Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Yong’in xavfsizligi asosiy talablari


Download 53.4 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности

2.Yong’in xavfsizligi asosiy talablari


2.1.Hududlarni saqlanishi

2.1.1.Korxona hududi doimo toza saqlanishi lozim va muntazam ravishda ishlab-chiqarish chiqindilaridan, qurigan o’simliklardan tozalanishi zarur.


2.1.2.Barcha bino va inshootlar erkin kirib borish yo’llari bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Binolarga, o’t o’chirish suv manbalariga borish va o’tish yullari, hamda o’t o’chirish asboblari va jihozlariga borish yo’llari hamma vaqt ochiq bo’lishi kerak. Binolar orasidagi yong’inni o’chirishda foydalanish uchun qurilgan yo’llardan materiallarni, jihozlarni, qadoqlash uchun idishlarni saqlaydigan ombor sifatida, avtomashinlar to’xtash joyi sifatida foydalanishga ruxsat etilmaydi.
2.1.3.Yo’lning alohida qismlari va utish joylari ta’mirlash uchun (yoki boshqa sabablarga ko’ra) yopiladigan, bu o’t o’chirish mashinalarini o’tishi uchun to’sqinlik qiladigan holatlar bo’lsa, bu haqda o’t o’chirish bo’limiga darhol xabar berish kerak. Stex yo’llarini ta’mirlash bo’yicha ishlar amalga oshirilayotgan vaqtda kerakli joylarda aylanib o’tish yo’nalishi ko’rsatkichlari o’rnatilgan bo’lishi zarur, yoki ta’mirlanayotgan uchastkadan aylanib o’tish yo’llari bo’lishi kerak. Bunday holatlarda qo’llaniladigan yo’l belgilari 10807 Davlat standartlari talablariga mos kelishi kerak.
2.1.4.Sex ichidagi temir yo’llardan o’tish va aylanib o’tish yo’llari o’t o’chirish avtomobillari o’tish uchun hamma vaqt ochiq bo’lishi va avtomobil relsdan o’tishi uchun yaxlit to’shamalari bo’lishi kerak.
2.1.5.Ishlab chiqarish hududida vaqtinchalik binolar va inshootlar qurilishiga ruxsat etilmaydi.
2.1.6.Korxona, bo’linma hududlarini ko’rinadigan joylarida yong’inga qarshi shitlar va o’t o’chirish bo’limini chaqirish tartibi haqida anshlaglar o’rnatilishi lozim.


2.2.Bino va inshootlarning saqlanishi
2.2.1.Barcha ishlab chiqarish va xizmat binolari, ombor va yordamchi bino va inshootlar o’z vaqtida yig’ishtirilishi va doimo toza saqlanishi kerak.
2.2.2.O’tish joylari, chiqish joylari, koridorlar, tamburlarni har-xil predmetlar va jihozlar bilan to’sib qo’yishga ruxsat etilmaydi. Evakuastiya vaqtida barcha chiqish eshiklari binodan chiqish yo’nalishida erkin ochilishi kerak. Yong’in sodir bo’lgan holatlarda ishlab chiqarish binolarida, xonalarida bo’lgan odmlarni xavfsiz evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) qilish imkoni yaratilgan bo’lishi zarur.
2.2.3.Binolarda va inshootlarda bir qavatda bir vaqtning o’zida 10 ta dan ko’p odam bo’lsa yong’in bo’lganda odamlarni evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) qilish rejasi (chizmasi) ishlab chiqilgan va ko’rinarli joyda osib qo’yilgan, hamda odamlarni yong’in haqida ogohlantirish tizimi (qurilmasi) o’rnatilgan bo’lishi kerak.
2.2.4.Foydalanishda bo’lgan barcha jihoz uychalari (maishiy-vagonchalar, blok-konteynerlar) “Mobil va jihozlar uchun binolar” GOST 22853-86 binoan foydalanish huquqini beruvchi pasportga ega bo’lishi kerak. Jihozlar uchun uychalardan foydalanish Navoiy kon metallurgiya kombinati direkstiyasini, kasaba uyushma qo’mitasini va Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli Yong’in Xavfsizligi Boshqarmasining 20.05.1999 yildagi “Jihozlar uchun uychalarda yong’inlardan ogohlantirish bo’yicha choralar haqida”gi 120-38 sonil qaroriga binoan amalga oshiriladi.
2.2.5.Jihozlar uchun uychalarga, o’t o’chirish mashinalari borishi uchun moslangan borish yo’liga ega bo’lishi va o’t o’chirish jihozlari (GOST 3620-63 bo’yicha 0,5 m3 li qum to’ldirilgan yashik, ququnli o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish uchun chilaklar hokandozsimon belkurak) bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
2.2.6.Er osti xonalarida va tayanch (stokol) qavatlarida, ishlab chiqarish va ma’muriy binolarda portlovchi moddalarni, bosim ostida bo’lgan gaz ballonlarni, elim stelluloidini, polimer va yuqori yong’in xavfga ega bo’lgan materiallarni qo’llash va saqlash taqiqlanadi.
2.2.7.Ishlab chiqarish va xizmat xonalarini ma’muriyatni tasdiqisiz, 2-sonli XO’O’B (Xarbiylashgan O’t O’chirish Bo’limi) yong’in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda, qo’shimcha loyiha ishlab chiqmasdan qayta qurishni amalga oshirish taqiqlanadi.
2.2.8.Sex omborlari uchun tez alanga oluvchi suyuqliklarni, yonuvchi suyuqliklarni, buyoqlarni, laklarni va erituvchilarni maksimal ruxsat etilgan miqdorini bir vaqtining o’zida saqlashning o’rnatilgan me’yori bo’lishi kerak. Ish joylarida faqat smena ehtiyojidan yuqori bo’lmagan miqdorda materiallarni (qo’llashga tayyor holda) saqlash mumkin. Tez alanga oluvchi suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar zich yopilgan bo’lishi kerak.
2.2.9.Quyidagilar taqiqlanadi:
a)evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) yo’llarida ishlab chiqarish jihozlarni, mebelni, shkaflarni, seyflarni va boshqa predmetlarni o’rnatish;
b)benzin, kerosin, boshqa tez alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni qo’llagan holda xonalarni tozalash;
v)isitish uskunalarini ish tugagandan keyin elektr manbaga ulangan holda qoldirish (elektroplitkalar, choynaklar va shunga o’xshashlar);
g)muzlab qolgan har-xil tizimdagi trubalarni va gaz ballonlarni kavsharlagichlarda va ochiq olovni qo’llagan holda har qanday usullarda qizitishni amalga oshirish.
2.2.10.Axlat idishlari, suv solingan idishlar bilan jihozlangan va “Chekish uchun joy” yozuvi bilan jihozlangan maxsus ajratilgan joylarda (o’t o’chirish bo’limi bilan kelishilgan holda) chekishga ruxsat etiladi.
2.2.11. Har bir stex, uchastka, ombor, uskuna, laboratoriya uchun yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnomalar ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.



Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling