Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari
Yong’inga qarshi suv ta’minoti, aloqa vositalari
Download 53.4 Kb.
|
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности
5.Yong’inga qarshi suv ta’minoti, aloqa vositalari
5.1.Uchastkalarda yong’in gidrantlari yoki jo’mraklari o’rnatilgan suv manbalarini vaqtinchalik o’chirish, hamda manbada suvni talabdagidan past bosimga tushirish Davlat yong’in nazorat organlarini bu haqda xabardor qilgandan keyin ruxsat etiladi. 5.2.Yong’in sodir bo’lgan holatda yong’in rezervuarlaridan, suv havzalaridan vodoprovod manbalaridan va gidrantlardan, jo’mraklardan, o’t o’chirish uskunasidan foydalanish uchun, ularni soz holatini va doimo tayyorligini ta’minlovchi doimiy texnik nazorat olib borilishi zarur. 5.3.Nasosli stanstiyalarida ta’mirlash ishlari o’tkazilayotganda yoki ular ishdan chiqqanda, avtomatik o’t o’chirish uskunasi nosoz holatlarda, yong’inga qarshi suv havzidan suv chiqib ketganda bu haqda o’t o’chirish bo’limini xabardor qilish kerak. 5.4.O’t o’chirish suv havzalariga, rezervuarlarga, gidrantlarga va kranlariga kelish va kirish yo’llari doimo ochiq bo’lishi lozim. Yong’in gidranti joylashgan joyda yong’in gidrantning harfli indeksi, ko’rsatgichdan gidrantgacha bo’lgan masofa raqamlarda ko’rsatilgan va quvurning ichki diametri (millimetrda) yozilgan ko’rsatgich bo’lishi kerak. 5.5.O’t o’chirish gidrantlari, gidrant-kolonkalar va o’t o’chirish jo’mraklariga kamida har olti oyda texnik xizmat ko’rsatilishi va suv o’tkazish yo’li orqali ishlashi tekshirib ko’rilishi kerak. 5.6.Barcha xonalardagi ichki yong’inga qarshi vodoprovodini o’t o’chirish jo’mraklari rukavalar (o’t o’chirish shlanglari) va stvollar bilan jihozlanishi, shkaflarga joylashtirilgan bo’lishi, shkaflar tamg’alangan bo’lishi lozim. O’t o’chirish rukavalari (o’t o’chirish shlanglari) quruq, yaxshi o’ralgan, jo’mrak va stvollarga biriktirilgan bo’lishi zarur. O’t o’chirish jo’mragi shkafining eshigiga o’t o’chirish jo’mragining harfli indeksi, o’t o’chirish jo’mragini tartib raqami, yaqin atrofdagi o’t o’chirish bo’limining telefon raqami yozilgan bo’lishi kerak. 5.7.Ishlab chiqarish, ma’muriy, ombor va yordamchi binolar, xonalar o’t o’chirish vositalari va yong’in sodir bo’lgan holatlarda o’t o’chirish bo’limini tezda chaqirish uchun aloqa vositalari (yong’in signalizastiyasi, telefonlar) bilan ta’minlangan bo’lishi shart. 5.8.O’t o’chirgichlar pol sathidan o’t o’chirgichning pastki chekkasigacha 1,5 m balandlikda va eshigni ochganda uning chekkasidan 1,2 m dan kam bo’lmagan masofada joylashtirilishi lozim. O’t o’chirgichni o’rnatganda uni korpusidagi instruktiv (ko’llash bo’yicha) yozuvi ko’rinib turishi kerak. Download 53.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling