Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


Nazariy ma’lumot: janr haqida tushuncha


Download 0.66 Mb.
bet29/36
Sana07.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1695085
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Nazariy ma’lumot: janr haqida tushuncha. Janr frantsuzcha «tur, jins» so’zlaridan olingan bo’lib, o’ziga xos shakliy tuzilishga, badiiy tasvir usul va vositalariga, hayotiy mazmun qamroviga ega bo’lgan asarlar turini anglatadi. Yanada aniqroq qilib aytganda, janr voqelikni o’ziga xos hayotiy qamrov va badiiy-tasviriy vosita hamda usullar yordamida aks ettirish shaklidan iborat. U kishilar badiiy tafakkuri taraqqiyotining muayyan bir bosqichida yuzaga kelib, jamiyat estetik talablariga ko’ra o’sib, rivojlanib borishi, ba’zan kishilarning u yoki bu janrlarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarining so’nishi oqibatida qo’llanilmay, unutilib ham ketishi mumkin. Masalan, kishilarning mehnat sharoiti, mehnat faoliyati, mehnat qurollarining o’zgarishi sababli hozir mehnat qo’shiqlarining ko’pgina qismi ijro etilmay, asta-sekin unutilib bormoqda. Xalqning turmush tajribalari asosida yuzaga keluvchi maqol, topishmoq, shuningdek, kishilarning sevgi-muhabbat, vatan, ota-ona, do’stlik va birodarlik haqidagi samimiy tuyg’ularini ifodalovchi lirik qo’shiqlar kabi adabiy janrlarga mansub asarlar hozir ham yaratilib, kuylab kelinmoqda.
Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so'zdir. Adabiyot keng ma'noda ilmiy va badiiy singari ikki turga bo'linadi. Ilmiy adabiyot tushunchasi inson aqlining mahsuli bo'lmish ijtimoiy aha-miyatga ega har qanday yozma asarni o'z ichiga oladi. Texnikaviy, ilmiy, ma'rifiy, publitsistik, memuar, tarixiy, ensiklopedik, lug'atshunoslik va boshqa yo'nalishdagi adabiyotlar ilmiy adabiyot tushunchasiga kiradi. Ilmiy adabiyot kishining aqlini o'stirib, uning bilimlarini ko'paytirishga xizmat qiladi. Badiiy adabiyot tushunchasi esa o'z ichiga olamni obrazli ko'rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo'lmish badiiy asarlarni oladi. Bu xil asarlar nimanidir o'rganish, bilib olish uchun emas, balki inson qalbining tovlanishlarini, tuyg'ularining ranginligini his etish, uning quvonchu iztiroblarini tuyish uchun o'qiladi. Shu bois kishilar tomonidan o'qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko'zda tutilib yaratilgan bitiklar badiiy adabiyot bo'ladi va adabiyot atamasi asosan shu ma'noda qo'llaniladi.
Badiiy adabiyotning qachon paydo bo'lganligini aniq aytish qiyin. Chunki ilmiy adabiyot atamasi yozma mahsulotlarnigina qamrab olsa, badiiy adabiyot tushunchasi og'zaki ijodni ham o'z ichiga oladi. Xalq og'zaki ijodi-ning qachon paydo bo'lganligini aniqlash deyarli mumkin emas. Har holda, odamzod paydo bo'lishi bilan uning badiiy ijodi ham dunyoga kelgan bo'lishi kerak. Qadimgi rivoyatlarda birinchi she'r Odam Ota tomonidan yaratilgan-ligi aytiladi va bunga ishonmaslikka haqqimiz yo'q. Olimlarning ko'rsatishlaricha, badiiy asarlar qanday maqsadda yarati-lishiga (kuylash uchunmi, sahnada ko'rsatish uchunmi yoki o'qish uchunmi) va nimani ifoda etishiga (tuyg'uni, tuyg'uning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan voqeani yoki obrazlarning bevosita harakatlarini) qarab lirik, epik, dramatik kabi turlarga bo'linadi. Bu adabiy turlarning har biri ham, o'z navbatida, bir qancha janrlarga bo'linib ketadi.
Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli – xalq og'zaki ijodi (folklor) bo'lib, uning o'zi ham dostonlar, ertaklar, qo'shiqlar, maqollar, topishmoqlar singari qator janrlarga ajraladi. Og'zaki adabiyot, nomidan ham anglatib tur-ganidek, og'zaki ravishda yaratilgan bo'ladi va uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlab bo'lmaydi. Muallifining noma'lumligi, yillar mobaynida turli aytimchilar tomonidan sayqallanib, takomillashib, mukammal shaklga ega bo'lish xalq og'zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilardir. Og'zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajargan. Yozuvchilar ijod sirlarini aytimchilardan qolgan asarlar asosida o'rganishgan.
O’zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosiga nazar tashlasak, eng qadimgi davrlardagi madaniyatimiz, turmush tarzimiz, davlatchiligimiz haqidagi ma’lumotlar aynan mana shu dostonlar orqali bizgacha yetib kelganligining guvohi bo’lamiz.
Bu borada 1999 yili Termiz shahrida “Alpomish” dostoning 1000 yilligi nishonlanganligi bejiz emas. Ushbu anjumanda prezidentimiz xalq dostonlarining ma’naviy-ma’rifiy,tarixiy ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tdi.
O’zbek xalq dostonchiligining turli shakllari va ko’plab hududiy maktablari mavjud. Mazkur dostonchilik janriga oid ilmiy tadqiqotlarni nafaqat mahalliy olimlarimiz, balki xorijlik mutaxassislar ham e’tibor qaratganlar.
Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo baxshichilik maktablarida bir biriga yaqin turadigan juda ko’p dostonlar mavjud.
Masalan, “Go’ro’g’li”, “Alpomish”, “Zevarxon”, “Orzigul”, “Xoldorxon”, “Dalli”, “Ravshan”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Erali va Sherali”, “Gulnor pari”, “Murodxon”, “Intizor”, “Oysuluv”, “Nomoz botir”, “Matkarim polvon”, “Suluvxon”, “Nurali” va boshqalar.
Xorazm dostonchilik maktabida ham aynan shu dostonlarning ayrimlari ko’zga tashlansa-da, biroq, yangicha mazmundagi o’ziga xos dostonlar ham uchrab turadi. Masalan, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Guldursin”, “Yusufbek va Ahmadbek” va boshqalar.
Bu borada ayniqsa, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo baxshichilik maktablari namoyondalari ayni paytda masafa yaqinligi nuqtai nazaridan ham hatto qarindosh-urug’, shajara bobida hamm bir birlariga yaqin turishadi. Masalan, Qashqadaryolik Mardon baxshi Jom va Kattaqo’rg’ondan shogirdlar yetishtirgan. Samarqandlik Islom shoirning bobosi asli Qashqadaryolik bo’lgan.
Umuman dostonlar xalqning ma’naviy mulki hisoblanib, asrlar davomida faqat va yana faqat ezgulik uchun xizmat qilib kelgan. Dostonlar ichida eng ko’p tarqalganlari qahramonlik eposlari, vatanga muhabbat, yorga sadoqat aks ettirilganlaridir.
Har bir xalqning milliy eposlarida o’sha xalqning orzu-umidlari, qarashlari mujassamdir. Masalan, mesopotamiyaliklarning quvonchli hayot haqidagi qarashlari «Gilgamish» dostonida ham tasvirlanadi. Mesopotamiyaliklarni shaxsiy hayot muammolari bilan ko’proq qiziqqanliklarini dostonlari orqali anglash mumkin.
Bu borada o’zbek milliy dostonchilik maktablarinig an’anaviy qahramonlari Go’ro’g’li, Alpomish, Xoldorxon, Ravshan va boshqalar og’ir kezlarda kishilarga amaliy yordam beradilar. Xalqning dardi bilan yashaydilar, jang maydonida ot surib javlon uradilar, boshqalarga namuna bo’ladilar. O’zbek milliy dostonlarining qahramonlari sadoqatli, vafoli, vatanparvar kishilardir. Masalan bu o’rinda “Xoldorxon” dostonidagi quyidagi epizodni keltirish o’rnilidir.
Har bir xalqning o’z dostonchilik maktabi bo’lgan. Masalan, Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv. VIII asrda yashagan ko’r baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlar.
Bu dostonlarning naqadar ilmiy ahamiyatga egaligidan dalolat beradi.
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimgi Yunon teatri mil. avv. VI asrlarda qishloq ho’jaligi homiysi, Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni «katta yoshdagilar maktabi» deyishgan.
Teatr yunonchada «tomoshalar joyi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan yunon teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashgan. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Farg’onada Muhammad Sharif - Gulhaniy tahallusi bilan tanilib, ajoyib lirik she’rlar, masallar yozdi. Uning «Zarbulmasal» asari qahramonlari qushlar bo’lib, shoir ular orqali saroy a’yonlarining kirdikorlarini fosh etadi. Yana bir Qo’qonlik shoir G’oziy ham o’z asarlarida salbiy jihatlarni fosh qiladi. XIX asrning 30 yillarida Shahrisbzda shoir Hiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo’lgan «Chor darvesh» va «To’tinoma» hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qiladi xalq dostonlari «Yusuf va Zulayho», «Tohir va Zuhro» «Bo’z o’g’lon», «Yusuf va Ahmad» va boshqa dostonlar vujudga keldi.
Milliy g`oya adabiyot va san`at, dostonlar bilan odamlar qalbiga singadi. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma`naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, axloq-odob, milliy urf-odatlar negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga qo`shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz zarur.
Prezident o’zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida jumladan shunday deydi: “...Bir paytlar, aniqrog’i, O’tgan asrning 50-yil­larida, milliy merosimizning ko’pgina namu­nalari kabi, «Alpomish» dostoni ham millat­chilik ruhidagi asar sifatida qoralanib, Qata­g’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, uni saqlab qo­lishga muvaffaq bulganliklarini bugun min­natdorlik bilan eslaymiz. Bu ulmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, uz iymon-e’tiqodidek asrab-avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz «Alpomish» dostoni asosida tarbiya topgan, uzligini anglagan, ma’­naviy boylikka ega bulgan. Demaq xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhaet. Chunki «Alpomish» dostoni ijodiy tafakku­rimiz, ma’naviy boyligimizning yerqin namu­nasi bulib, tarixiy ildizlarimizning qancha­lik chuqur ekani, xalqimiz qanday tabiiy-ij­timoiy muhitda shakllanib, rivojlanganini, ajdodlarimizning olis davrlarda ham jamoa bulib, bir-biriga yelkadosh bulib, uz boshiga tushgan qiyinchiliklarni birgalikda yengib yasha­ganini yerqin bueqlarda tasvirlab beradi”15.
Shuningdek, Prezident “..Ishonamanki, har bir avlod mana shu qahra­monlik dostonini asrab-avaylab kelgusi avlod­larga yetkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi”16, -degan edi.
Darhaqiqat shunday. Haqiqatdan ham XX asrning 50-60 yillarida va hatto 70-80- yillarida ham milliy dostonlarimiz, xususan “Alpomish” dostoni “hukmron tabaqalarning manfaatini himoya qiluvchi”, “zararli” doston sifatida talqin qilindi.bu ayni milliy madaniyat durdonalarini yo’q qilishga qaratilgan manfur siyosat edi.
Faqat istiqlol sharofati bilangina milliy xalq dostonlari, asarlari yana xalqimizga qaytarildi. Mazkur ma’naviy-madaniy merosimizning bebaho durdonalari bugun oliy o’quv yurtlarimiz o’quv dasturlariga kiritilgan.
Albatta xalq ma’naviyati, madaniyati va mafkurasining shakllangishida adabiyot va san’atning o’rni beqiyosdir. Bu haqda mashhur jadid namoyandasi Abdulla avloniy quyidagicha fikrlarni o’z vaqtida bildirib o’tgan edi.
A. Avloniy aatgan ediki: «Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak, millatni ruhini yo’qotmakdur».
Turon o`lkasi hududida qadimgi ajodolarimiz o`zlarining uzoq tarixga borib taqaladigan madaniyatiga, xususan musiqa, qo`shiq tarixiga ham ega. Bizga ma`lumki, xalq meroslari, og`zaki ijodlari, folklori, doston va qo`shiqlari, allayu - yallalari, bebaho madaniyat durdonalari, millatimiz xotirasi, o`tmish - kechmishlarning gavharidir. Bugungi sharoitda, ya`ni O`zbekiston davlati o`zining mustaqilligini tobora mustahkamlab, yuksaklik sari borayotgan bir davrda, shunday imkoniyatlar vujudga keldiki, biz qadimgi o`tmishimizni, o`lkamiz tarixini, xususan ushbu o`lkada yashagan qadimgi xalqlar madaniyati tarixini izchil, mukammal, izlab, o`rganib, tahlil qilib, keng xalq ommasiga berish imkoniyatiga ega bo`ldik.
DOSTON – xalq og`zaki ijodining eng murakkab, yirik va keng tarqalgan janrlaridan biri. «Doston» so`zi qissa, hikoya, shonu shuhrat, sarguzasht, ta`rif va maqtov ma`nolarida ishlatiladi. Bu so`z adabiy atama sifatida xalq og`zaki ijodi va yozma adabiyotdan yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. U dastlab xalq og`zaki ijodida vujudga kelgan. Doston liro-epik turga kiradi. Xalq dostonlarini do`mbira jo`rligida ijro etuvchi va kuylovchi san`atkor shoir yoki baxshi (Mo`g`ulcha «baxshi», «bagshi» so`zidan olingan bo`lib «ustod», «ma`rifatchi» demakdir. Sanskritcha «bxik shu» so`zidan kelib chiqqan, degan fikr ham bor) deb atalgan. Dostonni ijro etuvchi baxshilar minglab (she`riy misralarni, katta-katta nasriy parchalarni yoddan bilishi, bironta musiqiy asbobni chala olishi lozim. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko`ra Bulung`ur, Qo`rg`on, Shahrisabz, Sherobod, Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir. O`zbek dostonlarining adabiy-badiiy matni nazmiy va nasriy parchalardan iborat bo`ladi, ishqiy-sarguzasht, qahramonlik kabi mavzular asosida yaratiladi. Misol: «Alpomish» qahramonlik dostoni, «Ravshan» ishqiy-sarguzasht dostondir. «Oysuluv» aslida xalq qahramonlik dostoni bo`lgan, keyinroq uning ertak varianti vujudga kelgan. XIX asrda yashagan baxshi Tillakampir uni ertak qilib aytib yurgan. Bu ertakni Ergash Jumanbulbul o`g`lidan 1937 yil Xodi Zarif yozib olgan. Folklorshunoslar tomonidan o`zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo`lib. ularning ko`pchiligi kitob holida nashr qilingan. Bu dostonlar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Qahramonlik dostonlari: Bunday dostonlar urug`chilik zamonlari bilan, Xalqning ko`chmanchilik hayoti bilan bog`liq. Qabila va urug`lar orasidagi kurashlar, nizo va adovatlar, qabila va urug`larning xalq sifatida birlashishi, davlatchilik kurtaklarining paydo bo`lishi, urug` va qabilalarning chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari bu turdagi dostonlarning maydonga kelishiga sabab bo`lgan. Misol: «Alpomish», «Yodgor».
2.Jangnoma dostonlar: Bunday dostonlarda o`zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy urushlar, bunday urushlardagi qo`shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. Misol: «Yusuf va Ahmad», «Alibek bilan Bolibek», «Xoldorxon» va boshqalar.
3. Ishqiy-romantik dostonlar: Bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastik sarguzashtlar uyg`unlashib ketadi. Misol: «Murodxon», «Rustamxon», «Kuntug`mish», «Malikai ayyor», «Ravshan», «Go`ro`g`li» turkumi va boshqalar.
4.Tarixiy dostonlar: Bu turdagi dostonlarda tarixda bo`lib o`tgan voqea-hodisalar, ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Misol: «Edega», «Shayboniynoma», «Oychinor» va boshqalar.
5.Kitobiy dostonlar: Ular yaratilishi jihatidan yozma adabiy manbaga ega bo`lgan bevosita yozma adabiyot ta`sirida yaratilgan dostonlardir. Misol: «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Zevarxon», «Rustami doston», «Bahrom va Gulandom» va boshqalar.
Dostonlardagi she`rlar asosan 7-8 va 11 hijoli barmoq vaznida bo`lib, 7 hijoli satrlar voqealarning jadal rivojlanish tasvirida qo`llaniladi. Nasr qismi saj` shaklida beriladi.
Xalq dostonlari qahramonlari: Alpomish, Rustamxon, Go`ro`g`li, Avazxon, Hasanxon, Bozirgon, Oshiq G`arib, Ravshan va boshqalar.
Ijro etuvchilar: Fozil Yo`ldosh o`g`li, Ergash Jumanbulbul o`g`li, Islom shoir, Po`lkan shoir, Amat baxshi, Murod baxshi, Qurbonnazar Abdullaev (Bola baxshi) va boshqalar.
Yozib olgan olimlar: Buyuk Karimov, Hamid Olimjon, Xodi Zarifov, Mahmud Zarifov, Maqsud Shayxzoda, Muhammadnodir Saidov, To`ra Mirzaev, Malik Murodov, Komil Imomov, Bahodir Sarimsoqov va boshqalar.
Mustaqillik yillarida ko’plab milliy xalq dostonlari nashr yuzini ko’rdi. Masalan, o`zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo`li bilan yaratilib, bizgacha to`la holda saqlangan asar Yu.X. Hojibning «Qutadg`u bilig» dostonidir. Mazkur doston ham bugungi kunda kitobxonlarga qaytarildi.
Shuningdek, she’riyat mulkinig sultoni Alisher Navoiyning dostonlari ham to’la holatida qayta dunyo yuzini ko’rdi.
Mustaqillik yillarida milliy xalq dostonlarining ahamiyati ortib bormoqda. Milliy o’zlikni anglash va milliy mafkuranpi shakllantirishda xalq dostonlarining o’rni beqiyosdir. Shu bois respublikamiz rahbariyati mustaqillik yillarida xalq dostonlarining keng targ’ib qilish va uni omma orasida yoyish uchun barcha zarur chora va tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu boradagi birgina yirik misol “Alpomish” dostonining 1000 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlanishi bo’lsa, yana biri xalq dostonlarini to’la holatida qaytadan nashr ettirilishi bo’ldi.
Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Chunki milliy adabiyot milliy ruhni aks ettiradi. Milliy ruhni to'laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror-bir vosita badiiy adabiyotga teng kelolmaydi. Shuning uchun ham adabiyoti bo'lmagan millat unutilishga mahkumdir. Turli bosqinchilar uzoq yillar mobaynida turkiy millatlarni o'zlariga qo'shib, singdirib olish yo'li bilan yo'qotib yuborishga urindilar. Ular chegaralarni, saltanatlarni yo'qota oldi-lar. Lekin tilimizni yo'q qilolmadilar. Chunki turkiy ota tilimiz faqat o'zaro so'zlashuv vositasigina bo'lib qolmay, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Fuzuliy, Maxtumquli, Ogahiy, Abay singari adiblarning asarlari yaratilgan til ham edi. Turkiy tilda yaratilgan bu asarlarda turkiy xalqlarning otashin ruhi ham aks etgandi. Ma'lumki, ruh abadiydir. Milliy ruhi saqlab qolin-gan millat esa yashayveradi. Negaki, millat o'z adiblari va ularning asar-lariga tayanib, o'z milliy ruhini tiklab olaverdi. O'z ruhiyatiga ega millat hech qachon o'zligidan voz kechmaydi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling