Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Davlat moliyasining tarkibiy tuzilishi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
Davlat moliyasining tarkibiy tuzilishi
Davlat budjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilish kerak. O`zbekiston Respublikasining 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga binoan, O`zbekiston Respublikasi o`z moliya va pul kredit tizimiga ega. Davlat budjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti va mahalliy byudjetlardan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg`armalari jamlanadi. O`zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to'g`risida»gi Qonunning 3- moddasida ilk bor davlat va mahalliy budjetlarga tushuncha berib o`tilgan, bunga ko`ra davlat byudjeti bu davlat pul mablag`larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg`armalari mablag`larining) tnarkazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Asosiy moliyaviy reja sifatida budjet quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: - budjet universal moliyaviy reja hisoblanib, o`z ko`rsatkichlari bilan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu universallik xususiyati boshqa moliyaviy rejalarda uchramaydi, chunki ular tor doirada harakat qiladi; - boshqa moliyaviy rejalarga nisbatan budjet muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi; - muvofiqlashtirish-budjet ko`rsatkichi bilan boshqa moliyaviy rejalar ko`rsatkichining o`zaro bog`liqligi orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning moliyaviy rejalarida budjetga to`lanidigan majburiy to`lovlar hajmi va byudjetdan 18 ajratiladigan mablag`lar ajratiladi. Taniqli rus olimlari M.V.Karaseva va Yu.A.Kroxina o`zlarining «Финансовое право» darsligida budjetning quyidagi o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsatib o`tadilar: - budjet davlat va ma'muriy tuzilmalaming xarajatlarini qoplash maqsadida tashkil etiladigan pul mablag`lari jamg`armasidir; - budjet davlat va ma'muriy tuzilmalarning moliyaviy rejali akti bo`lib, unda ularning daromadlari va xarajatlari ko`rsatib o`tiladi; - budjet - korxonala muassasalar va tashkilotlarning balansi va smetasi singari moliyaviy reja bo`lib, unversallik va muvofiqlashtiruvchi xususiyatga ega. Yuqorida ko`rib chiqilgan barcha jihatlar budjet mazmunini boyitib, to`ldirib turadi. Byudjet bu davlat hokimiyati organlari funksiyalarini ta'minlash maqsadida pul mablag`larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir. Bu tushunchadan ko`rinib turibdiki, birinchidan, budjet bu pul mabiag`larini tashkil etish va xarajat qilish shakli hisoblanadi, ikinchidan, budjet davlat va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalarini ta'minlaydi. Har qanday kategoriyaning, shu jumladan, budjetning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo`ladi. Budjet keng moliyaviy kategoriya bo`lganligi sababli unga moliyaning barcha vazifalari xosdir. Budjetriing quyidagi asosiy vazifalarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin: -milliy daromadni qayta taqsimlash; - iqtisodiyotni tartibga soiish; - budjet sohasini moliyaviy ta'minlash; - davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; - markazlashgan pul mablag`lari jamg`armalarini tashkil etish va foydalanish ustidan nazorat o`rnatish. Budjet ommaviy-huquqiy kategoriya bo`lib, normativ tarzda mustahkamlanadi va davlat (ma'muriy-hududiy tuzulmalar) manfaatlarini amalga oshirishda xizmat qiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling