Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
OYOQ SKELETI  
 
Chanoq  suyagi  
Chanoq  suyagi,  himoya  va  tayanch  vazifasini  bajaradigan  yassi 
suyaklar  guruhiga  kirib  uch  qismdan  tashkil  topgan:  yonbosh  suyagi
qov  suyagi,  o`tirg`ich  suyagi.  16  yoshgacha  bu  suyaklar  alohida 
bo’lib,  o`zaro  tog`aylar  vositasida  birikadi.  Suyaklarning  qo`shilish 
sohasi,  son  suyagining  boshchasi  kirib  turadigan  sirka  kosachasiga 
to`g`ri  keladi.  Bu  hosilaning  tubida  chuqurcha,  yarimoysimon  yuza  
va  yuza  sohasida  o`yma  ko`rinadi.  Yonbosh  suyagida  tana  qismidan 
tashqari,  uning  serbar  qanot  qismi    bo’ladi.  Qanotning  yuqori  qismi 
qirrni  hosil  qiladi.  Bu  qirraga  qorinning  serbar  mushaklari  birikadi. 
Yonbosh  suyagining  qirrasi  oldingi  tarafda  oldingi  yuqorigi  o`simta  
va  oldingi  ostki  o`simta    bilan  tugaydi.  Yonbosh  suyagining  orqa 
sohasi  esa  orqaning  yuqorigi  o`simtasi    va  orqaning  ostki  o`simtasi 
bilan  yakunlanadi.  Yonbosh  suyagining  tashqi  yuzasida  chanoqning 
dumba mushaklari birikishidan hosil bo’lgan dumba  yuzasi bo’lib, bu 
yuzada  chiziqlar    va    hosil  bo’ladi.  Yonbosh  suyagining  ichki 
yuzasida, quloqsimon yuza sohasidan qov suyagi tomonga yo`nalgan, 
katta  va  kichik  chanoqlarning  chegarasi  bo’lib  hisoblangan  hosila 
bo’ladi.  Chanoq  suyagining  oldingi  qismida  joylashgan  qov  suyagi  
tana qismidan tashqari yuqori shox  va pastki shox qismlaridan tashkil 
topgan.  Ikki  tarafdagi  qov  suyaklarining  o`zaro  birikish  yuzalari  va 
chetidagi  deyiladi.  Qov  suyagining  yuqori  qismida  bo`rtiq  ,  qirra, 
yonbosh suyagi bilan birikish sohasida esa tepalik  bo`ladi. O`tirg`ich 
suyagi  tana qismidan tashqari yuqori shoxi  pastki shoxi  qismlaridan 
iborat. Bu shoxlarning o`zaro qo`shilish sohasida bo`rtiq hosil bo`ladi. 
O`tirg`ich  suyagining  yuqori  shoxi  o`tirg`ich  suyagining  o`simtasi 
bilan  tugaydi.  Bu  o`simtadan  yuqorida  katta  o`tirg`ich  o`ymasi  
o`simtaning  ostida  esa  kichik  o`tirg`ich  o`ymasi    joylashadi.  Sirka 


 
54 
kosachasining  ostida  o`tirg`ich  suyagi  bilan  qov  suyagining  orasida 
yopqich  teshi-gi    hosil  bo`ladi.  Qov  suyagi  sohasida  yopqich  qirra  
oldingi  bo`rtiq  va  ba'zi  xollarda  orqa  bo`rtiq    bo`ladi.  Chanoq 
suyagining  ichki  yuzasida,  yopqich  teshigining  yuqori  qismida  egat  
joylashadi.  O`tirg`ich  va  qov  suyaklarining  o`zaro  qo`shilish 
sohasidagi  shoxi  deyiladi.  Chaqaloqlarda  va  o`sish  davrida 
chanoqdagi  uchchala  suyak  alohida  bo`lib,  tog`ay  vositasida  o`zaro 
qo`shilib  turadi.  8  yoshda  qov  va  o`tirg`ich  suyaklarining  shoxlari 
o`zaro  suyaklanadi.  14-16  yoshlarda  esa  sirka  kosachasi    sohasida 
uchchala suyak tanasi qo`shilib, yakka chanoq suyagini tashkil etadi.  
 Ikki chanoq suyagining dumg`aza suyagi bilan va o`zaro birikishidan 
chanoq  uning  bo`shlig`i  hosil  bo`ladi.  Bu  bo`shliq  yuqorida 
joylashgan  katta  chanoq  bo`shlig`idan  va  pastki  sohadagi  kichik 
chanoq  bo`shlig`idan  tashkil  topadi.  Kichik  va  katta  chanoqlar 
orasidagi  chegarani  chizig`i  tashkil  etadi.  Bu  chegara  quyidagi 
hosilalardan tashkil topadi: 1) V bel umurtqasi va dumg`aza suyaklari 
orasidagi bo`rtiq  2) yonbosh suyagidagi chizig`i; 3) qov suyagi qirrasi 
va  shu  suyaklar  qo`shilishidan  hosil  bo`lgan  simfizisning  yuqori 
yuzasidan  hosil  bo`ladi.  Bu  sohada  qov  yoyi    va  uning  ostidagi 
burchak  joylashadi. Chegara sohasida hosil bo`lgan kichik chanoqqa 
kirish  teshigi    deyiladi.  Kichik  chanoq  bo`shlig`ining  ostki  qismida 
pastki  chanoq  teshigi  hosil  bo`ladi.  Chanoq  o`lchovlari  amaliyotda 
katta  ahamiyatga  ega.  Uning  ichki  o`lchovlarini  o`lchash  murakkab 
bo`lganligidan, chanoqning tashqi o`lchovlari o`tkaziladi (o`lchanadi). 
I. Ikki tarafdagi yonbosh suyak qirralari  orasidagi masofa — 28-
29 sm. 
II.Yonbosh  suyaklarning  oldingi  yuqorigi  o`siqlari  orasidagi 
masofa 25-27 sm. 
III. Son  suyaklarining  katta  ko`st    o`simtalari  orasidagi  masofa 
— 30-32 sm. 
IV. Chanoqning  tashqi  to`g`ri  o`lchovi  bo`lib,  qov  suyaklari 
orasidagi  simfizni  hosil  etuvchi  tog`ay  bilan  dumg`azaning  orqa 
chuqurchasi  (dumg`aza  suyagining  ustki  qirrasi  bilan  V  bel 
umurtqasining qirrali o`simtasining orasida) orasidagi o`lchov 20 sm. 
V.Haqiqiy (ichki) to`g`ri o`lchovni aniqlash uchun: tashqi to`g`ri 
o`lchovdan    suyak  va  to`qima  qalinligiga  to`g`ri  keladigan  8-9  sm  ni 
chiqarib tashlash kerak.  11 sm ga teng bo`lib, qov suyaklari orasidagi 
simfiz  tog`ayi  bilan,  dumg`aza  suyagining  uchidagi  dum  umurtqalari 


 
55 
orasidagi masofani tashkil qiladi. 
VI.Kichik  chanoq  bo`shlig`iga  kirish  teshigining  ko`ndalang 
o`lchovini  (14-15  sm  ga  teng)  aniqlash  uchun  o`lchovini  ikkiga 
bo`lish yoki 14-15 sm ni chiqarib tashlash kerak. 
VII.  Kichik 
chanoq 
bo`shlig`ining 
chiqish 
teshigining 
ko`ndalang  o`lchovini  aniqlash  uchun  ikki  o`tirgich  suyaklari 
dumboqlarining ichki yuzasi orasidagi masofa (9,5 sm) o`lchanadi. Bu 
o`lchovga  to`qima  qalinligi  (1-1,5  sm)  qo`shilsa  kichik  chanoqdan 
chiqish teshigining ko`ndalang o`lchovi (11 sm) hosil bo`ladi. 
VIII. Kichik  chanoq  bo`shlig`idan  chiqish  teshigining  to`g`ri 
oichovi    dum  suyagi  bilan  qov  suyaklar  orasidagi  simfiz  tog`ayning 
pastki  yuzasi  orasidagi  masofadan  (12-12,5  sm)  to`qimaga  to`g`ri 
kelgan 1,5sm ni chiqarib tashlash bilan aniqlanadi. 
 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling