Hujjatlar mavjudligi va holatini tekshirish jarayonida topilmagan
hujjatlarning qidiruvi ularning yo‘qligi aniqlangan
vaqtdan boshlab tashkil etilib,
bir yil davomida bevosita arxivda va boshqa tashkilotlarda olib boriladi. Arxiv
rahbariyati arxivning tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbarining
bildirishnomasiga
asosan qidiruv muddatini uzaytirish huquqiga ega.
Qidiruv davomida topilgan arxiv hujjatlari saqlovchiga beriladi,
u ularni
joyiga qo‘yadi. Tekshirish varag‘ida topilmagan arxiv hujjatlari kartotekasining
“Izoh” ustuniga topilgan arxiv hujjatlari to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
U arxiv
saqlovxonasi mudiri tomonidan imzolanadi.
49. Arxiv hujjatlarini, shuningdek ularning sug‘urta nusxasining fizik va
texnik holatini baholashda aniqlanadigan holatlar.
Arxiv hujjatlarini, shuningdek ularning sug‘urta nusxasining fizik va texnik
holatini baholash arxiv hujjatlari arxivga qabul qilingan vaqtdan boshlab 3 oydan
kechikmay amalga oshiriladi. Qog‘ozli manbadagi
arxiv hujjatlarining fizik
holatini baholash natijasida:
biologik zararkunandalar bilan zararlangan;
yuqori darajada
namiqqan;
qog‘ozi va matni shikastlangan;
chang bosgan arxiv hujjatlari aniqlanadi.
Bu hollarda yig‘majildlar, papkalar va
qutilardagi barcha tegishli
bo‘lmagan predmetlar, metall, karton, qog‘oz qutilar, skrepkalar va boshqalar olib
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: