Yo‘llarni qidiruv va loyihalash
Asosning qo‟shimcha qatlami-
Download 59.21 Kb.
|
Malakaviy amaliyot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- LANDSHAFTLI LOYIHALASH
Asosning qo‟shimcha qatlami- bu qatlamlar iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo‘l poyi to‘shama grunti orasida yotqiziladi.
Asfaltbeton qoplamalar - yo‘l qoplamalarining eng takomillashgan turi. Ular mustahkam asosga bir yoki ikki qatlamli qilib yotqiziladi. Asfaltbeton sun‘iy qurilish materiali bo‘lib, yirikligi bo‘yicha saralangan kamg‘ovak tosh asosdan - chaqiq tosh yoki shag‘aldan va qumdan (bular o‘zaro mayin mineral kukunning bitumli aralashmasi bilan bog‘langan) tashkil topgan aralashmani qizdirilgan holida shibbalab olinadi. Bitum asfalqtbeton aralashmasining tarkibiga qarab 3.5 dan 9%gacha miqdorda qo‘shiladi. Asfalqtbetonlar yirik donali (chaqiq tosh frakg‘iyalari 40 mm gacha), mayda donli (20 mm gacha) va qumli (5 mm dan yirik bo‘lmagan zarralar) bo‘ladi. LANDSHAFTLI LOYIHALASH Yo‘lning o‘q chizig‘ini reja, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar zlementlarini o‘zaro va atrof landshafti bilan fazodagi ravon chiziq singari uyg‘unlashtirib, ularni yo‘ldagi harakat sharoitlari va ko‘rinishiga ta’sirini baholab loyihalash kerak. Ko‘rish yaqqolligini baholash uchun yo‘lning uch o‘lchamdagi perspektiv tasvirlarini qurish tavsiya etiladi. I-II toifali yo‘llarda bo‘ylama nishabliklar, rejadagi va bo‘ylama kesimdagi egriliklar birga kelishi “o‘prilish” taassurotini paydo qilsa, bunday o‘lchamlarning birga ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Rejadagi va bo‘ylama kesimdagi egriliklar birgalikda joylashishi lozim. Bunda rejadagi egriliklar bo‘ylama kesimdagi egriliklardan 100-150 m uzun bo‘lib, egrilik cho‘qqilarining siljishi kichik egrilikning 1/4 uzunligidan katta bo‘lmasligi kerak. Rejadagi egrilik oxiri bilan bo‘ylama kesimdagi egrilik boshining tutashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular orasidagi masofa 150 m dan kam bo‘lmasligi shart. Agar uzunligi 500 m dan va qiyaligi 30 ‰ dan ortiq bo‘lgan rejadagi egrilik tushishning oxirida joylashgan bo‘lsa, uning radiusini keltirilgan qiymatlarga nisbatan 1,5 marotaba oshirib, tushish oxirida rejadagi egrilik bilan bo‘ylama kesimdagi botiq egrilikning birligini ta’minlash zarur. . Rejadagi to‘g‘ri qismlar uzunligini chegaralash zarur. Download 59.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling