Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet3/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari
O‘quvchilarga ona tilini o‘rgatish, ularni tarbiyalash va har monlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyas asoslanib, barcha yaqin, o‘zaro bog‘liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o‘qitish metodikasi o‘z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu ta- moyillar umumdidaktik tamoyillardan o‘zgacha bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘qııvchi o‘rtasidagi o‘quv mehnatining yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Ona tili o‘qitish tamoyillari quyidagilar:

  1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e'tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo‘1sa-da, e'tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiş ta'sir ko‘rsatadi. Masal an, fonetik ko‘nikma1arga yetarli e'tibor beril- masa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta'1im tamoyili tildîln olib boriladigan mashg‘ulotlarda eshituv va ko‘ruv ko‘rsat maliligini

ta’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.

  1. Til ma'nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma'no- larini) tushunish tamoyili. So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma'lum voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til ma nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning slıarti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, ush1biyat)ni o‘zaro bog‘langan holda o‘rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan lıoldagina o‘rganish, o‘zlasht1riSh mıımkin. Sintaksisni o‘rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografıya fonetika, grammatika, so‘z yasalishiga suyanadi va hokazo. So‘zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tııslıunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir- biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, o‘qitishda bu ni albatta hisobga olish kerak.

  2. Tilga sezgirlikni o‘stirish tamoyili. Til — juda mıırakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo‘Isa-da, uning qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘z1ashtirmay turib, uni yodda saqlab bo‘lmaydi. Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til material- larini yig‘adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xıısusiyati shakllanadi.

  3. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisa- larini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, ııning ifodaliligini (tısltıbga oid) tuslıunishni, mazıntıninigina emas, bal ki so‘z va nutq birliklarining, tilning boshqa bad i iy-tasviriy vositalarining hissiy bo‘yoqdor1igini ham tııshunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shtıningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o‘ziga xos

„noziklik“larini ham anglab yetishga yordam beradi.

  1. Og‘zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta'sir etadi va til o‘qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.

Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o‘qittıvchi bilan o‘quvchining maqsadga mtıvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qıılay yo‘nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish metodlari


Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o‘ynaydi. Ona tili o‘qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xu- losalar ishonarli bo‘lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo‘lishi lozim. Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tas- diqlanishi yuqori saviyada bo‘lishi tekshirish metodlarining puxtaligiga ham bog‘1iq.
Tekshirish metodlari 2 xil:

  1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:

  1. biror hodisaning metodik asosini. unga bog‘1iq boshqa fanlarni o‘rganish, qo‘yi1gan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo‘nalishini belgilashda;

  2. masal a tarixi, xorijiy maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o‘rganislı, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlan- magan va hal qilinmagan o‘rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;

  1. bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya) ning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o‘rganish, qulay metodlarni tanlash, o‘zining yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida;

  2. empirik tajriba yo‘li bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, eksperi- ment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirishda.

  1. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyi- dagi maqsadlarda qo‘llanadi:

  1. bu metod o‘qituvchilarning islı tajribasini o‘rganish, yangiliklari- ni tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;

  2. o‘quvchilarni o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o‘quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini so‘rovnoma orqali tekshirish;

d) eksperiment (tajriba) metodidan foydalanish. Hoz irgi kunda keng tarqalgan bu usulda deduktiv yo‘ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo‘yiladi, mavzuga asosan eksperiment uchun material (o‘quv ma- teriali) tayyorlanadi. Eksperiment bir necha marta takrorlanadi, bir necha sinf va bir necha guruhlarda o‘tkazi1adi. Eksperimentda 2 ta sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun tanlan-
12
gan tekshirtıv sinfi. Tajriba sinfida yangi metod, yang i darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfıda amaldagi metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb nomlanadi. Har ikki holda ham natija ytıqori bo‘lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperimental tekshirish o‘z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastıır, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment vazifasiga ko‘ra quyidagi Yollarda o‘tkaziladi:

  1. yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;

  2. metod yoki qo‘11anmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda;

  3. metod yoki qo‘llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlashda.

Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me'yoriga amal qilinadi. Btınday me'yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo‘lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar soni va xarakteri, ma'lum bir vaqtda o‘qilgan yoki yozilgan so‘z1ar soni, og‘zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi me'yoridan foydalaniladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘z predmeti va vazifalariga mos ravishda empirik tekshirish metodidan quyidagi ishlarda ham foydalanadi:
i . Ilg‘or o‘qittıvchilar ish tajribasini ıımtımlashtirishda. Buning uchun ilg‘or o‘qituvchilarning ish-tajribalari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, eng foydali jihatlari aniqlanadi va umumlashtiriladi. Bu metodika fani nazariy xtılosalarining to‘g‘riligini tekshirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi, bu fanni yangiliklar bilan boyitib boradi.

  1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o‘rganishda.

  2. Ta'lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirishda.

  3. Ona tilidan o‘quvchilarning o‘qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borishda.

  4. O‘quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og‘zaki qayta hikoya- lash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish da.

Yuqoridagi tekshirish metodlari tıslıbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling