Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
Son mushaklari 
 Son mushaklari uch guruhga bo`linadi: 
 a) sonning oldingi guruh mushagi; 
 b) sonning ichki mushagi; 
 v) sonning orqa mushagi. 
 1.Sonning  to`g`ri  mushagi  –  chanoq  suyagining  o`simtasidan 
boshlanadi.  Oyoqni  chanoq  son  bo`g`imida  bukib,tizza  bo`g`imida 
yozadi. 
 2.Sonning  to`g`ri  mushagi  va  uchta  keng  mushak  paylari-ning 
pastki  uchlari  o`zaro  qo`shilib,umumiy  to`rt  boshli  mushak  payini 
hosil  qiladi.  Bu  pay  tizza  qopqog`ining  ustidan  o`tib,  katta  boldir 
suyagining bo`rtig`iga birikadi. 
 3.Yarim  pay  mushagi  –  nomsiz  suyagining  bo`rtig`idan 
boshlanib, katta boldir suyagining bo`rtig`iga birikadi. 
 4.Yarim  parda  mushagi  –  nomsiz  suyagining  bo`rtig`idan 
boshlanib.katta  boldir  suyagining  bo`rtig`i  tizza  bo`g`inining  orqa 
yuzasiga birikadi. 
 5.  Sonning  ikki  boshli  mushagi  –  bu  mushakning  uzun 
boshchasi  son  suyagi  chizig`idan  boshlanadi.Har  ikkala  boshcha 
o`zaro qo`shilib, kichik boldir suyagining boshchasiga birikadi. 
 6.Taroqsimon  mushak  –  qov  suyagining  yuqori  ravog`idan 
boshlanib, son suyagining chizig`iga birikadi. 
 7.Nozik  mushak  –  qov  suyagining  boshchasiga  birikadi.  U 
sonning o`zaro yaqinlashtiradi va tizza bo`g`imida bukadi va ichkariga 
buradi. 
Boldir mushagi 
Boldir mushagi oldingi, orqa va lateral mushaklarga bo`linadi: 
1.Oldingi  katta  boldir  mushagi  –  katta  boldir  suyagining 
bo`rtig`idan va katta boldir suyagining yon yuzasidan boshlanib oyoq 
va  panja  suyaklarining  medial  ponasimon  suyagiga  va  1chi  kaft 
suyagining asosiga birikadi. 
2.Bosh  barmoqni  yozuvchi  mushak  –  kichik  boldir  suyakning 
ichki  yuzasidan  boshlanib,bosh  barmoq  distal  falanga  suyagiga 


 
72 
birikadi. 
 3.Kichik  boldir  uzun  mushagi  –  kichik  boldir  boshchasidan  va 
yuqori  uchining  yon  yuzasidan  boshlanib,  to`piqni  orqa  sohadan  va 
ostidan  aylanib  o`tib  ponasimon  suyakka  va  1chi  kaft  suyagiga 
birikadi. 
 4.Kaft  mushagi  –  son  suyagining  bo`rtig`idan  boshlanib,  tovon 
suyagining bo`rtig`iga birikadi,u boldirning uch boshli  mushagi bilan 
bir  xil  vazifani  bajaradi,uch  boshli  mushak  oyoqni  boldir-oshiq 
bo`g`imida  bukadi.  Bu  mushak  son  suyagidan  boshlanganligi  uchun 
tizza bo`g`imida ham bukish vazifasini bajaradi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling