41. Arxiv hujjatlari saqlanadigan stellajlar qatorlari orasidagi, stellajlar
oralig‘idagi, binoning tashqi devori va devorga parallel joylashgan
stellajlarning o‘rtasidagi hamda pol bilan stellajning pastki tokchasi (shkaf)
oralig‘idagi masofa qanday o‘lchamlarda joylashtirilishi kerak.
stellajlarning qatorlari orasidagi masofa (asosiy o‘tish yo‘li kengligi) — 120 sm;
stellajlar oralig‘idagi masofa (o‘tish yo‘li) — 75 sm;
binoning tashqi devori va devorga parallel joylashgan stellajlarning o‘rtasidagi
masofa 75sm;
tashqi devor bilan stellaj yoki shkafning yon tomoni oralig‘idagi masofa — 45 sm;
pol bilan stellajning pastki tokchasi (shkaf) oralig‘idagi masofa — kamida 15 sm,
yon pastki qavatda — kamida 30 sm.
42. Arxiv saqlovxonasida hujjatlar saqlovini tashkil etish tadbirlarini amalga
oshirish qanday harakatlarni o‘z ichiga oladi. arxiv xonalari, stellajlar,
shkaflar va tokchalarni raqamlashtirish tartibi qanday amalga oshiriladi.
Arxivning barcha xonalari ( binolar, qavatlar, saqlovxonalar, xonalar) ,
shuningdek stellajlar, seyflar, shkaflar va tokchalari raqamlashtiriladi.Har bir
alohida xonada stellajlar va shkaflar xonaga kirishdan chapdan o‘nga qarab alohida
raqamlashtiriladi. Stellaj va shkaflardagi tokchalar yuqoridan pastga va chapdan
o‘ngga qarab raqamlashtiriladi.Hujjatlarning saqlovxonada joylashuvi va qidiruvini
takomillashtirish maqsadida fondlar va stellajlarning topografik ko‘rsatkichlari
yuritiladi. Topografik ko‘rsatkichlar kartochka yoki varaq shaklida, zarur miqdorda
tuziladi.
44. Idoraviy arxivda arxiv hujjatlarining mavjudligini tekshirish qachon va
qaysi hollarda amalga oshiriladi.
Qolgan arxiv hujjatlarining mavjudligini tekshirishning davriyligi arxiv
hujjatlarining foydalanilishi jadalligiga va hisobini yuritish holatiga qarab, lekin
har 15 yilda kamida bir marta (davlat arxivida 10 yilda bir marta) etib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |