Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
To`rtinchidan, bu soliqlar obyekti tovar oboroti, bajarilgan ishlar va
xizmatlar bajarilishi bilan byudjetga soliqni o`tkazib beradi. Bu yerda to`g`ri soliqlarda bo`lgani kabi moliyaviy faoliyat yakunini kutish zarurati bo`lmaydi. Shuning uchun bu soliqlar byudjetga tamomila tushadi, odatda qaytarib berilmaydi. 2-§. Soliq imtiyozlari haqida tushuncha va soliqqa tortish tamoyillari O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliqlardan imtiyozlar berish ko`rsatib o`tilgan. Imtiyoz deganda boshqa shaxsga nisbatan ustunlik tushuniladi. Imtiyozda odatda, a'lo baholarga o`qigan talaba boshqalarga nisbatan ko`proq stipendiya oladi va hokazo. Lekin soliqlarda imtiyoz deganda soliq ko`p olinmaydi, balki soliq og`irligi yengillashtiriladi (kamaytiriladi). Shuning uchun ham soliqlarda imtiyoz emas balki yengillik so`zi soliq munosabatlarini to`liqroq ifodalaydi. Soliqlardan yengilliklar degani joriy soliq qonunchiligi bo`yicha huquqiy va jismoniy shaxslarni soliq to`lashdan to`liq yoki qisman ozod qilish demakdir. Imtiyozlar to`g`ridan-to`g`ri to`lanadigan soliq summasidan berilishi mumkin. Aytaylik, korxona bolalar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`lsa, daromadga (foydaga) soliq bo`yicha imtiyoz beriladi. Bu qisman ozod qilishga ham kiradi. Imtiyozlar vaqtinchalik ham bo`lishi mumkin. Jumladan, dehqon (fermer) xo`jaliklari yangi tashkil etilgan davrdan boshlab ikki yilgacha daromad solig`ini to`lashdan ozod etiladi. Bizning soliq qonunchiligimizda soliq to`lashdan to`la ozod qilish xollari ko`p uchraydi. Masalan, korxonada jami ishlovchi xodimlar sonidan 75 %dan ko`prog`ini o`rta maktab va maxsus bilim yurti talabalaridan iborat bo`lsa, foyda 28 (daromad) soliqlaridan tamomila ozod etiladi. Jismoniy shaxslarning daromad solig`i bo`yicha xorijiy mamlakatlarning vakolatxonalarida va elchixonalarida ishlovchi chet xodimlari, mutaxassislar soliqdan mutlaqo ozod etiladi. Bulardan tashqari, soliq bazasini kamaytirish orqali byudjetga to`lanadigan soliq summasini qisqartirish ham imtiyozlar turkumiga kiradi. Masalan, xususiy shaxslar o`z daromadlarini investitsiyaga sarflashsa yoki uning uchun olgan uzoq muddatli kreditlarni qaytarishsa, 50 % soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladi. Umuman olganda, imtiyozlar turkumiga soliqqa tortiimaydigan daromad guruhlari ham kiradi. Masalan, fuqarolarning daromad solig`i bo`yicha bir qator soliqqa tortilmaydigan daromadi mavjud. Bularga pensiya, nafaqa, aliment, kon topshirgan shaxs oladigan daromad guruhlari ham kiradi. Imtiyozlar dialektikasiga binoan budjetga soliq to`lashdagi imtiyozlar mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga budjetga tushadigan umumiy daromadlarni, aytaylik, qo`shilgan qiymat solig`i va aksiz soliqlari orqali bo`lsa ham ko`paytirishi mumkin. Soliq qonunchiligi amaliyotida imtiyozlar turi juda ko`p bo`lgani bilan ulardan foydalanish ancha murakkab. Ba'zan ular cheklab qo`yiladi. Soliqlar bazasini kamaytirishning 6-7 holatlari mavjud. Soliq to`lovchilar qonun hujjatlarida ko`rsatilgan hatnma imtiyozlardan to`liq foydalana olmaydi, chunki shartlari og`ir, ortiqcha rasmiyatchiliklarni talab etadi. Respublikamizda aholi soliqlaridan xilma-xil yengilliklar berilishi bozor iqtisodiyotining og`ir o`tish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishga, shu davrda aholiga eng kam deganda iste'mol savatchasi darajasi atrofida daromad olishga qaratilgan. Korxona, birlashma va tashitilotlarga soliqlardan yengilliklar berilishi ularga o`z korxonalarini kengaytirish, ko`proq xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish, xorijiy ishbilarmonlar bilan birlashib qo`shma korxonalar tuzish, ijtimoiy va madaniyat shoxobchalariga bozor qiyinchiliklari davrida yordam berish va boshqa mehr-muruwat jamg`armalariga yordamlashish imkonini yaratadi. Soliqlar kelib chiqishiga ko`ra davlat bilan bog`liqligi, ular davlatniki ekanligini aytib o`tgan edik. Demak soliqlar davlatniki ekan, ularni tashkil etish ya'ni soliqqa tortish tamoyillarini ham davlat ishlab chiqadi. Soliqlarni tashkil qilishda shu tamoyillarga qattiq rioya qilish soliq toiov-chilarni ko`p ranjitmasdan ulardan soliqlarni undirish imkonini beradi. Soliqqa tortish tamoyillari davlat tomonidan ishlab chiqiladi va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarda ifodalanadi. O`zbekiston Res-publikasining 1991-yil 15-fevraI va uni oxirgi marta 1995-yil 22-dekabrda kiritilgan o`zgartirishlar va to`ldirishlar bilan qabul qilingan. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar soliqlari to`g`risida Qonunda soliqqa tortishning asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Manbalardan qafiy nazar hamma daromadlarni soliqqa tortilish majburiyligi. 2. Umumdavlat soliq siyosati atrofida hamma daromaddagi majburiy hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqillikni hisobga olib yagona umumdavlat soliqqa tortish siyosatini yuritish. 29 3. Faoliyati muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarga hamda xo`jalik yuritishning ilg`or shakllariga qaratilgan faol ishlovchi korxonalarga imtiyozlar tizimi orqali soliqlarni qiziqtiruvchi rolini ta'minlash. 4. Soliq to`lovchilari bo`yicha deklaratsiyalar, tekshirishlar va reviziyalar o`tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar qo`llash bilan moliyaviy nazorat o`rnatishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning soliq qonunchiligida soliqqa tortish tamoyillari ko`rsatib berilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 1. Tenglik va samaradorlik. 2. Soliqqa tortishda aniq va osonlik. 3. Soliqqa tortishning xazinaviy samaradorligi va egiluvchanlik. 4. Soliqqa tortishning arzonligi. 5. Soliqqa tortishda ijtimoiy adolat. Yuqoridagi barcha tamoyillarni e'tiborga olish soliq konsepsiyasini mukammal ishlab chiqishning asosidir. Bunday konsepsiyaning yaratilishi esa soliq siyosati strategiyasi va taktikasining negizidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq solishda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu davrda tovar baholarining keskin oshib ketishi mehnatkashlar turmush darajasini qiyinlashtirib turgan paytda iloji boricha soliqlar yukini yengillashtirib borish talab etiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling