32. Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari qanday ta’minlanadi.
Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari
quyidagilar asosida
ta’minlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi,
qo‘riqlash,
harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar,
shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish.
33. Arxivni qanday binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxivni mustahkam bo‘lmagan, yog‘ochdan
qurilgan, asosiy, yerto‘la va chordoq
xonalari zax bo‘lgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Arxiv hujjatlarini saqlash uchun mo‘ljallangan moslashgan
binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati,
oziq-ovqat omborlari, yong‘in
chiqish xavfi kuchli bo‘lgan hamda agressiv moddalar yoki yong‘in chiqishi xavfi
mavjud va kimyoviy texnologiyalar qo‘llaniladigan binolarda joylashtirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
34. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv saqlovxonasiga
kimlar kirish huquqiga ega.
Arxiv saqlovxonasiga ushbu arxiv saqlovxonasi mudiri va xodimlari,
shuningdek
arxiv rahbari va uning o‘rinbosarlari, fondlarning bosh saqlovchisi kirish huquqiga
ega. Kerak bo‘lganda
yangilanadigan, arxiv saqlovxonasiga kirish huquqiga ega
shaxslar ro‘yxati qo‘riqlash postida bo‘lishi kerak.
Arxivning boshqa xodimlari
arxiv saqlovxonasiga faqat bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida
kiritiladi.
Boshqa shaxslar, istisno hollarda, faqat arxiv
rahbarining yozma ruxsati
va bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: