Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Elektr uskunalari, shamollatish tizimlari


Download 53.4 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности

2.3.Elektr uskunalari, shamollatish tizimlari

2.3.1.Korxona foydalaniladigan elektr manbalar va elektr jihozlar amaldagi “Elektr uskunalarning tuzilish qoidalari”, “Iste’molchilarning elektr uskunalardan foydalanganda texnik qoidalari va iste’mochilarning elektr uskunalaridan foydalanganda xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga javob berishi lozim.


2.3.2.Xonalarni, binolarni va tashqi uskunalarni toifasini aniqlash (ShNK 2.01.19-09 bo’yicha amalga oshiriladi). Xonalarni va tashqi uskunalarni portlashga, yong’inga xavflilik darajasini aniqlash (PUE-2007 bo’yicha) amalga oshiriladi.
Sinfini va toifasini aniqlash loyihalovchi yoki foydalanuvchi tashqilotlarni energetiklari bilan xamkorlikda texnologlar amalga oshirishi kerak. Ishlab chiqarish xonasiga kirish joyida, uni portlashga-yong’inga va yong’inga xavflilik darajasi va sinfi ko’rsatilgan yozuv bo’lishi kerak.
2.3.3.Elektr uskunalarni holati uchun javobgar shaxslar (korxona yoki stex rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan bosh energetik, elektr stex boshlig’i, kerakli malakadagi muhandis-texnik xodim) quyidagilarga majbur:
-elektr jihozlarni, apparaturalarni va elektr manbalarni profilaktik ko’rikdan o’tkazish va rejali – ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlarini tashkil etishni va o’z vaqtida o’tkazishni, hamda yong’inga va yonishga olib kelishi mumkin bo’lgan “Iste’molchilarning elektr uskunalardan foydalanganda texnik qoidalari”ni buzilishini bartaraf etishni ta’minlash;
-xonalarni yong’inga-portlashga xavflilik sinfiga va atrof muhitdagi sharoitga qarab kabellarni, elektr simlarni, elektr motorlarni, chiroqlarni va boshqa elektr jihozlarni tanlashni va ko’llashni tug’riligini nazorat qilish;
-qiska tutashuvdan, o’ta yuklanishdan, ichki va atmosfera o’ta kuchlanishlaridan, hamda boshqa nenormal ishlash tartibidan himoyalovchi himoya apparatlarini holatini muntazam nazorat qilish.
2.3.4.Kabellarni, simlarni izolyastiyasini, ishonchli biriktirganligini, himoyalovchi zaminlashni, elektr motorlarni ishlash tartibini tekshirish elektr korxonalari tomonidan tashqi ko’rikdan o’tkazish, hamda asboblar yordamida amalga oshirilishi lozim. Simlarni izolyastiyasi qarshiligini o’lchash “Iste’molchilarning elektr uskunalardan foydalanganda texnik qoidalari va iste’mochilarning elektr uskunalaridan foydalanganda xavfsizlik texnikasi qoidalari”da belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
2.3.5.Barcha elektr uskunalar yong’inga va yonishga olib kelishi mumkin bo’lgan toklarni qisqa tutashuvdan va boshqa nenormal tartiblardan himoya apparatlari bilan himoyalangan bo’lishi zarur. Muhofazalagichlarni eruvchan kirgizmalari tamg’asida nominal tok qirgizmasi qursatilgan holda kalibrlangan bo’lishi lozim.
2.3.6.Yonuvchi materiallar (kog’oz, paxta, len, kauchuk va boshqalar) bor bo’lgan ishlab chiqarish va ombor xonalarda, hamda uskunadagi yonuvchi buyumlardagi elektr chiroqlari yopiq yoki himoyalangan uslubda (shisha qolpoqlar bilan) bo’lishi kerak.
2.3.7.Avariya holatidagi yoritish chiroqlari alohida oziqlanish manbasiga ulangan bo’lishi kerak.
2.3.8.Uchqun chiqishiga, qisqa tutashuvga, kabel va simlarning yonuvchi izolyastiyasini me’yoridan yuqori qizishiga olib kelishi mumkin bo’lgan elektr manba va elektr apparaturalardagi nosozliklar navbatchi xodimlar tomonidan tezda bartaraf etilishi zarur; nosoz elektr manbani yong’inga xavfsiz holatga keltirguncha o’chirib qo’yish lozim.
2.3.9. Elektr uskunalaridan foydalanganda kuyidagilar takiklanadi:
-izolyastiyasi zararlangan, foydalanish jarayonida himoyalovchi elektr izolyastion xususiyatlarini yo’qotgan kabel va simlarni qo’llash;
-olovga chidamli tagliksiz elektr qizitish asboblaridan foydalanish, hamda ularni manbaga ulangan holda nazoratsiz qoldirish;

-xonalarni isitish maqsadi uchun qo’lbola qizdiruvchi elektr pechlarini yoki elektr chiroqlarini qo’llash;


-uchlari izolyastiyalanmagan elektr simlari va kabellarini kuchlanish ostida qoldirish;
-yaroqsiz rozetkalardan, tarmoqlardan va birikish qutilaridan, biriktirgich-ajratgichlardan va boshqa elektr o’rnatish mahsulotlaridan foydalanish;
2.3.10.Ob’ektlardagi va stexlardagi foydalaniladigan va yong’inga qarshi tartibda ishlaydigan shamollatish tizimi uskunalari ishlashida yong’inga qarshi foydalanish tartibi, ishchi yo’riqnomalar bilan belgilangan bo’lishi lozim.
2.3.11.Shamollatish tizimi uskunalarida nazoratni amalga oshiradigan navbatchi xodim, ventilyatorlarni, havo yo’llarini, havo yo’lida olovni saqlab qoluvchi moslamalarni, zaminlash qurilmalarni rejali profilaktik ko’rikdan o’tkazishga va yong’in sodir bo’lishiga yoki tarqalishiga sabab bo’luvchi ish tartibidagi barcha nosozliklar va buzilishlarni bartaraf etish choralarini ko’rishi kerak.
2.3.12.Shamollatish tizimi kameralarida biron xil jihozlarni va materiallarni saqlash qat’iyan man etiladi. Shamollatish tizimi kameralari doimo qulf bo’lishi zarur. Ularga begona shaxslarni kirishi taqiqlanadi.



Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling