Yo‘llarni qidiruv va loyihalash
Yo’l to’shamasini loyihalashni o’rganish
Download 59.21 Kb.
|
Malakaviy amaliyot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’l to’shamalariga ta‟sir etuvchi kuchlar.
Yo’l to’shamasini loyihalashni o’rganish.
Yo‘l to‘shamasi avtomobil yo‘lining eng qimmat turadigan qismidir. Ularni qurishga ketgan sarf ba‘zan umumiy qurilish qiymatining 60% iga etadi. Yo‘l to‘shamalari transport og‘irligi va tabiiy omillarning bevosita ta‘siriga uchrab, yo‘lning boshqa inshootlariga qaraganda, og‘ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun yo‘l to‘shamasining konstruktsiyasini belgilashga alohida e‘tibor bilan qarab, mustahkamlikni ta‘minlash bilan birga qurilish harajatlarini va qo‘llaniladigan materiallar miqdorini kamaytirishga intilish zarur. Yo‘l to‘shamasining konstruktiv qatlamlari. 1 - sirtqi ishlov berilgan qatlam; 2 - mayda donali asfaltbeton; 3 - yirik donali asfaltbeton; 4 - bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum. Yo’l to’shamalariga ta‟sir etuvchi kuchlar. Avtomobillar o‘tganida yo‘l to‘shamasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so‘na boradi. Bu yo‘l tushamasini ko‘p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaхkamlikdagi materiallardan foydalaniladi. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning g‘ildiraklaridan hosil bo‘ladigan kuchlanish Qoplama - yo‘l to‘shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o‘tkazmaydigan, eyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaхshi qarshilik qo‘rsatadigan, shuningdek iqlim ta‘siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruхsat etiladigan minimal qalinlikda bo‘ladi. Qoplama yo‘lning zarur foydalanish sifatlarini ta‘minlaydi (sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffig‘ienti katta). Asos- to‘shamaning toshlardan yoki bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko‘tarib turuvchi mustahkam qismi.Asos bosimni to‘shamaning pastda joylashgan qo‘shimcha qatlamlariga yoki yo‘l poyi gruntiga uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan. Asosga avtomobil g‘ildiraklari bevosita ta‘sir etmaydi, ob-havo yog‘inlari esa kam ta‘sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va eyilish qatlamidagiga karaganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar, sanoatning mustahkam chiqindilari, bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin. Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin. Download 59.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling