Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun
Download 0.66 Mb.
|
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-Mavzu: Milliy g’oya targ’ibotida milliy-madaniy markazlarning o’rni va roli. (2-soat) Reja
- 3. Millatlararo totuvlik g’oyasi milliy mafkuraning ustivor g’oyalaridan biri sifatida.
- O’zbekiston kino san’ati muzeyi
Savol va topshiriqlar:
1.Xalq og’zaki ijodi deganda nimani tushunasiz? 2.Og’zaki ijod janrlaridan qaysilarini bilasiz? 3.Xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot orasidagi bog’liqlik nimada deb o’ylaysiz? 4.Janr so’zining ma’nosi nima? 5.Qaysi adabiy janrga mansub asarlarni bilasiz? 13-Mavzu: Milliy g’oya targ’ibotida milliy-madaniy markazlarning o’rni va roli. (2-soat) Reja: 1. Milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishda muzeylar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining o’rni. 2. Milliy g`oya targ`ibotida milliy-madaniy markazlarning o’rni. 3. Millatlararo totuvlik g’oyasi milliy mafkuraning ustivor g’oyalaridan biri sifatida. Xalqimizning boy tarixi, madaniy merosi va yuksak qadriyatlarini mustaqil O’zbekistonning madaniy qiyofasini ko’rsatuvchi omil darajasiga ko’tarish va bu bilan xalqimizni, ajdodlarimiz merosi va ularning mislsiz bunyodkorlik xizmatlarini muzey vositalari bilan namoyish etish orqali fuqarolarimizda istiqlolimizning qadrini yanada chuqur anglash tuyg’ularini shakllantirish muzeylar faoliyatining bugungi kundagi asosiy vazifasi hisoblanadi. O’zbekistondagi muhim tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega bo’lgan muzeylarning to’laqonli ishlashi uchun qator chora tadbirlar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 dekabrdagi «Respublika muzeylarining faoliyatini yaxshilash choralari to’g’risida»gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarori qabul qilinishi bu masalalarga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligini ko’rsatadi. Prezidentning 1998 yil 12 yanvardagi Farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida «O’zbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, o’zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi1. Respublikamiz mustaqilligining 15 yilligiga Boysunning so’lim joylarining birida qad ko’targan hunarmandchilik markazi va xalq amaliy san’at muzeyi xalq an’anaviy me’morchiligi andozasida ochildi. Bunday muzeylarning ochilishi bir tomondan davlatimizni an’anaviy qadriyatlarimizga, boy madaniy merosimizga katta e’tiboridan dalolat beradi, xalqning o’z tarixi, madaniyati, san’atiga bo’lgan hurmatini oshiradi. Eng asosiysi o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Mo’’jizalarga boy yurtimizning chekka tumanida barpo etilgan bu muzey ham o’ziga xos tarbiya o’chog’i, o’tmish bilan bugunni, bugun bilan kelajakni bog’lab turuvchi muhim madaniy vositadir. Abdulxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 685 yilligi munosabati bilan Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasida joylashgan «Bahouddin Naqshband tarixiy muzeyi» qayta tashkil etildi. Bu moziygoh tasavvuf tarixiga bag’ishlangan Respublikamizdagi yagona muzeydir. Ekspozitsiya ilmiy xronologiyasi milodning VII asridan hozirga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Respublikadagi mavjud muzeylar ish faoliyatini takomillashtirish, ularga yagona markazlashgan rahbarlikni tashkil etish maqsadida 1921 yil 20 mayda Turkiston Respublikasi muzey, qadimiy yodgorliklar, san’at, tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Turkkomstaris, 1927 yilda Uzkomstaris) tashkil etildi. Qo’mitaga respublikadagi barcha tarixiy yodgorliklarni himoya qilish, hisobga olish va undan foydalanish huquqi berildi. Natijada, shu yilning o’zida 52 ta yirik yodgorliklar hisobga olindi, 114045 ta moddiy va madaniy boyliklar muzeylarga to’plandi. 1975 yilda 34 ta davlat muzeyi mavjud bo’lib, shulardan 4 tasi tarixiy 4 ta memorial, 2 san’at va 15ta o’lkashunoslik muzeylari edi. Xiva (1964), Samarqand (1982), Buxoro (1985)da muzey-qo’riqxonalar tashkil etildi. Movarounnahrda miniatyura san’ati XVI-XVII asrning birinchi yarmida ravnaq topdi. O’rta Osiyo xalqlari orasida miniatyura san’ati “naqshi nigor” nomi bilan ma’lum bo’lgan. Bugungi kunlarimizda jahon muzeylari to’plamlarida O’rta Osiyo musavvirlari tomonidan bezatilgan 60 dan ortiq nodir qo’lyozmalar saqlanadi. Madaniy - ma’rifiy ishlarda muzeylarning rolini oshirishga katta ahamiyat berildi. Muzeylar asosan g’oyaviy-mafkuraviy vazifalarni bajarar edilar*. Respublikamizdagi eng yosh O’zbekiston kino san’ati muzeyi 2005 yil 22 fevralida ochildi. Keyingi yillarda yig’ila boshlagan kino tarixiga oid ashyolar muzey eksponatlaridan joy oldi. O’zbekiston kino san’atida eksponatlar, fotosuratlar, stsenariylar, montaj varaqalari va boshqa hujjatlar to’planib, 30 mingdan ortiq saqlash birligidan iborat katta xazinaga aylandi. Hozirgi kunda muzey jamg’armasida O’zbekiston kino san’ati tarixini muhrlagan 5000 dan ortiq surat va negativ, o’tgan asrning 20-50 yillarida suratga olingan 48 badiiy film saqlanmoqda. Shulardan 5 tasi YuNESKO «Oltin jamg’armasi» ro’yxatiga kiritilgan. Ular orasida «Tohir va Zuhra», «Alisher Navoiy» kabi mashhur tasmalar mavjud. O’zbekiston kino san’ati muzeyining tashkil etilishi xalqimiz madaniy taraqqiyoti yo’lida qilingan muhim ishlardan biri bo’lib koladi. Muzey (yunoncha - muzeion) «muzalarga bag’ishlangan joy» – tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgoliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va tashkil qilish ishlarini bajaruvchi ilmiy-ma’rifiy muassasadir. Muzeylar ijtimoiy vazifasiga ko’ra, ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy (muzeylar ko’pchilikni tashkil etadi. Ba’zan ommaviy muzeylar deyiladi) ishlarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqot institutlari huzurida o’ziga xos laboratoriya vazifasini o’taydi. M.T.Oybek nomli O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi Turkistonning mashxur olimlari va ommaviy arboblar xarakati bilan va bevosita raxbarligi va yordamida 1876 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston madaniyat va san`at tarixiy muzeyi 1896 yil 21 iyunda Samarkand shaxrida ochilgan. Muzey 1911 yilgacha Samarkand statistika muzeyi, 1918 yilgacha Samarkand shahar muzeyi, 1930 yilgacha Samarkand viloyat muzeyi, so`ngra O`zbekiston markaziy davlat muzeyi, 1930-37 yillargacha Samarkand viloyat tarixiy o`lkashunoslik muzeyi, 1937-1945 yillarda o`zbek xalqi madaniyati respublika muzeyi deb nom olgan. O`zbekiston madaniyat va san`at tarixi respublika muzeyi (1955 yil) deb nomlangan muzeyga 1968 yilda A.Ikromov nomi berildi. Muzeyda o`zbek xalqini eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo`lgan madaniyati haqida xikoya qiluvchi nodir eksponatlar bor. O`zbekiston DSM 1888 yil aprelda O`rta Osiyoda ilk tashkil etilgan badiiy muzey bo`lib, Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning saroydagi shaxsiy kollektsiyasi zaminida vujudga kelgan, dastlab xalq universiteti muzeyi, keyinrok Toshkent markaziy badiiy muzeyi deb nomlangan. Muzey fondining katta qismini O`zbekiston tasviriy san`ati asarlari tashkil qiladi. Shuningdek, muzeyda Rossiya,Italiya, Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya, Gollandiya, Frantsiya, Angliya rassomlik san`ati asarlari, xaykaltaroshlik, grafika, amaliy san`at namunalari katorida Shark san`ati (Xind, Yapon, Xitoy, Vyetnam) namunalari ham bor. O`zbekiston tabiat muzeyi 1876 yil 12 iyulda oyida ochilgan. 1918 yilga qadar Toshkent muzeyi, 1921 yilgacha Turkiston xalq muzeyi, 1922 yilgacha O`rta Osiyo muzeyi, 1935 yilgacha O`rta Osiyo tabiat muzeyi deb atalgan. 1935 yil iyundan hozirgi nomi bilan ataladi. Zoologiya, botanika, geologiya va madaniy oqartuv bulimlari bor. Muzeyda 400 mingdan ortik eksponat saqlanadi. 1979 yildan muzey o`lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari buyicha ilmy tadqiqot ishlarini olib boradi. Respublikamiz territroiyasida 3 xil tipdagi muzeylar mavjud bo`lib, birinchi tipdagi muzeylarga ilmiy tadqiqot, madaniy oqartuv ishlari olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning uzida tadqiqot va madaniy xamda ta`lim tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi tipdagi muzeylarga faqat bir yoklama buyicha ilmiy tadqiqot olib boradigan, muzey laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (O`zFA koshidagi Bakterologiya va mineralogiya instituti) kiradi. Uchinchi tipdagi muzeylarga faqat o`quv tipidagi muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maksadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey tiplari ko`p jixatdan unda saqlanayotgan kolletsiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yunalishiga bog`liqdir. Muzeylar dastlab qadimgi Yunoniston va Rimda paydo bo’lgan. Bu mamlakatlarda ayrim san’at yodgorliklari ibodatxonalarda to’planib, turli ko’rgazmalar tashkil etilgan. Keyinchalik ellinizm davrida muzey kolleksiyalari vujudga keldi. Muzeylarda san’at, madaniyat va fan erishgan yutuqlaridan namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plandi. Keyinchalik muzeylar O’ygonish davrida Italiyada, so’ng Angliyada, Fransiya, Germaniya va boshqa joylarda rasm bo’ldi. Londondagi Britaniya muzeyi (1753 yil), Parijdagi Luvr muzeyi (1776 yil), G’arbiy yevropadagi ilk ommaviy muzeylardir. Jahondagi yirik muzeylar asosan XIX asrda paydo bo’ldi. Madriddagi Prado muzeyi (1819 yil), Moskvadagi Tarix muzeyi (1873 yil), Sankt-Peterburgdagi Ermitaj (1852 yil), Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi (1870 yil), Toshkentdagi Oybek nomidagi O’zbekiston Xalqlar tarixi muzeyi (1976 yil) shular jumlasidandir. XX asr boshlariga qadar Turkistonda faqat 3 ta muzey – Toshkent o’lkashunoslik muzeyi (hozirgi Oybek nomli O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi), Samarqanddagi Xalq muzeyi (A.Ikromov nomidagi O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi muzeyi), Farg’ona Xalq muzeyi (Farg’ona viloyat o’lkashunoslik muzeyi) bor edi. Muzeylar katta tadqiqot va tarbiyaviy ishlar olib boradi: kolleksiyalarni o’rganadi, monografiya, katalog, yo’l ko’rsatkichlar va kitob nashr etiladi. 70-yillarning boshida jahonda 12 mingdan ortiq muzey bor edi. Hozirda jahondagi barcha muzeylar xalqaro tashkilotga birlashgan. YuNESKO tarkibida xalqaro muzey kengashi mavjud. Unga milliy muzey komitetlari kiradi. Hozir Respublikada 31 ta davlat va 150 ta xalq muzeyi bor. Keyingi yillarning o`zidagina O`zbekistonni 520 mingdan ziyod ajnabiy va 840 ming turistlar kelib ko`rdilar. Shu vaqt ichida davlat muzeylarining o`zini 19 millionga yaqin kishi kelib tomosha kildi. Respublikada yuzga yaqin muzeylar faoliyat yuritadi, Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi keksa va navqiron muzeylar sirasiga kiradi. Muzeylar faoliyati va vazifasidan kelib chiqib, Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi ma`naviy-ma`rifiy muassasa bo`lish bilan birga ajdodlar merosini saqlaydigan, avlodlarga ko`rsatib faxr iftixor tuyg`ularini shakllantiruvchi maskandir. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi Namangan viloyatida 1920 yilda tashkil etilgan bugungi kunda 92 yillik tarixga egadir. 1918 yil 19 apreldagi Turkiston respublikasi xalq komissarlari sovetining dekretiga asosan Namangan shahrining markazidagi savdogar Hamdam Qalandarov do`koni binosi 1920 yilda muzey uchun ajratib berildi. Bu muzey Namangan shahridagi 1-maktabning fizika o`qituvchisi Vladimir Ivanovich Ivanov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Vladimir Ivanov 1919 yili xalq ta`limi nozirligiga yozgan xatida o`quvchilarga puxta bilim berish maqsadida Namangan shahrining maktablaridagi barcha fizika o`quv asboblarini bir joyga jamlash va yagona fizika laboratoriya xonasini tashkil etishni taklif qilgan. Bu taklif esa xalq ta`limi nozirligi tomonidan bajonidil ma`qullangan. Mahalliy tashkilot Turkiston oqsoqollari Kengashi madaniyat bo`limining qaroriga asosan Namangan shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufida fizika muzey kabineti ishga tushdi. 1920 yilga kelib xalq ta`limi bo`limi yangi muzeyni moddiy texnika bazasini mustahkamlashga e`tiborini kuchaytirib, eksponatlar sotib olish uchun mablag` ajratdi. Respublikadagi keksa ma`naviy-ma`rifiy muassasa bo`lgan muzey mazkur binoda 1986 yilga qadar faoliyat yuritdi. Namangan viloyat o`lkashunoslik muzeyi tashkil bo`lgan dastlabki yillarda jamg`arma fondi, bo`lim va ekspozitsiyalarni ochish uchun etarli eksponatlar yo`q edi. Asosan eksponatlar geologiya, minerologiya va zoologiyaga tegishli bo`lib, xazina fondida 1000ga yetmagan ashyolar bor edi. Bular ichida qisman mahalliy aholini uy ro`zg`orda foydalanadigan etnografiya buyumlari uchrardi. Xalqaro miqyosda 1977 yil 18 may kunini «Xalqaro muzeylar kuni» deb e`lon qilindi va shundan buyon bu sana muzey xodimlari o`rtasida «Xalqaro muzeylar kuni» ya`ni kasb bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda17. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyida 47 mingdan ortiq eksponatlar jamlangan bo`lib, ular orasida ma`naviy boylik hisoblangan noyob qo`lyozmalar ham o`rin olgan. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi xazinasida 281 dona arab, fors va turk hamda eski o`zbek yozuvida yozilgan kitoblar mavjud. eng noyob qo`lyozma asarlar 54 tani tashkil etsa, 227 tasi toshbosma va bosma kitoblardir. Qo`lyozmalarni varaqlar ekansiz o`sha davrdagi xattotlar san`atiga va asar muallifini moddiy jixatdan asarlarini yozdirishiga va kelgusi avlodga qoldirganligi taxsinga loyiqdir. Biz ana shu ma`naviy meros ota-bobolarimiz xayotini, goyalarini va turmush tarzini yoritishda asosiy manba va yo`lchi yulduz vazifasini o`tamoqda. Asarlarni turkumlansa ular badiiy, ilmiy, diniy, axlokiy, savdo kabilarga bo`linadi. Nodavlat-notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini-o’zi boshqarishi asosida, ya’ni fuqarolik jamiyatining mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrga kelib nodavlat-notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda O’zbekistondagi nodavlat-notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 14 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Jamoat birlashmalari to’g’risida"gi Qonuni (1997 y. aprelda qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida"gi Qonuni (1992 y. iyul), O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida"gi Qonuni (1996 y. dekabr), O’zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y. may), O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida" yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y. aprel), O’zbekiston Respublikasining "Nodavlat-notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi Qonuni (1999 yil aprel) kabi qonunlar vositasida muvofiqlashadi. Nodavlat-notijorat tashkiloti quyidagi xuquqlarga ega: — o’z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; — ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; — davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish"18. Mamlakatda nodavlat-notijorat tashkilotlarning huquqiy asoslari mustaqillik yillarida uzluksiz ravishda rivojlanib bordi. Mamlakatda fuqarolik jamiyatining asosi bo’lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar ham tobora chuqurlashib bormoqda. 2005 yilga kelib respublikada 402 ta respublika ahamiyatiga molik nodavlat jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsata boshladi. Ulardan 81 tasi xalqaro tashkilotlar maqomiga egadir. Nodavlat tashkilotlarning 48 tasi jamg’arma, 78 tasi jamiyat, 5 tasi siyosiy partiya, 42 tasi federatsiya, 16 tasi kasaba uyushmalari, 2 tasi xarakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya, 20 tasi uyushma, 5 tasi qo’mita, yana 37 tasi turli nomlarda rasmiy ro’yhatdan o’tganlar. Shuningdek, Qoraqolpoqiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda davlat ro’yhatiga olingan 1957 ta, shuningdek, hisob ro’yhatiga olingan 2911 ta, hammasi bo’lib 4868 ta mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsatmoqda19. Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston "Mahalla" xayriya jamg’armasi tashkil topdi. O’tgan davr ichida "Sog’om avlod uchun" xalqaro nohukumat xayriya jamg’armasi, "Ekosan" xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg’armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg’armasi, "Oltin meros" jamg’armasi, respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Xalq birligi" harakati, O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg’armasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o’rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika "Iste’dod" jamg’armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi esa demokratik printsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, O’zbekiston "Tadbirkor ayol", O’zbekistan Bolalar jamg’armasi, "Ayol va salomatlik", "Mehr", "Ayollar resurs markazi", "Ayol va jamiyat" instituti kabi xotin-qizlar muammolarini xal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmokda. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling