Yo‘ldosheva
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tez aytishlar
- TOPISHMOQ O‘TISH DARSI NANIUNAS I Mavzu.
- Darsning turi
- Javoblari: i . Qarmoq. 2. Laylak. 3. Tııgma. 4. Shamol. 5. Qor. 6. Arra. guruh uchun krossvord: Bo ’yigo
- Javoblar: 1. Tipratikan. 2. Gazeta. 3. Uztım. 4. Qaldirg‘och. 5. Tarvuz. 6. Qamish. gumh uchun krossvord
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o‘rganish metodikasi Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan bel-
gisi, shakli, xatti-harakat i, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq tıırmtıshi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi. U larning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo‘1gan intilishlari yotadi. Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To- pishmoqning javobini topish uchıın topishmoq matnini e'tibor bilan o‘qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qi- lish bilan ham topishga harakat qilish kerak. Topishmoq o‘qtıvchilarni topqirlik va hozirjavobli.kka o‘rgatadi. Shiı sababli xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklafda ham keng qo‘llanilgan. i —2-sinf„O‘qish kitobi“ da topishmoqlar ko‘proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko’zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1 -sinf „O‘qish kitobi“ da „ Kitobga mehr“ matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo‘isa tashlama“ topishmog‘ i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilgan da ularning javobi oson topiladi. i —4-sinf o‘qish darsliklarida „Topishmoqlar“ mavztısi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo‘lib, ular o‘qtıvchilarning topqirligini yanada oshir:idi, tafakku rin i o‘stiradi. I —2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ı:larning ostiga yozib qo‘yi1gan yoki rasmlar orqali berilgan. 3—4-sinflarga o‘tgaclı esa javoblar qayd eti lmagan. Buning sabab i shuki, bm davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida İSE lfl5Û ko‘nikmalarini hosil qilgan bo‘1adi. Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoq- da. Bunday topishmoqlar sho‘x, qiziqarli bo'ladi. Masal an, 4-sinf „O‘qish kitobi“ da „Buni toping, qizlarim“ (G‘. G‘ıılom) topishnıoqlari keltirilgan Latifa xalq og'zaki ijodining eng ommavii janrlaridan biri bo‘1ib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli. kichik hajmli hikoyadir. Xalq o‘rtasida „afandi“ deb ham ytıritiladi. Lar ifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog‘liq holda varatiladi, ixcham sııjetga ega bo‘ladi. Latifalarning eng muhim xususiyatlari dan biri rining hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borislaidir. Latifa mat ni ustida ishlashda ham hikoya mat ni ustida ishlashda qo‘llangan usullardan foydalanish mumkin. Lekin bunda latifa janri- ning o‘ziga xos jihatlariga ham ahamiyat qaratish lozim. sinf „O‘qish kitobi“ darsligida „Uyqıım qochib ketdi“, „Tuya eshikdan sig'maydi“ kabi latifalar keltirilgan bo‘lsa, 3-sinfda „Lntifalar“ mavzıısi ostida bir necha latifalar berilgan. Latifalar ustida ishlaganda ularda tanqid qilingan illatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish, o‘qııvclıilarga yaxshi fazilatli bo‘lish kerakligini tıqtirib o‘tish kerak. Umtıman olganda, latifalar orqali ham o‘qııvchi1arni tarbiyalab borish lozim. Tez aytishlar ma'1um so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovııshni to‘g‘ri talaffuz qilishga, tini boshqa tovtıshlardan farqlaslıga ‹ı‘ rgatadigan, xotirani mtıstahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan. o‘qish sur‘at ini oshiradigan janr hisoblanadi. Shiı sababli 1 -sinfda ko‘pgina tez aytish- lar keltirilgan. Masadan, „ Botir bot mas botqoqqa“, „Qobil qozonda qovıırdoq qovtırdi“, „ Biıhodir bayı'oqni Bot irga berdins i. Dot i ı’ Ba- hodirga bayroqni berdi mi?“, „Olim oldidagi oltita ol mani oldi“ va boshq. Shtıni alohida ta'kid1ab o‘tis1ı kerakki, boshlang‘ich sint darslik- lariga o’qtıvchilar yoshiga mos, mavzular bo‘yicha tanlab olingan, ko‘proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritil ishi maqsadga muvotiqdir. Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o‘rganish boshlang’ich sinf- larda dastlab lıar biı da nda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o‘ rganishda esa o‘qitt1vchi1ar turli usullardan foydalanishlari mumkin. TOPISHMOQ O‘TISH DARSI NANIUNAS I Mavzu. Topishmoqlar. Darsning maqsadi: O‘qtıvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lıımot berish. U larning topishmoqni ifodali o‘qis11, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o‘rgatish. O‘qtıvclıilarning mtıomala madaniyatini oshirish. O‘qtlvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy taoliyatga yo‘llash. Darsning turi: yangi bilim berııvchi, topishmoq o‘qish da ı si. Darsning borishi Da’yat bosqichi. Maqsad: o’quvchilarning topishmoq haqidagi t'ıshınıchalarini aniqlash, yangi mavzııga qiziqish ııyg‘otish. Nletod: suhbat, izlanislı metodi. O‘qituvchi xattaxtaga osmondagi ytılduzlar, yong‘oq. yer yong‘oq, arra rasmlarini ilib qo‘yi1di va quyidagi topishmoqni yozadi: Tıtnda ko‘ rib, cho‘g‘ deysan, Tongda ko‘rih yo‘q deysan. Savol-topshiriqlar berİ îldi: Shiı rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping. Qaysi so‘zlar orqal i topish moqlarning javob i „yuldtız“ eka- nini bilding iz‘? Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'sha1oq tovoq, lchi to‘la yog‘. — Qaysi belgi1‹ıriga ko‘mı topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq yoziladi: Pilla kabi bo‘g’indor, Her bo‘g‘inda mag‘zi bor. — Yer yong‘oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan? 4-topishmoq: Og‘zi yo‘g‘-u tishi bor, Dtıradgorda ishi bor. Javob qaysi so‘zlar orqali topdingiz? O‘qituvchi: Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi? Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so‘zlar bo‘ladi. Topishmoqlarda ko‘pincha kim?, nima? so‘zlariga javob bo‘ladigan so‘zlar yashirinadi. 2. Topishmoqlar haqida ma'lumot berish. O‘qituvclıiniııg hikoyasi: Topishmoq mat nida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakat i, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo‘ladi. To- pishmoqlar qadimda .,jumboq“, „top-top“ deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o‘ziga xos rasm- rusmlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Anglash bosqichi. Magsııd• darslikda berilgan topishmoqlar bilan tanishtirish, mustaqil o‘qishga, topishmoqlar yuzasidan o‘zaro mııhokama qilishga o‘rgatish. Metod: mustaqil ish, krossvord yechish, suhbat metodi. Topishmoqni ifodali o‘qish va javobini topish. Savol-javob o‘tkazish: Birinchi topishmoqning javobi nimaga o‘xshatilgan? (G’o‘zaga) Tungi osmon nimaga o‘xshati1gan? (ko‘k ko‘ylakka) 2-topishmoqda oy nima deb ta riflangan? (patir) — 3-topishmoqda karamni qaysi belgilariga ko‘ra topdingiz? (Ka- ramning qavat-qavat bargi qat-qat to‘nga o‘xshati1gan) Krossvord yechish. O‘qituvchi krossvordni yat manga oldindan quyidagicha tayyorlashi mumkin: krossvord savollari topishmoqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Sinfni 3 gunıhga bo'l ib, har bir guruhga 1 tadan krossvord yechish uchun beriladi. Bu usul bolalarning topishmoqni tez topishga ishtiyoqini oshiradi. guruh uchun krossvord: Bo ’yiga Keragida suvga o‘tasan Qimirlashin poylab yotasan. Kasb i doim taqir-tuqur, Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir. 1 54 Birlashtirib kiyimni Issiq tutadi sizni. Eniga Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar. Katta oppoq dasturxon Yer yuzini qoplagan. Og‘zi yo‘g‘-u, tishi bor, Duradgorda ishi bor. Javoblari: i . Qarmoq. 2. Laylak. 3. Tııgma. 4. Shamol. 5. Qor. 6. Arra. guruh uchun krossvord: Bo ’yigo 1 . Tikuvchimas, Bichııvchimas, Ignasi ancha ekan. Kundalik tarix o‘zi Haı yerda uning so‘zi. Bir onadan ynz bola, Yuzovi ham bo‘z bola. Eııiga Uyning shiftida ini, Kuylab berar har kuni. Bahorda ktıtib olib Kuzatamiz kriz uni. Xo‘ppa semiz, bir tu ki yo‘q. Uzun terak, ichi kovak. Javoblar: 1. Tipratikan. 2. Gazeta. 3. Uztım. 4. Qaldirg‘och. 5. Tarvuz. 6. Qamish. gumh uchun krossvord: Bo’yigo Pishirsang osh bo‘1ur, Pishirmasang qush bo‘lur. Gulsiz meva qiladi, Ko‘p yesang — til shiladi: G‘ir-g‘ildirak oy kulcha, Bu nima, kim biladi? Chopsa chopilmaydi, Ko‘msa ko‘milmaydi. Bodom kabi yaprog‘i, Sollanadi butog‘i, O‘zi shirin, tukligina, Mazasi ham tot ligina. Eniga Ikki ajib qulog‘i bor: Biri tinglar, biri so‘zlar. O‘zi qizil. go‘zal biram, Qirga vozar qizil gilam. Pak-pakana bo‘yi bor, Yetti qavat to‘ni bor. Javoblar: 1. Tuxum. 2. Anjir. 3. Soya. 4. Shaftoli. 5. Telefon trubkasi. Lola. 7. Piyoz. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling