
ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun
davlat o`z qo`lidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni ishlab chiqadi. Bunday
tashkilotlarga Davlat soliq qo`mitasi, Moliya vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy
tashkilotlar kiradi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati,
ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o`rganiladi. Yangi
kiritilayotgan soliqlaming ilmiy asoslanganligi tekshiriladi. Amaliyotchi yirik
mutaxassislar fikrini eshitib, erkin bahslashuvlar o`tkazib, so`ng bir qarorga kelishi
zarur. Hech qachon faqat biron soha mutaxassislari taklifini ic/da olib, ularga qarab
qaror qilishi to`g`ri bo`lmaydi. Chunki har sohaning vakili o`z sohasining
vazifalaridan kelib chiqib taklif qilishi mumkin. Umumdavlat manfaatlarini to`liq
ilgaridan ko`ra olmasligi mumkin.
Ma'lum qarorga kelingandan so`ng soliq siyosati loyihasi qaror chiqaruvchi
organ tasdig`iga berilsa maqsadga muvofiq, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga mos
keladi. Tasdiqlangan soliq siyosatining keng jamoatchilikka ommaviy axborotlar
orqali ma'lum qilish zarur. Shunday siyosatning ijrosini ham strategik jihatdan,
ham taktik jihatdan ta'minlashni yana davlat tashkil qiladi. Buning uchun o`zining
tegishli idoralarini ishga soladi. Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni
to`liq hayotga tadbiq qi-Iishning tashkilotchisi va boshqaruvchisidir.
Davlatning faol soliq siyosati yuritishi bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli
o`tish va uning munosabatlarini rivojlantirishning muhim omilidir.
Shunday qilib, soliq siyosati orqali davlat respublika iqtisodiyotini har
tomonlama barqarorlashtirish va rivojlantirishga faol ta'sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |