Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun
Millatlararo totuvlik g’oyasi
Download 0.66 Mb.
|
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
Millatlararo totuvlik g’oyasi - umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda Yer yuzida 6 milliarddan ziyod axoli mavjud. O’zbekiston xududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Millatlararo totuvlik tushunchasini to’laroq, kengroq izohlashdan avval “millat” so’zini tushunib olishimiz darkor. Millat(lotin. natio — millat) til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash ruxiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan, shuningdek, odatda o’z davlatiga ega bo’lgan hamda mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi kishilarning ijtimoiy barqaror birligi. Bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog’imiz darkor. Millatlararo totuvlik g’oyasi ana shu masalani to’g’ri xal qilishga yordam beradi. Bu g’oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro xurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g’oya - har bir millat vakilining istedodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi. Qayerdaki millatlararo totuvlik g’oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat xayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi - ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo’layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi. So'rov yana bir bor shuni ko'rsatdiki, fuqarolarning ko'pchiligi (93 foizi) O'zbekistonni o'zining jonajon Vatani deb biladi. Ularda xalqimizning tarixiy ildizlari, boy madaniy merosi bilan bog'liqlik hissi ustun. Jamiyatimiz hayotiga singib ketgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, so'rov ko'rsatganidek, o'zbekistonliklarning yuksak vatanparvarligi manbalaridan biridir. Bu milliy istiqlol g'oyasining, davlatimiz tomonidan O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlar vakillari manfaatlari ishonchli tarzda himoya qilinadigan demokratik jamiyat qurish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy ta’sir kuchidan dalolatdir. Respublika aholisining ko'pchiligi (95,8 foiz) o'ziningO'zbekiston fuqarosi ekanidan faxrlanadi. Ko'p millatli mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni asrashning eng muhim omillari orasida, so'rov ishtirokchilarining fikricha, O'zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar huquq va erkinliklarini himoyalash mustahkamlab qo'yilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Respondentlarnig 93,8 foizi, milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, o'z huquqlari to'la himoya qilinayotganini qayd etdi. Bu esa O'zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuksak samara berayotganidan dalolatdir. Fuqarolarning ko'pchiligi davlat tili - o'zbek tilini puxta bilishini namoyon etdi, bilmaydiganlar esa uni o'rganish istagida ekanini ko'rsatdi.Bunda mamlakat rahbariyati tomonidan davlat tilini o'rganish borasida yaratilgan imkoniyatlar jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanmoqda. «Mamlakat fuqarosi sifatida Sizga O'zbekistonda nima eng ko'p yoqadi?» degan savolga respondentlaming ko'pchiligi qator yillar davomida «Prezident siyosati» va «ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatdagi tinchlik va fuqarolar totuvligi» debjavob bermoqda. Ayni paytda «iqtisodiy barqarorlik», «mamlakatning boy tarixi», «o‘zbek xalqining madaniyati va milliy urf-odatlari», «O'zbekistonning tashqi siyosati» degan javoblar ham doimo ta’kidlab kelinmoqda. Jamiyatda O'zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy yutuqlarining ahamiyatini anglash kuchayib bormoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining oqilona ichki va tashqi siyosati hal qiluvchi siyosiy qadriyat bo'lib xizmat qilayotir. Mamlakatimizda mustaqillikdan oldin maktablarda uch, to‘rtta milliy tilda o‘qitilgan bo‘lsa 1999 yilga kelib respublikamizda 9 ta milliy tildagi maktablar ochilgan. Bundan tashqari respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida yoshlar o‘zbek, rus, tojik, qoraqalpoq qozoq, koreys tillarida bilim olmoqdalar.7 1991 yili mamlakatimizda 12 ta milliy-madaniy markaz mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1999 yilning boshida O‘zbekistonda 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatar edi8. Milliy-madaniy markazlarning asosiy vazifalari uch yo‘nalishga ega: 1) har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy his-tuyg‘ularning namoyon bo‘lishiga keng yo‘l ochish; 2) Mustaqil O‘zbekistonni o‘zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish; 3) Vatan bilan mushtarak hayot kechirish, uning madaniyati, tarixi va tilini o‘rganish, mustaqil davlatga nomi berilgan millat bilan do‘stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash. Ana shu uch yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yil sayin yangidan-yangi shakllarda, turlarda, yo‘nalishlarda rang‘-barang bo‘lib bormoqaa. Milliy-madaniy markazlar tarkibida o‘z milliy tarixini, madaniyatini, tilini, urf-odatlarini o‘rganish to‘garaklari ishlamoqda. Milliy musiqa, raqs va hunar tugaraklari o‘z ishini kengaytirmoqda. Milliy bayram kunlariga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazilmoqda, festivallar tashkil qilinmoqda. Tarixiy vatanning rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, oqinlari va baxshilari, madaniyat va siyosat arboblariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilinmoqda. Tarixiy vatandan kelgan kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar va hokozo.9 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Respublika millatlararo madaniy markazi tashkil etildi. Markazning bosh maqsadi — O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat, elatlarning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini, ularning har birini boshqa xalqlar bilan teng asosda o‘z madaniy, milliy, ehtiyojlarini qondirishga imkon yaratishdan iborat bo‘ldi. Yirik ijtimoiy-siyosiy voqyealar ro‘y berayotgan bir sharoitda Respublika millatlararo madaniy markazi zamon tomonidan qo‘yilayotgan yuksak talablarga, javob bera olmay qoldi. O‘zining huquqiy statusini o‘zgartirmasdan kun tartibdagi vazifalarni yechish salohiyatidan ortda qola boshladi. Bularning barchasi 1993 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Respublika millatlararo madaniy markazini Respublika baynalmilal madaniy markazga aylantirish to‘g‘risidagi farmonning e'lon qilinishiga sabab bo‘ldi. Baynalmilal madaniy markaz ko‘rgazma — ekspozitsiya sohasida ayniqsa samarali faoliyat ko‘rsatmoqsa. Masalan, 1994 yil mart-aprel oylarida «Bir daraxtning novdalari» mavzuida ko‘rgazma tashkil etildi va unda bir millatning 58 vakillari o‘zlarining 96 ijodiy ishlarini namoyish qildilar. Rus milliy-madaniy markazining tashkil etilishi va uning milliy qadriyatlarni tiklash borasida olib borgan faoliyati maqsadga muvofiq edi. 1994—1995 yillarning o‘zidagina rus milliy-madaniy markazi 192 ta turli tadbirlar o‘tkazdi. Bularning ichida ayniqsa A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, A. S. Griboedov, S. yesenin, I. A. Bunin kabi rus adabiyotining atoqli va yirik arboblariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar ayniqsa qiziqarli bo‘ldi. Rus milliy-madaniy markazlari mamlakatimizning barcha hududlarida keng faoliyat yuritmoqda. Xususan, Namangan viloyatida shunday markazlardan biri 1994 yil 27 iyunda tashkil topdi. Bu viloyatda 20 mingga yaqin rus millati vakillari yashab, ular xalq xo‘jali va madaniy sohaning barcha jabhalarida mehnat qilmoqdalar. Qisqa vaqg mobaynida madaniy markazning viloyat bo‘limi tomonidan qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Chunonchi, rus folklor ansamblining chiqishlari ayniqsa fuqarolarga manzur bo‘lmoqda. Namangan shahridagi «Sharshara» hamda «Oxunboboev» nomli mahallalarda turli millat vakillarining ahilliqda birgalikda mehnat qilishiga ko‘p jihatdan milliy-madaniy markazlar samarali hissa qo‘shmoqdalar1. O‘zbekistondagi faoliyat ko‘rsatayotgan qardosh ukrain xalqining «Batkivshina» milliy-madaniy markazi respublikamizning Ukraina bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. 1997 yili O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq ukrain millatiga mansub kishi istiqomat qilgan2. Ular o‘zbek xalqi bilan birga Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Ukrainlarning «Batkivshina» milliy madaniy markazi tashabbusi bilan 1997 yili o‘zbek-ukrain muzeyi tashkil etildi3. Bu har ikkala xalq madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa madaniy markaz vakillari bir guruhining 1997 yil avgust oyi oxirlarida bo‘lib o‘tgan ukrainaliklarining II Xalqaro kongressida ishtirok etishi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikning takomillashuviga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan milliy-madaniy markazlardan biri bu «Oriyono»— tojik milliy madaniy markazidir. Bu markaz Toshkentda 1990 yil 8 iyunda tashkil etilgan. Markaz qisqa vaqt ichida mustaqilligimizni mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni ta'minlash yo‘lida juda ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. Markazning asosiy maqsadi — tojik madaniyati, tili, urf-odatlarini saqlab qolish, ularni rivojlantirish hamda boshka-qardosh xalqlar madaniyatini o‘rganishdan iborat. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bir milliondan ortik tojiklar istiqomat qiladilar va boshqa millat vakillari singari ular ham O‘zbekistonda buyuk mustaqil davlat qurish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar. 1990—1997 yillar mobaynida markazning uchta konfereniiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyalarda «Orieno» milliy-madaniy markazining rahbar organlari ham saylandi. Markazning birinchi raisi bo‘lib taniqli jurnalist tilchi olim Muxsin Umarov saylangan edi (1990-1992 y). «Oriyono» milliy-madaniy markazi tashkil qilingandan buyog‘i qariyib har yili Xalqlar Do‘stligi maydonida Navro‘z, Mustaqillik kuni, Konstituitsiya kuni bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Markaz mustaqilligimizning beshinchi yiliga bag‘ishlab konsert dasturi tashkil qilib, unda san'at ustalari M. Myhammadova, Sh. Toshmatov, N. Pirmatova, X. Sherov, B. Davronov va boshqalar ishtirok etdilar. Markaz o‘z faoliyati davomida o‘zbek, rus va tojik tillarida bir nechta kitoblar nashr etdi1 Tojiklarning «Oriyono» milliy-madaniy markazi tojik tilida chiqayotgan «Ovozi tojik» gazetasi muharririyati bilan, Respublika Teleradiokompaniyasi tojik bo‘limi «Ranginkamon»lar bilan hamkorlikda ish yuritmokda. Bundan tashqari markazning qilayotgan ishlari respublikamizda chiqayotgan «Ovozi tojik», «Narodnoe slovo», «Pravda Vostoka», «Sport», «O‘zbekiston ovozi», «Toshkent oqshomi», «Birlik» va «edinstvo» kabi ko‘pgina ro‘znoma va jurnallarda yoritib borilmoqda. Umuman olganda, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan bir milliondan ortiq tojik millatiga mansub xalqning bugungi, ertangi va kelajakdagi milliy ravnaqi uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar mavjud Tojiklar ham o‘z navbatida «Turkiston — umumiy uyimiz» shiori ostida O‘zbekistonning tinch, osoyish- millatlararo barqarorlik asnosida rivojlanishi uchun o‘zlarining barcha g‘ayratlarini sarflamoqdalar. Respublikamizda boshqa xalklar bilan bir qatordya qozoq millatiga mansub kishilar ham istiqomat qiladilar. O‘zbekistonda qozoklarning soni 1989 yil o‘tkazilgan aholi ro‘yxati bo‘yicha 800 mingni tashkil etgan. 1997 yilga kelib ularning soni bir millionga yaqinlashdi. O‘zbekistonning va qozoklarning hayoti azaldan birga rivojlangan. Istiqlol yillarida O‘zbekistondagi qozoqlar va o‘zbeklar orasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat munosabatlari yanada mustahkamlanmokda. Tarixda bunga misollar juda ko‘p. Uzoqga borib o‘tirmay Oybek bilan Muxtor og‘a, G‘afur G‘ulom bilan Sobit og‘a, Mirtemir bilan Abdulla Tojiboevlarning shaxsiy bordi-keldilari, xazil-mutoyibalari, dasturxon ustidagi ichak uzdi kulgularini aytishning o‘zi kifoya. 1989 yil mart oyida Toshkentda tashkil etilgan qozoq milliy-madaniy markazi shuning yorqin dalilidir. Markaz tomonidan 1990 yil may oyida xalqlar Do‘stligi saroyida taniqli qozoq shoiri Bozor Jirauning tavalludiga 125 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tgan respublikalararo aytishuv, 1991 yilda esa buyuk o‘zbek shoiri, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy yubileyiga bag‘ishlangan aytishuv va boshqa ko‘plab madaniy tadbirlar o‘tkazishdi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi ikki do‘st xalq o‘rtasidagi aloqalar saviyasini yanada yuqoriga ko‘tardi. 1991 yil yanvaridan boshlab Toshkentda qozoq tilida «Dostiq to‘i», 1993 yil fevraldan esa «Nurli jol» respublika gazetasi chiqayotganligi hamda O‘zbekiston televideniyasida qozoq tilida «Zamandas», «Didar» dasturlari, respublika radiosida esa «Sharda» eshittirishi tashkil qilingani qozoq aholisini madaniy hayotida katta rol o‘ynamokda. Qozoq millatiga mansub aholida yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnunlik sifatida 1999 yil avgust oyi boshida respublika Birinchi Prezident Islom Karimov nomiga Jizzax viloyatida yashovchi bir g‘uruh qozoq ziyolilari maktub yo‘llashdi. Unda jumladan shunday deyiladi: «Muhtaram Islom Abdug‘anievich! Biz, Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanining qozoq millatiga mansub bir guruh ziyolilari shuni malum qilamizki, Siz olib borayotgan odil va oqilona siyosatning eng birinchi natijasi yurtimizda qaror topgan tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Buning uchun Sizga Olloxdan uzoq umr, sihat-salomatlik va kuch quvvat tilab qolamiz»10. Shunday qilib, mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlarning tashkil topishi va rivojlanishi ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Birinchi bosqich o‘z ichiga 1989-1992 yillarni qamrab oladi. Bu yillar birinchi markazlarning tashkil topishi va tashkiliy jihatdan rasmiylashuv davri edi. Ikkinchi bosqich 1992 yildan boshlanib hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Ushbu davr markazlarni ko‘payishi va faoliyatining takomillashuvi, ular ish sifatiniig o‘sishi davridir. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlar ma'lum ish tajribasiga ega bo‘ldi, alohida, mustaqil jamoatchilik muassasasi sifatida millatlararo munosabatlarni takomillashtirish borasida ibratli ishlarni bajardi. Ayni paytda, o‘tgan yillar mobaynida markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ham belgilandi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling