9. Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari adliya boshqarmalari
huzuridagi idoraviy notarial arxivga notarial idoralarda qancha muddat
saqlanganidan keyin qabul qilinadi
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari
huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv)
topshirilishi kerak.
10. Notarial ish yuritish hujjatlar va materiallarni adliya boshqarmalari
huzuridagi idoraviy notarial arxivga qabul qilish tartibi.
11. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv tomonidan
qanday turdagi arxiv hujatlari beriladi.
notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati, notarial harakatlarni ro‘yxatga
olish reyestr kitobidan ko‘chirma, arxiv hujjatlaridan nusxalar, mol-mulkka
nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar va arxiv
ma’lumotlarini beriladi.
12. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv tomonidan arxiv
hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati qanday tartibda ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelgan
holda murojaat etadi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. So‘rovnomaga:pasport nusxasi;ariza beruvchi
ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma nusxasi;marhum nomidan
amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda
marhumning o‘limi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga
qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan
merosxo‘r bo‘lganda vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma
nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova
qilinadi.Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi
xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |