Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun
-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotinini amalga oshirishning dolzarb vazifalari. (1-soat)
Download 0.66 Mb.
|
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
7-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotinini amalga oshirishning dolzarb vazifalari. (1-soat)
Reja: 1. Milliy g`oya targ`ibotining siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya bilan uyg`unligi. E’tiborlisi shundaki, yuqorida qayd qilingan talablar nafaqat davlat dasturining ijrosida, balki milliy g’oya targ’ibotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan bugungi kunda targ’ibot-tashviqot ishlarida kampaniyabozlikka berilish, mafkurani targ’ib qilish o’rniga uning ta’riflarini «yodlatish», turli tadbirlarga kishilarni majburiy to’plash, muammolar haqida ochiq gapirishdan qochish, odamlar bilan yuzma-yuz muloqatga voizlarning tayyorlanib kelmasligi, son ketidan quvib, sifatni unutib qo’yish, targ’ibotda ayrim tushunchalarning o’rinli-o’rinsiz ishlatilishi natijasida ularning qadrsizlanishi kabi muammolar ko’zga tashlanmoqda. Agar sog’lom axborot muhiti ustuvor bo’lmasa, qisqa vaqtda har qanday davlatning ichki axborot makonidagi siyosiy-ijtimoiy muhit butunlay izdan chiqib, «xatar uchoqlari» paydo bo’ladi. Natijada jamiyatda g’alva boshlanadi, rasmiy axborot tarqatish tizimi ishdan chiqadi, rasmiy boshqaruv va uning mafkurasi butunlay tanazzulga uchraydi. Jumladan, Qirg’iziston Respublikasida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimini hal qilish bo’yicha davlat amalga oshirgan ishlar haqidagi axborotlar o’z vaqtida xalq onggiga havola qilinadi. Eng achinlarlisi, hukumat «axborot bo’shlig’ini» shakllantirish bilan bir qatorda «jim o’tirish» pozitsiyasini tutdi. Mafkura targ’iboti muammolari bo’yicha izlanish olib borgan respublikamizning bir qator olimlari bu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, stixiyali harakatlar, o’zibo’larchilik va kampaniyabozlikka yo’l qo’ymaslik lozimligini uqtiradi, Xususan, siyosatshunos olim Sh.Paxrutdinov mafkura targ’ibotida quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi: - vazifalarni nazarda tutgan holda bevosita tashkiliy» chora va tadbirlarni ko’rish; - ma’naviyat va ma’rifat ishlarini olib boruvchi kadrlarni tanlash va qayta tayyorlash, ularning faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish; - zarur bo’lgan moddiy-texnika vositalari bazasini yaratish; ommaviy axborot vositalarini aniq maqsadga yo’naltirilgan holda jalb qilish; - ma’naviy va ma’rifiy ishlarning samarali tajribalarini keng yoyish. Ya’ni, mafkura targ’ibotida muayyan muddat shiddat bilan avj oladigan, keyinchalik so’nib qoladigan tashviqot ishlariga emas, balki doimiy ravishda uzluksiz davom etadigan va tizimiy asosga qurigan ma’rifat ishlarga tayanish samarali hisoblanadi. Ochig’i aytadigan bo’lsak, targ’ibotda milliy g’oya, mafkura haqida bilim berish bilan cheklanish holati mavjud. Ta’kidlash joizki, «g’oya keng targ’ib qilinyapti» degani, hali u «xalqqa singyapti, kishilar qalbidan o’rin olyapti», degani emas. Chunki, mafkura targ’iboti bilan shug’ullanuvchi voizlarninig ma’ruzalari kishilarda shavq va rag’bat uyg’otmay, asosan, milliy istiqlol g’oyasining mohiyati, uning asosiy tushuncha va tamoyillari haqida axborot beradi. Ularning bergan bilimlari kishilar ongida axborot tarzida saqlanadi, lekin qalbini egallab, ularni harakatga undarmikan? Agar aytilgan gaplar kishi ongida axborot sifatida o’rin olsa-yu, lekin qalbidan, yuragidan o’rin olmasa, natijaga erishdik, deya olamizmi? Axir, yuksak sifat va mahorat bilan tayyorlangan reklama ham kishida ikki xil fikr uyg’otishi mumkin: «reklama tayyorlashni qoyillatishibdi» yoki «men albatta shu narsani sotib olaman». Voizlarning gaplari ham insonlarda ana shunday ikki xil ta’sirlanish uyg’otishi mumkin: “Ma’ruzachi juda chiroyli gapiryapti” yoki “Bizni boshla shu manzillarga!”. Demak, voizlar ilmiy asoslangan an’anaviy ma’ruza emas, hissiyotlarni uyg’otuvchi, haroratli, dalillarga boy noan’anaviy nutq kishilarga ko’proq ta’sir qilishini e’tiborga olishlari zarur. Zero, «yoniq nutq odamlarning aqli va tuyg’ulariga ta’sir qilib, tinglovchini muayyan faoliyatiga otlantira oladi». Baxsga, muloqatga chorlaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mafkuraninig targ’iboti «bilim-ishonch-faollik» modeli asosida amalga oshirilishi lozim. Ya’ni, bilimlarning ong orqali o’tib, maslak, e’tiqodga aylanishi va amaliyotga tatbiq etilishi-mafkuraviy ishlarining mazmunini tashkil etishi darkor. Aslida, har bir voiz tadbir nihoyasida uning samaradorligini baholash uchun o’ziga «Aytganlarim tinglovchilarga ta’sir qildimi, ularni nimagadir ishontira oldimmi?» degan savollarni berish zarur. M.Quronov bu haqda shunday yozadi: «...har bir tuman, tashkilot ma’naviyat va ma’rifat mutasaddisi:» «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini qaysi mezonlar bilan baholayapman», «Men o’tkazayotgan tadbirlar natijasida millat ongida nima qaysi tomonga o’zgardi» kabi savollarni o’z-o’ziga berish fursati yetdi. Buning uchun milliy g’oya va milliy mafkura sohasidagi ishni ham oxiri-natijasiga qarab baholash lozim. Natijada esa viloyat, tuman, shahar xalqining mafkurasidagi yangilanish, ogohlik, mustaqillikni mustahkamlash, himoya qilishga tayyorgarlik yoki Yurtboshimiz aytganlaridek, «odamlarning tafakkuridagi o’zgarish darajasiga qarab sarhisob qilinmog’i kerak» Hozirgi vaqtda, nafaqat Respublikamizda, balki butun dunyoda ta’lim sohasi talaba-yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim ijtimoiy-siyosiy omili sifatida namoyon bo’lmoqda. Jumladan, oliy ta’limda siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, butun dunyoda keyingi yillarda talabalarning umumiy soni 13 mln. dan 82 mln gacha oshdi. Butun dunyoda keyingi 30 yil davomida oliy ta’limga bo’lgan talab hozirga kelib, 6 martga oshdi. 2025 yilga kelib, dunyo bo’yicha 160 mln. talaba bo’lishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda esa Yevropa mintaqasida umumiy oliy ta’lim hamkorligini tashkil etish bo’yicha davlatlararo komissiyalar harakat olib bormoqda. Ta’lim tizimi eng avvalo davlat manfaati, milliy xavfsizlik va mustaqillikni mustahkamlovchi kadrlar bilan ta’minlovchi sohadir. Shu o’rinda masalaning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratmoq darkor. Ayrim hollarda voizlar nutq so’zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to’plashda ma’muriy resursdan faydalanib, bu tadbirlarda ishtirok etish kishilar uchun majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari boshlab kelingan insonda hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo’lishi aniq-ku. Shunday ekan, O’zbekiston Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis to’qqizinchi sessiyasi ma’ruzasida bayon etilgan asosiy vazifa va qoidalarni keng yoritish bo’yicha tashkiliy ma’rifiy tadbirlar Dasturida «tadbirlarni majburiyatga aylantirmaslik» talabning qo’yilishi bejiz emas. Shunday ekan, joylarda tadbirlar uyushtirishda mamlakatimizning ko’zga ko’ringan arboblari, insonlar ishonchini qozongan fikr yetakchilarini jalb qilish orqali auditoriyani to’plash maqsadga muvofiq. Ta’kidlash joizki, auditoriyani o’ziga qaratish, kishilarga ta’sir ko’rsatish, ularni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi. Shuning uchun, targ’ibotda voizlar ma’ruzalari ta’sirchanligini oshirish haqida o’ylab ko’rish, bunday tadbirlar stsenariylarini va zamonaviy vositalar orqali puxta tayorlash lozim. Mafkuraviy ishlarni samarali tashkil etishda maktabning ham o’rni beqiyos. Chunki olti-etti yoshar bola toki mustaqil shaxs sifatida shakllanib, voyaga yetkuniga qadar bo’lgan hayotini, asosan, maktabda o’tkazadi. Demak, maktab insondagi qadriyatlar, qarashlar intilish, dunyoqarash va maqsadlar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shaklini turlicha o’zgartirayotgan axloqsizlik g’oyalarini aksariyat holda tajribasiz yoshlar bilmasdan «evropacha madaniyat» va «erkinlik» sifatida qabul qilib, o’zlari kutmagan holda aldanib qolishlari mumkin. O’zbekistonda axborot xuruji orqali chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalarga qarshi kurashishda bir qator ijtimoiy-siyosiy omillar yuzaga keltirildi va rivojlantirilmoqda. Tarixiy xotira shakllantirilib, Amir Temur davrida shakllantirilgan «kuch-adolatda», «el-yurt ozodligi», «insof va diyonat birligi», «ma’naviy-kelajak omili» kabi hayotbaxsh g’oyalar, bugungi kunda yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash, g’oyaviy immunitetni shakllantirishda ustuvor omil bo’lib xizmat qilmoqda. Yoshlarda mustaqil va tahliliy fikrlashni rivojlantirish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jamiyat evolyutsiya harakatlanishga, rivojlanishga undaydigan hayotbaxsh g’oyaga va harakatlanish dasturiga doimiy ravishda ehtiyoj sezadi. Aynan shu harakat dasturi qo’yidagi jarayonlarni qamrab olishi kerak: - Tashqaridan kirib kelayotgan xavf-xatarlarni «pinhona rivojlanish» davrida aniqlash16. - Millatning, xalqning - jamiyatda qabul qilingan ma’naviy-axloqiy normalari, madaniy rivojlanish tamoyillarini yanada rivojlantirish. - Internet va xorijiy ommaviy-axborot vositalari orqali kirib kelayotgan turli axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantirish17. - Yoshlarning ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish18. Ta’lim tizimida mafkurani targ’ib etishda o’qituvchi talabalarning didiga, qadriyat va qarashlariga mos tarzda yondashish talab etiladi. Biroq, o’quvchi-talabalar uchun mo’ljallangan «Milliy istiqlol g’oyasi» fani darsliklarining ayrimlari murakkab tilda, ortiqcha akademizm uslubida, bolaning yosh xususiyatlari inobatga olinmay yozilganligini ko’rish mumkin. Shunday ekan, milliy g’oya targ’ibotiga xizmat qiladigan adabiyotlar yosh avlodning tafakkuri va bilim darajasiga mos holda sodda, ta’sirchan, ommabop tarzda yozilishiga alohida e’tibor berish zarur. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling