Yo‘ldosheva


Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar


Download 1.16 Mb.
bet60/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar
Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qili- nadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo‘1adi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi:

  1. morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi);

  2. sintaktik mashqlar.

Agar o‘quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayo- nida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa,
mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga
oid mashqlarga bo‘linadi.
Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo‘1aklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‘ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko‘ra sintetik-ı2n alitik mashq hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo‘llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‘yish, qaysi kelishik ekanini ko‘rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O‘qtıvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlashi uchun u bog‘langan so'z (fe'l yoki ot)ni aniqlashi (so‘z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko‘ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi.
Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so‘z turkumiga ko‘ra (morfologik) tahlilni, gap bo‘laklariga ko‘ra (sintaktik) tahlilni o‘z ichiga oladi.
Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil o‘qt1vchilar o‘zlashtirgan sintaktik bilimlarning me'yoriga qarab chuqtırlashib boradi.
Amaldagi dasttırga ko‘ra, 1 -sinf o‘quvchi1ari „ega“ va „kesim“ atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo‘lak1arini amaliy ravishda topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi1ar, ya’ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z (ega)ni, u haqda nima deyil- ganini anglatgan so‘z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o‘quvchilar quyidagicha fıkr yııritadilar:
„Gap bolalar haqida ayrilgan. Kimlar? — bolalar (so‘zning tagiga bitta to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar — nima qildilar? — terdilar (so‘zning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar — gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) olmalarıi“.

  1. sinfda l -sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chu- qurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o‘qtıvchisi Chiroyli gullar adirfarni beradi“ gapini quyidagicha tahlil qiladi: „Gap gullar haqida ayrilgan. Nimalar? — gullar ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi — nima qildi? — kesim (tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) — adirlarni ikkinchi darajali bo‘lak, gapni to‘ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) — chi- royli (gullar) ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. Gullar beradi — gapning asosi. Chiroyli gullar x'z adirlarni beradi so‘z birikmasi“.

3—4-sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi, ammo so‘z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi.
Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi.
To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan, I -sinf o‘quvchisi shu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).

  1. sinfda so‘z turkumlari o‘tilgach, morfologik tahlil quyidagi tar- tibda o‘tkaziladi:

Ot: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘1angan1igi.
Fe'l. 1 . So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lish1i yoki bo‘lishsiz ekanligi.
Og'zaki tahlil namunasi: Mevali daraxtlar gıılladi. Mevali sifat, qanday? mevali; daraxtlar oti bilan bog‘langan: mevali daraxtlar; daraxtlar ot, nimalar? — daraxtlar, ko‘plikda; gtıllacli — fe'l, nima qildi? gulladi, bo‘lishli.

  1. sinfda o‘rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‘ldiriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

Ot: 1. So‘z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. 4. Egalik qo‘shimchası, shaxs-soni. 5. Kelishigi.
Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Son: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Olmosh: Kishilik olmoshi: l. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Shaxs-
soni. 4. Kelishigi.
Fe'l: l. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘1ishsiz ekan- ligi. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni.
O‘quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o‘qituvchi bu tartibga rioya qilib so‘zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: rini mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsa- dida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkam- lash bosqichida ham foydalaniladi.
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o‘zbek tilida so‘z qanday ma'noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3-sinfdan
boshlanadi. Bu sinfda 'ó‘quvchilarga o‘zakdosh so‘zlar, o‘zak o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi ekani, so‘z yasovchi qo‘shimcha1ar va so‘z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalar haqida elementar ma'1umot beriladi.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil quyidagicha o‘tkazi1ishi mumkin:

  1. So‘zga so‘roq berish va u nimani anglatishini bilish.

  2. O‘zakni aniqlash. Buning uchun so‘zga o‘zakdosh so‘zlar tanlash. O‘zakdosh so‘zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o‘zak)ni aniqlash.

  3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlash. Bu yangi so‘z yasash uchun xizmat qilishini aytish.

  4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlash. Bu so'zni boshqa so‘z bilan bog‘1ash uchun xizmat qilishini aytish.

  1. sinfda „So‘zning tartibi“ mavzusi to‘liq o‘rganilgach, gulzor so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Qaysi so‘z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so‘zi ninna? so‘ro- g‘iga javob bo‘ladi, narsani bildiradi, bu ot.

  2. O‘zakni aniqlayman. Buning uchun o‘zakdosh so‘zlar tanlay- man: gulzor, gulli, gulsiz, giilhi. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman gul. Bu o‘zak.

  3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman, gulzor so‘zi gul so‘- ziga -for so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.

  4. Bu so‘zda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha yo‘q.

So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan so‘ng shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi:
gul for.

  1. sinfda paxtakorga so‘zini so‘Z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘1ishi mumkin:

  1. Paxtakorga“ ot.

  2. O‘zakni aniqlayman. Buning uchun o‘zakdosh so‘zlar tanlay- man: paxtakor, paxtnzor. Solishtiraman. Umumiy qism — paxta. Bu — o‘zak.

  3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: pnxtakor so‘zi paxta

so‘ziga -kor so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shisli bilan yasalgan.

  1. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimc1ialarni aniqlayman:

-ga so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha, kelishik qo‘shimchasi.
4-sinfda ishladim so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil tartibi:

  1. Ishladim fe’1.

  2. O‘zakni aniqlayman. O‘zakdosh so‘zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiş, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism ish. Ish o‘zak.

  3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: ishla fe'li ish so‘ziga

-fu qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. -la — fe'l yasovchi qo‘shimcha.

  1. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlayman:

-di o‘tgan zamon qo‘shimchasi, -m — shaxs-son qo‘shimchasi, I shaxs, birlik: ishladim.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil dan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So‘zni morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to‘g‘ri yozishda o‘quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‘zni tovıısh-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so‘zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:

  1. So‘zda nechta bo‘g‘in bor?

  2. So‘zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko‘p bo‘lsa, sababini aytish)

  3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?

  4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so‘zda qaysi harf bilan ifodalangan?

Masalan, kitob so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi:
l. So‘zda ikki bo‘g‘in bor: ki-töb.

  1. So‘zda beshta tovush, beshta harf bor.

  2. So‘zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.

  3. k undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan i unli tovush, i harfi bilan ifodalangan

t undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan ifodalangan o unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan
Tovush-harf tomonidan to‘liq bo‘1magan tahlildan so‘zning yozi- lishini tushuntirishda ham, orfoepik to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish maqsa- dida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so‘zi oxirida b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim maklab, b harfi yoziladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling