Tizza qopqog’i suyagi
Tizza qopqog`i suyagi sonning to`rt boshli mushagi payining
ichida joylashgan sesamasimon suyak turkumiga kiradi. Bu suyakning
yuqori qismida asosi, pastki qismida esa uchi , orqa sohasida bo`g`im
yuzasi bo`ladi.
Boldir suyaklari
Boldir sohasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta
boldir suyagi, tashqi tarafda kichik boldir suyagi .
Katta boldir suyagi
Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do`ngsimon o`simta
tashqi do`ngsimon o`simta bo`ladi. Bu o`simtalarning ustki bo`g`im
yuzasida ichki bo`rtiq va tashqi bo`rtiq bo`ladi. Katta boldir
suyagining yuqori uchining, tanasiga o`tish sohasining oldingi
yuzasida mushak paylarining birikishidan bo`rtiq hosil bo`ladi. Katta
boldir suyagining tanasida oldingi qirra, ichki qirra va kichik boldir
suyagiga qaragan qirra — bo`ladi. Bu qirralar orasida esa ichki yuza,
tashqi yuza orqa yuza hosil bo`ladi. Katta boldir suyagining pastki
uchida ichki to`piq, tashqi yuzasida esa kichik boldir suyagi bilan
birlashadigan o`yma hosil bo`ladi. Katta boldir suyagining ostki
yuzasida oshiq suyagi bilan bo`g`im hosil etadigan yuza bo`ladi.
Katta boldir suyagi proksimal uchida suyaklanish nuqtasi tug`ilish
davriga to`g`ri keladi. Distal epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2
yoshda hosil bo`lib, suyaklanib ketishi 16-19 yoshlarda yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |