Yo‘nalishi: Notarial arxivlar faoliyati uchun Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Qanday hollarda arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga


Download 184.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana09.06.2023
Hajmi184.95 Kb.
#1466022
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

 37. Qanday hollarda arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga 
yo‘l qo‘yiladi.
Arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorug‘likni 
tarqatuvchi oynalar yorug‘likni avtomatik ravishda boshqaruvchi vositalar, himoya 
filtrlari, jalyuzlar, pardalar va shu kabilar o‘rnatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 
38. Arxiv saqlovxonalarida sanitariya-gigienik talablariga rioya etish 
qanday amalga oshiriladi. Saqlovxonalardagi sanitariya-gigiyenik sharoit tozalik 
va tartibga rioya etish, hasharot, kemiruvchilar va mog‘or, chang paydo 
bo‘lishining oldini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arxiv saqlovxonalarida nam 
vositalar bilan tozalash, har yili chang yutgich vositasi yordamida stellajlar, 
shkaflar, saqlash vositalari (quti, bog‘lam, papkalar)dagi changlarni tozalash ishlari 
muntazam ravishda olib borilishi shart. Bunda devorning pastki qalin qismiga 
yaqin joylashgan stellajlar, pol, plintuslar, deraza tokchalari suvli antiseptik 
moddalar bilan artib tozalanadi.Arxiv saqlovxonalariga ustki kiyim-boshlarda, toza 
bo‘lmagan oyoq qiyimlarda kirish, u erda keraksiz narsalarni, oziq-ovqat 
mahsulotlarini saqlash, shuningdek chekish taqiqlanadi. 
39. Arxiv saqlovxonalariga qanday kiyim-boshda kirish va u yerda qanday 
narsalarni saqlash mumkin emas. Arxiv saqlovxonalariga ustki kiyim-boshlarda, 
toza bo‘lmagan oyoq qiyimlarda kirish, u erda keraksiz narsalarni, oziq-ovqat 
mahsulotlarini saqlash, shuningdek chekish taqiqlanadi. 
 40.Arxiv saqlovxonalarida arxiv hujjatlari qanday vositalarda saqlanadi. 


Arxiv saqlovxonalari turg‘un yoki ko‘chma temir stellajlar bilan jihozlanadi. 
Yong‘in va biologik zararkunandalarga qarshi vositalar bilan qayta ishlangan va 
yaroqli holatdagi yog‘och stellajlardan ham foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 
Yordamchi yoki maxsus jihoz sifatida temir shkaflar, seyflar, shkaf-stellajlar, 
shuningdek temir to‘siqlar va tokchali turg‘un otsek-bokslardan ham foydalanish 
mumkin.Kinohujjatlar, rulonli mikrofilmlar gorizontal shaklda archa turidagi temir 
yoki plastik qutilarda yoki turg‘un stellajlarda saqlanadi. Triatsetat asosidagi 
yonuvchi kinohujjatlar qattiq yopilmaydigan kino tasmalardan chiquvchi sirka 
kislotasi to‘planishining oldini olish uchun teshikli temir yoki plastik qutilarda 
saqlanadi.Videohujjatlar vertikal holatda qutilarda saqlanadi. 

Download 184.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling