Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob. SOLIQLARNING IQTISODIYOTNI BOSHQARISHDAGI ROLI VA SOLIQ IMTIYOZLARI l-§. To`g`ri va egri soliqlar haqida tushuncha va ularni budjet daromadlarini
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Soliq siyosati nima? 2. Soliq siyosatining chet el tajribasi? 3. Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatni roli nimadan iborat? 4. Hozirgi sharoitda soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari nimadan iborat? 5. Soliq mexanzmi nima? 6. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi va moliyaviy tartibga solish nimadan iborat? 26 IV bob. SOLIQLARNING IQTISODIYOTNI BOSHQARISHDAGI ROLI VA SOLIQ IMTIYOZLARI l-§. To`g`ri va egri soliqlar haqida tushuncha va ularni budjet daromadlarini toidirishdagi roli Davlat budjeti daromadlarida to`g`ri va egri soliqlar nisbati deyarli bir xil, ahamiyati esa har xil. To`g`ri soliqlarda soliqlarning huquqiy va haqiqiy to`lovchisi to`g`ridan- to`g`ri mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi va xizmatlar ko`rsatuvchi korxonaning o`zginasidir. Bu yerda soliq og`irligini boshqalar yelkasiga ortish holati bo`lmaydi. Bu soliqlar to`g`ridan-to`g`ri moddiy ishlab chiqarish va ko`rsatilgan xizmatlar rejasining sifat bo`ykha bajarilishiga bog`liq. Agar respubiikamizda mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish oshib borsa hamda uning moddiy va pul xarajatlari kamayib borsa korxonalar va birlashmalar daromadlari oshib boradi. Daromadlarning oshishi ham korxona va birlashma va ham davlat byudjeti uchun zarur. Daromad solig`i orqali davlat korxona va birlashmalarda mahsulot ish-lab chiqarish va sotish rejasining bajarilishidan, jami xarajatlarning rejali uslubi asosida amalga oshishidan va umuman korxona moliyaviy ahvolidan xabardor bo`lib turadi. Ularning moliyaviy ahvoli yaxshi bo`lsa, byudjetga soliqlar ko`proq tushadi, aks holda kam tushadi. Yoki mol-mulk solig`ida korxona va tashkilotlarda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatiga qarab soliq hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ya'ni stanoklar, mashi-nalar, har xil mexanizmlar, asBob-uskunalarni oshiqcha ko`paytirib yubor-sa, korxona soliq ko'p to`laydi. Oz fondlar ishlatib ko`proq mahsulot ishlab chiqarish va sotishga erishsa, kam soliq to`laydi. Demak, soliq bu yerda korxona ixtiyoridagi asosiy fondlardan unumli foydalanishga va ishlatilmaydigan, keraksiz fondlarni sotib yuborishga undaydi. Yer solig`i esa korxona birlashma va tashkilotlar ixtiyorida bo`lgan yerlardan samarali foydalanishni ko`zlaydi. Umuman to`g`ri soliqlarning respublikamiz iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta'siri mavjud. Ular respublikamiz korxona, tashkilot birlashmalaridan moddiy xarajatlarni, mol-mulklarni, yerlarni transport vositalari va pul manbalarini tejash va iqtisod qilishga undaydi. Ulardan budjetga tushgan soliqlar esa respublika ijtimoiy iqtisodiy maqsadlariga yo`naltiriladi. o`z mablag`laridan mehr-shafqat, ekologiya va boshqa ijtimoiy maqsadlarga ishlatgan korxona, birlashma va tashkilotlarga esa soliqlardan qator yengilliklar beriladi. Demak, bunda soliqlarning ijtimoiy, insoniylik xarakterdaligi o`z ifodasini topadi. Soliqlarning ayniqsa kamchi xalq iste'moli mollari yangi va raqobatga bardosh bera oladigan mollar ishlab chiqarishni rag`batlantirish uchun ham ahamiyati kattadir. Egri soliqlarning bozor iqtisodiyoti talablaridan, uning o`tish davri qiyinchiliklaridan kelib chiqqanligini aytib o`tgan edik. Iqtisodiyotni rivojlanishi erkin bozor munosabatlariga asoslanadigan bo`lsa, hokimiyat demokratik yo`ldan rivojlanadigan bo`lsa, davlat bilan bozor tnunosabatlari sharoitida ishlaydigan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar 27 o`rtasidagi munosabat faqat huquqiy munosabat asosida bo`lishi taqozo etiladi. Shunday munosabatlar soliqlar, shu jumladan, egri soliqlar bilan ham amalga oshiriladi. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki davrlarida jamiyat uchun zarur bo`lgan moliyaviy manbalarni faqat to`g`ri soliqlar orqali ta'minlash imkoniyati yetarli bo`lmay qoladi. Shuning uchun to`g`ri soliqlardan tashqari egri soliqlardan ham foydalaniladi. Egri soliqlarning ham yurtimiz iqtisodiyotida ahamiyati kattadir. Birinchidan, bu soliqlar tovarlar va xizmatlar sotilishi bilan bog`liq bo'lganligidan, ular sotilishi bilanoq byudjetga tushadi. Odatda, kamaytirib berilmaydi. Bu hol budjet daromadini mustahkamlaydi, budjetdan bo`ladigan ijtimoiy zaruriy xarajatlarni uzluksiz, o`z vaqtida, mustahkam moliyalashtirish imkonini beradi. Ikkinchidan, bu soliqlar orqali korxona va birlashmalarning mahsulot sotish, xizmat ko`rsatish va ishlar bajarish ustidan davlat nazorati o`rnatiladi. Iste'mol tovarlarini uzluksiz ishlab chiqarish nazoratga olinadi. Tovarlar iste'molini boshqarib, kerak bo`lsa cheklab borish imkoniyati yaratiladi. Uchinchidan, bu soliqlar tovarlar qiymatini ustiga qo`yilganligi sababli tovar bahosi oshib, muomaladagi ortiqcha pullar muomaladan olinadi. Bu esa pul muomalasini mustahkamlashga, pul qadrsizlanishi (inflatsiya)ni jilovlashga imkon beradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling