16.1-rasm. Toshkent avtovokzali bosh rejasi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ ning oldida yo‘lovchilar tashishda servis xizmatlarini takomillashtirish, yo‘lovchilarning ehtiyojlarini qondirish, tashishning yangi servis xizmatlarini joriy qilish, amaldagi xizmat turlarini saqlab qolish orqali yo‘lovchilar oqim zichligini yanada oshirish vazifalari mavjud. Yo‘lovchilar o‘z manzillariga chipta sotib olib yo‘lovchi poyezdga chiqishdan, boradigan manziliga yetib olguniga qadar: ya'ni, harakat vaqtining barcha bosqichlarida xizmat sifati va yo‘lovchilarning ehtiyojlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikka erishish zarurati paydo bo‘ladi
Barcha transport sohasi va yo‘lovchilar manfaatlari uchun ishlab chiqilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishdan kelib chiqadigan ma'lumotlardan samarali foydalanish alohida ahamiyatga ega. Transport xizmatlari bozorida marketingga umumiy yondashuvni qo‘llash yo‘lovchilarning odatda keng qamrovli transport turlari avtomobil, havo transporti xizmatlariga qiziqishi bilan bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarga manzillariga yetib olishida qulayliklar yaratilishi uchun temir yo‘l boshqa transport turlari bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yo‘lovchi tashish marketingining eng muhim elementlaridan biri transport turlari imkoniyatlarini o‘rganishdir. Buning uchun birlamchi va ikkilamchi darajali ma'lumotlar ishlatiladi. Birlamchi ma'lumotlar yo‘lovchi tashish transporti servis xizmatlari sifati qanoatlantirilganligi darajasini baholashni shakllantirish jarayonida bevosita yo‘lovchilardan olinadigan ma'lumotlar. Ikkilamchi ma'lumotlar turli xil hisob va statistik tahlillar qilingan hujjatlarda mavjud bo‘lib ular temir yo‘l tuzilmalari va mintaqaviy sub'ektlarning ixtiyorida bo‘ladi [2].
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish indekslarini aniqlash tartiblari
Temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashishni amalga oshirishda boshqa transport vositalari bilan sog‘lom raqobatning turli shakllarini faollashtirish va yo‘lovchilarga barqaror foydalanish imtiyozlarini shakllantirishga yordam berib, temir yo‘llarning boshqa transport vositalari bilan raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan transport turlari faoliyatini o‘zaro bir biriga uzviy bog‘liqlikda tashkillashtirish yo‘lovchilarning manzillariga yetib borish vaqtini qisqartiradi va ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini sifatini oshiradi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ da yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatishdan yo‘lovchilarning qanoatlanish darajasini yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning
indekslari orqali aniqlash mumkin. Servis xizmat ko‘rsatish indekslari 1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |