Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Asosiy ishlab chiqarish, ombor, yordamchi binolar


Download 53.4 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности

3.Asosiy ishlab chiqarish, ombor, yordamchi binolar
va xonalar uchun yong’in xavfsizligi talablari


3.1.Texnologik jihozlarga talablar

3.1.1.Normal ish tartibida texnologik jihoz yong’inga xavfsiz bo’lishi shart.


3.1.2.Texnologik jihozlarni ishlashi va uni yuklamasi pasportdagi ma’lumotlarga va texnologik reglament talablariga mos kelishi kerak.
3.1.3.Korxonada xizmat ko’rsatayotgan xodimlar qo’llanilayotgan va ishlab chiqarilayotgan (olinayotgan) moddalar va buyumlarni yong’inga xavfli xarakteristikasini (tavsifini) o’rganib chiqish zarur. Yong’in va portlash xavfi bo’yicha parametrlar o’rganib chiqilmagan moddalarni va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo’llash va saqlash taqiqlanadi.
3.1.4.Portlashga-yong’inga xavfli bug’lar, gazlar va changlar ajratuvchi moddalar aylanadigan texnologik jihozlar, apparatlar va quvurlar, qoidaga binoan, germetik bo’lishi lozim.
3.1.5.Nosozliklar bo’lgan jihozlarda, uskunalarda va dastgohlarda yong’inga va yong’inga olib kelishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish operastiyalarini bajarish, hamda berilgan texnologik parametrlarni, harorat, bosim tartibini, yonuvchi gazlar, bug’lar konstentrastiyasi belgilovchi nazorat-o’lchov asboblarini o’chirish taqiqlanadi.
3.1.6.Portlash yoki alanga olish xavfi bo’lgan yong’inga xavfli joylarda va jihozlarda “Sanoat korxonalari uchun xavfsizlik belgilari va signal ranglari” GOST 15548-70 talablariga binoan ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi belgilar osilgan bo’lishi, hamda tez alanga oluvchi va portlovchi moddalar bor bo’lsa, ehtiyot bo’lishi haqida ogohlantiruvchi belgilar bo’lishi kerak. Korxona ma’muriyati ushbu belgilarni ma’nosini bilan barcha ishchilarni tanishtirishlari lozim.
3.2.Laboratoriya

3.2.1.Laboratoriya xodimlari ko’llaniladigan kimyoviy moddalarni va materiallarni yong’inga xavfliligini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralarga rioya qilishlari kerak.


Laboratoriyalarda moddalarni va materiallarni saqlash qat’iy turiga (assortiment) qarab amalga oshirilishi kerak. Kimyoviy o’zaro ta’sir qilishi yong’inga va portlashga olib kelishi mumkin bo’lgan moddalarni birga saqlashga ruxsat etilmaydi.
3.2.2.Laboratoriya mebellari va jihozlari shunday o’rnatilishi kerak-ki ular odamlarni evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) qilishga to’sqinlik kilmasligi kerak. Jihozlar orasidagi o’tish joylarini ruxsat etilgan eng kam kengligi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak.
3.2.3.Yong’inga-portlashga xavfli suyuqliklar va moddalar bilan ishlash uchun belgilangan stollar, stellajlar, mo’rili shkaflarni ishchi yuzasi yonmaydigan qoplamadan bo’lishi lozim.
3.2.4.Laboratoriyada zaharli yoki yong’inga-portlashga xavfli bug’lar va gazlar ajralishi bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar faqat mo’rili shkaflarda amalga oshirilishi zarur. Mo’rili shkaflar soz holatda saqlanishi kerak. Shishalari singan yoki shamollatish tizimi nosoz bo’lgan mo’rili shkaflardan foydalanish taqiqlanadi.
3.2.5.Barcha laboratoriya xonalariga oqimni tortish ventilyastiyasi ish kuni boshlanishidan 5 daqiqa oldin ishga qo’shilishi va ish tugagandan keyin o’chirilishi kerak.
Laboratoriyalarda nosoz shamollatish tizimi bilan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.



Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling