Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


Download 0.66 Mb.
bet27/36
Sana07.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1695085
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Ijobiy misollar.
Doira.uz ijtimoiy tarmog’i O’zbekistonda yashovchi Internet foydalanuvchilarga mo’ljallangan. Bu tarmoq uchun Mirade Software tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur tarmoq tobora rivojlanib, kengayib bormoqda. Uning tashkilotchisi Yevgeniy Sklyarevskiyning fikricha, u kontent tarmog’iga taaluqli bo’lib, unda foydalanuvchilar o’z sayt va jamiyatlarini yaratishlari mumkin. Darhaqiqat, bu tarmoqda ochilgan saytlar Uz 2010 milliy Internet festivalda sovrinli o’rinlarga erishganlar.
Ba’zi mutaxassislar O’zbekistonda ijtimoiy tarmoq tashkil etish zarur emas, degan fikr bildirganlar. Biroq, ijtimoiy tarmoqning zarurligini bu sohada uzoq ish olib borgan L.Fatxullina shunday ta’riflaydi: «Uznet tarmoqlarini rivojlanishi mahalliy kompaniyalar uchun juda ham zarur. Ijtimoiy tarmoqlar bizda tez orada keng tarqab ketishiga ishonaman. Bizning auditoriya - asosan maxalliy axoli bo’lib, boshqalarga qaraganda maqsadli. Bu holat aks aloqa o’rnatish, sotish va tadqiqotlar o’tkazishni osonlashtiradi».
Uforum saytini Uznetning ijtimoiy xamjamiyatiga kiritish mumkin. Unda Ye.Sklyarevskiy va boshqa ba’zi kompaniyalar o’z bo’limlarini olib boradilar va aks aloqa o’rnatganlar. Uznetda Web 2.0 loyixalari kun sayin ko’payib bormoqda. Faqat keyingi vaqtlarda fikr.uz, otvet.uz va boshqalar paydo bo’ldi. O’zbekistonda internet foydalanuvchilari ortib borgani sari, ijtimoiy tarmoqlarga, ayniqsa o’zbek tilidagi interfeyslar o’sib boradi.14
ID.uz - UZINFOCOM kompaniyasiga qarashli yana bir ijtimoiy sayt bo’lib, uning yordamida tanishlarni topish, muloqot o’tkazish mumkin. Saytning ikkinchi vazifasi - «Aydi»ga ro’yxatga o’tganlar yana boshqa 9 ta saytga kirish imkoniga ega bo’ladilar. Bu saytlar:
- Ziyo Net – ma’rifat portpli;
- Fikr – bloglar;
- YouTube – video xosting;
- Tanlov – O’zbekiston bo’yicha, grantlar, voqealar;
- Dgsn – shaxsiy vidjetlar;
- Smsg – sms servislari;
- Cctld – Uz domen zonasining ma’muriyati;
- Dc – Uzinfokom markazi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling