Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet40/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Fikrlash bosqichi.

Maqsad: Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob olish orqali egal- langan bilimlarni aniqlash, o‘yinlar orqali ijodiy izlanish ko‘nikmasini shakllantirish.

  1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash:

    • Topishmoqlarni kim yaratgan?

    • Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?

    • Topishmoqning qanday foydasi bor?

    • O‘zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?

  2. O‘qtıvchilar bir necha qatorlarga ajratilib, o‘yin uyushtiriladi: qator boslıliqlari o‘qtıvchilarga biror narsa rasmini beradi, o‘quvchi rasmga oid topishmoq aytadi. Bir o‘quvchi aytolmasa, orqadagi o‘quvchiga uzatadi. O‘quvchilarning o‘zIariga „Shunga doir topish- moqni o‘zingiz to‘qishingiz ham mumkin“ deb aytiladi. Qaysi qator topishmoqni birinchi aytsa, o‘sha g‘olib sanaladi.

  3. Uyga vazifa. Darslikda o‘qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib kelish.

  4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va darsni yakunlash.

O‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish
O‘qishdan o‘tkaziladigan umtımlashtiruvchi dars o‘qtıvchilar bil imi ni bi r ti zimga solish, o‘rganilganlarn i takrorlab tmımlash- tirish maqsadiga xizmat qiladi. U mumlashtiruvch i dars odatda o‘qish dasturidagi u yok i bu muhim mavzu yuzasidan o‘tkazi1adi.
U rnıımlashtiruvc hi dars dasturning buttın bir bo‘limini ya ku nlashga xizmat q il ishi ham mıımkıın.
Umınnlashtiruvchi dars bolalar tasavvtıri va tushtınchalarni kengay- t irishga \’ordam beradi; bunday darslarda o‘qtıvchilar egallagan bi- limlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o‘qtıvchi hayot ida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o‘qituvclıi bolalar bil imini boyitadigan shu mavztıga oid qo‘shimcha materiallar ham berishi mumkin.
Umıımlashtiruvchi darsda takrorlash, ilgari o‘qilgan1ar mazmunini o‘quvchilar yodida qayta tiklash emas, bal ki umıımlashtirtıvchi xarak- terda bo‘tishi. bolalar bilimini ma'ltım bir tizimga solishga, ayrim tasavvur va tushtınchalarini tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o‘qigan1arinigina emas, bal ki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo‘ladi. Nlaktab hayoti, oila mavzıısiga yoki tabiatshtınoslikka oid mavzuga bag‘ishlangan ıımumlashtiruvchi dars- ning vazifasi kitob materialini o‘quvchilarning kuzatishlari, ekskursi- yalar jarayonicia olgan bilimlari bilan bog‘lash hisoblanadi.
Umumlashtinıvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo‘lib, ko‘ri1gan va kechirilganlar yuzasidan, illustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko‘rsatislı va tahlil qilish, o‘qtıvchilarning ayrim asarlardan parchalar o‘qislıi, ekskursiya va kuzatishlar asosida o‘qtıvclıi1arning og‘zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi.
U mumlashtinıvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib tanlanadi.
O‘quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o‘qigan1ari, ko‘ rganlari, eshitganlari, krızatganlari haqida o‘z fikr-mıılohazalarini dadil va er- kin aytish imkoniyatiga ega bo‘lsin1ar. Masal an, ma’lum bir mavzuni yaktınlab o‘tkazi1gan ıımtımlashtinıvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o‘qigan hikoya va maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shııningdek, u yoki btı asarda qatnashuvchi shaxslar, ularning xtılq-atvorlari haqida o‘z fikrlarini aytadilar, ayrim zanıriy hollarda o‘qilgan asar mazmıınini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzııni o‘rganish jarayonida o‘qtıvchilar bilan ekskursiya o‘tkazilgan bo‘Isa, ular eks- k ıırsiyada ko‘rganlaridan nimalar qiziqarli bo‘l anini, qaysilari kuchi i taassıırot qoldirganini aytib berishlariga o‘qittıvchi yordam be radi. Btılar o‘qııvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi, o‘stinıvchi ta'1imning asosiy shartlari dan biri hisoblanadi.

  1. sinfda Vatan haqida bilim beradigan „O‘zbekiston — Vatanim ma.nim“ mavzıısida berilgan „Serqtıyosh o‘1ka“ she’ri (Z. Diyor),

Toshkentnoma“ (M. Shayxzoda), „Dehqon bobo va o‘n uch bola- kay qissasi“ (A. Oripov), „Xarita“ (N. Norqobilov), „Mardlik va aql yt›rug‘ligi“ (M. A'zam) she’r va hikoyalari o‘qi1gandan keyin o‘tkaziladigan umıımlashtirtıvchi darsning vazifasi o‘quvchilarning o‘qiganlarini, Vatan bo‘y1ab qilgan sayohatlari jarayonida ko‘rganlari, hozirda ko‘rayotgan1ari bilan bog‘1ab, umumiy xulosa chiqaradilar. Bunda o‘quvchilarning ShîlXSiy tajribasi, oila va maktab, shahar hayoti haqidagi bilimlari katta ahamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xtılosani o‘qituvchining yordamisiz o‘qt1vchiları1ing o‘z1ari musta- qil ravishda chiqarishlari juda muhim bo‘lib, bu ularning kelgusida ishonchlarini shakllantirish uchun mtıstahkam asos hisoblanadi.
„O‘qish kitobi“ darsliklarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishlariga yaqin, ularning yosh xıısusiyatlariga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to‘g‘ri yaktın va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta'1imda muhim ahamiyatga ega.
Umumlashtinıvchi darsni muvaffaqiyatli o‘tkazish unga o‘qitııvchi- ning qanday tayyorgarlik ko‘rganiga bog‘1iq. Bunday darsda jtlda ko‘p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu darsga ko‘p material ytıklash o‘qııvchilar diqqatini tarqatib yuboradi, idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. O‘qituvchi ıımumlashtinıvchi darsda o‘quvchilardan ni- malarni so‘rashni, mavzu yuzasidan yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o‘ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta'sir etadigan ish turlaridan foydalanisluıi rejalashtiradi.
Umumlashtiruvchi darsni o‘qish dasturidagi har bir mavzu o‘rgani1gandan so‘ng o‘tkazish shart emas. Uni faqat o‘qish darsining muhim va katta bo‘1imi materiallari o‘rganilgandan keyin o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mavzıılarni o‘rganish davrida foydalanilgan ko‘rgazmali qo‘llanma1‹ırdan, savol va topshiriqlardan, eksktırsiyil, kuzatish, tıchrashuv va suhbat materiallaridan ıımıımlashtirııvchi darslarda shunday1igich‹ı bir xilda foydalanish tavsiye etilmaydi.
Umumlashtiruvchi dars oldiga qo‘yi1gan vazifalarni mııvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o qıtııvchı kundalık mashg‘ulotlarda foydala- nilgan juda ko‘p materiallardan har bir mavzıı uchun jtlda muhim va xarakterlilarini tanlashi, o‘quvchilar mııstaqil xulosa chiqara olishlariga
a o‘z fikr-mtılohazalarini mustaqil ravishda bayon etishga, ekskursiya a kuzatishda yozgan xotiralarni (agar bo‘Isa) o‘qib chiqishlari, ilgari t:ıyyorlangan rasmlarini yig‘ishlari, kitobdagi materiallarni ko‘zdan kechirib, qiziqarli o‘rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim.


UMUMLASHTIRUVCHI DARS NAMUNASI
Mavzu. Mustaqillik — sharaf-shonim.
„Istiqlolim — istiqbolim“ bo‘limi yuzasidan rımumlashtinıvchi dars.
Dars maqsadi:

  1. „Istiqlolim — istiqbolim“ bo‘limi yuzasidan o‘qtıvchilar egal- lagan bilimlarni tizimga solish.

  2. O‘quvchilarning bo‘1im yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash, umumlashtirish.

  3. Bo‘lim yuzasidan egallagan bilimlarning hayotdagi ahamiyatini tııshunishlariga, mustaqillik buyuk ne'mat ekanligini anglashlariga erishish.

Dars turi: umumlashtirtıvchi dars.
Dars metodi: suhbat, ta¥lTlO .îÂÛ, mustaqil ish metodi.
Dars jihozi. „Istiqlolim — istiqbolim“ bo‘limini o‘rganishda qo‘llangan rasmlar va o‘qtıvchilar chizgan rasmlar, test topshiriqlari.


Darsning borishi
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘l inadi. 1 -gunıh ilmiy-ommabop asarlar ustida ishlaydi. Guruh nomi: Mustaqil sırt farzandlari“.
2-guruh she’riy asarlar ustida isl€aydi. Gunıh nomi „Istiqboli porloq bolalar“.
O‘qituvchi har bir gunıh vakillari uchun savol-topshiriqlar tuzadi (ular oldindan o‘quvchilarga berib qo‘yilishi ham mumkin). Savol- topshiriqlar dars vaqtida konvertda guruh sardoriga beriladi. Top- shiriqlarni o‘quvchilar darsda jamoa bo‘lib bajaradilar.

  1. tur topshiriq.

1 -guruh uchun: „Mangulikka tatigulik kun“ asari yuzasidan savol- lar tuzing va 2-guruh a'zolaridan javob oling.

  1. guruh uchun: „Iqboli bu lkSîIn“ she’ri yuzasidan savol-top- shiriqlar tuzing va 1 -guruh a’zolaridan javob oling.

O‘qııvchilar taxminan quyidagicha savollar tuzadilar: l-guruh a'zolari:

  1. 991 -yil 31-avgust nima uchun „Mangulikka tatigulik kır n deyiladi'?

  2. Mustaqillik sharofati bilan biz qaysi allomalarimizni tan.:i oldik?

  3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nimalar rivojlandi?

  4. Mııstaqillikka erishgach, O‘zbekistonda paxtadan tashqari nima ekila boshlandi'?

  5. .Asakada qanday zavod qıırilgan? U nimalar isNab chiqarmoqda‘' 2-guruh a'zolari:

  1. „ Iqboli bııvuksan“ she’rini yod aytib bering.

  2. ,. Iqboli buyuksan“ she’rida shoir yoshlarga nimalarni aymoqda?

  3. O‘zbekiston Davlat madhiyasini qo‘shiq qilib kııylab bering. Gunıhl‹ır 1 -tur bo‘yicha baholanadi.

2-tur topshiriq: Berilgan she'rni ifodali o‘qing va uning nima haqida ekanini ayting.
1 -gu ruh ılchun:
Ajdodlardan meros bo‘lib qolgan tuproq, Bobolarning qon va teri tomgan tuproq. Qizg‘aldoqlar oclıilganda qilmay kanda, Qir, adirlar guLxan bo‘lib yongan tuproq, To‘kin-soclıin dasturxonni solgan tuproq.
(Tursunboy Adashboyev)

  1. guruh uchun:

Alla bo‘lib jaranglagan Ona tilim — jon-u dilim. Mir Alisher bobomlardan, Meros bo'1ib qolgan tilim Bobur M irzo she’ridan
Rang va ohang olgan tilim. Shunday ıildan tonar bo‘lsam Yoki o‘gay sanar bo‘1sam, Qiyma-qiyma bo‘1sin tilim.
Ona tilim — jon-it dilim.
(Tursunboy Adashboyev)

  1. tur topshiriq: ., Zinama-zina“ o‘yini. Bunda shohsupaga birinchi chiqqan guruh unga „O‘zbekiston bayrog‘ini“ o‘rnatadi.

1 -gunıh uchun savol-topshiriqlar:

  1. O‘zbekiston Respub[ikasi qachon tnustaqi[likka erishdi?

  2. O'zbekistonning rivojlanib borayotganini asoslab bering.

  3. O‘zbekiston Resptıblikasi bayrog ini ta’riflab bering.

  4. Istiqlolni ultıg‘lashiınizning sabab i nimada deb bilasiz? 2-guruh uchun savol-topshiriqlar:

  1. „O‘zbekiston kelajagi btıyuk davlat“ gapini kim aytgan? O‘z- bekistonning buyrıkligini qanday izohlaysiz?

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstittıtsiyasi qachon qabul qilingan?

  3. O‘zbekiston Respublikasi Gerbini ta’riflab bering.

  4. Mustaqillik o‘zbek xalqiga qanday erkinliklar berdi?

  1. tur topshiriq:

  1. Konstitııtsiyadan yod olgan moddalaringizdan aytib, uning ma'- nosini izohlab bering.

  2. „Istiqlolim istiqbolim“ mavzusida tuzgan 5-6 gapli mat- ningizni o‘qing yoki ijod etgan she’ringizni ayting.

  3. Istiqlolim istiqbolim“ mavzusida chizib kelgan rasmlar ko‘r- gazmasini namoyish qiling.

  1. Nr topshiriq:

Ifodali o‘qish musobaqasi. Bunda o‘qituvchi bo‘limdagi asarlardan belgilab kelgan parchalarini o‘qitadi. Misol:

    • „Mangtılikka tatigulik kun“ asaridan bııg‘doy haqidagi parchani ifodali o‘qing. Shu asardan O‘zbekistondagi yer-mulk egalariga bildi- rilgan istaklarni ifodali o‘qing.

    • Konstitutsiyada keltirilgan moddalarni ifodali o‘qing.

    • Avtomobil zavodining tashkil etilishi haqidagi parchani ifodali o‘qing.


  1. Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling