Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. O`zbekistonda soliq solish tizimi nima?  
2. Soliqlarni asosiy elementlariga nimalar kiradi?  
3. Soliq stavkalarining turlari nima?  
4. Soliq deklaratsiyasi nima? 
 
16


III bob. O`ZBEKISTON DAVLATINING SOLIQ SIYOSATI 
l-§. O`zbekiston Respublikasidagi o`tish davri iqtisodiyotini boshqarishda 
moliya siyosatining roli 
 
Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga 
asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchil iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli 
dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday dastaklardan eng muhimlaridan 
biridavlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish 
sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga 
solish muammolariga alohida e'tibor beriladi. 
Moliyaviy siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo`lib, uni 
falsafiy kategoriyaga taqqoslaydigan bo`lsak, ustqurmaga taalluqlidir. Ma'lumki, 
har qanday jamiyatda ham davlat biron-bir maqsadga erishish, oldiga qo`ygan 
vazifa va majburiyatlarni bajarish uchun moliyadan keng foydalanadi. 
Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarga hayotga tatbiq etish uchun 
bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarni tashkil etishda asosiy rol o`ynaydi. Moliyaviy 
siyosatni ishlab chiqish jarayoni va hayotga tatbiq etishda u jamiyat oldida turgan 
vazifalarni bajarish sharoitlarini ta'minlab, iqtisodiy manfaatlarga ta'sir 
ko`rsatadigan qurol sifatida namoyon bo`ladi. 
Moliyaviy siyosatning asosiy yo`nalishi moliyaviy resurslardan foy-dalanish 
samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o`rtasida qayta taqsimlash va 
bosh yo`nalishga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish 
maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat. 
Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekamiz, biz uning nihoyatda ko`p qirrali 
va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta'kidlashimiz kerak. Hozirgi kunga 
qadar moliyaviy siyosat tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan, 
g`arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard Shmalenzilarning 
fikricha, moliyaviy siyosat musta-qil tushuncha hisoblanmaydi. Ular moliyaviy 
siyosat tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondashadilar. «Fiskal 
siyosat esa davlatning o`z daromadlari va xarajatlari bo`yicha qaror qabul qilishi 
bo`lib, hisoblanadi, deb ta'kidlanadi. 
Xorij iqtisodiy maktabining Kempbell R., Makkonell va Stenli L.Bryu kabi 
namoyandalari ham shunga o`xshash fikrlarni bildirib, «moliyaviy byudjet va 
fiskal siyosat tushunchalarini bir o`ringa qo'yishadi». 
Professor V.V Lavrovning fikricha, moliyaviy siyosat ishlab chiqarishni 
hisobga olish va nazorat qilish, tnehnat sifati va mahsulotlarni taqsimlash bilan 
bog`liq. Rus olimi I.V.Levchuk moliyaviy siyosatni ishlab chiqarishni 
rivqjlantirishdagi katta rolini ko`rsatib, moliyaviy siyosat, birinchi navbatda 
markazlashtirish va demokratik boshqarishni tashkil etishda xizmat qiladi, - deydi. 
Moliyaviy siyosatga toiaroq tushunchani M.K.Sheremetev o`zining o`quv 
qo`llanmasida beradi: «Birinchidan, moliyaviy siyosat bu moliyadan foydalanish 
bo`yicha davlatning asosiy yo`nalishidir; ikkichidan, moliyaviy siyosat mamlakat 
iqtisodiyotining ichida ro`y beruvchi moliyaviy jarayonlarning natijasidir». 
Yuqoridagilarga asoslanib, moliyaviy siyosat bu aholining hayot darajasini 
 
17


oshirish maqsadida moliyaviy mablag`larning davlat tomonidan tartibga 
solinishidir, deb aytishimiz mumkin. 
Moliyaviy siyosat haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida to`xtalib 
o`tishimiz lozim boladi. Hozirgi kunda moliyaviy siyosat turlarini quyidagicha 
guruhlash mumkin: 
- iqtisodiy o`sish siyosati; 
- muvozanatlashtirish siyosati; 
- chegaralash siyosati. 
Moliyaviy siyosatning yuqorida keltirib o`tilgan turlari milliy daromad 
hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga davlat xarajatlari tizimini nazorat 
qilishga, soliqiar vositasida iqtisodiyotni tartibga solishga, budjet soliq siyosati 
yaxlitligini ta'minlashga xizmat qiladi. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishda 
davlat moliyasining alohida bo`g`inlariga e'tibor qaratiladi. 
Davlat moliyasi bo`g`inlari quyidagilarda tashkil topadi: 
 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling