Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Savol va topshiriqlar:
1. Lutfiy ijodiga Alisher Navoiyning munosabati qanday bo’lganligini 
so’zlab bering? 
2. Shoir devonining qo’lyozma nusxalari va nashri bo’yicha ma’lumot 
bering. 
3. Lutfiy g`azallari qanday leksik tarkib hamda semantik xususiyatlarga 
ega? 


4. Adib g`azallarining lingvopoetikasi bo’yicha nimalarni bilasiz? 
5. Lutfiyning o’zbek adabiy tili rivojidagi o’rnini tushuntirib bering. 
ALISHER NAVOIY ASARLARI TILIDA LEKSIK VA GRAMMATIK 
ME’YORLAR
 
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r:
1. Alisher Navoiyning turkiy tillar madaniy merosiga munosabati. 
2. Alisher Navoiy asarlari tilining lug`aviy tarkibi va undagi so’zlarning 
mavzuiy guruhlari. 
3. Shoir asarlarida forsiy va arabiy o’zlashma so’zlar va ularning shoir 
badiiy uslubiga ta’siri. 
4. Alisher Navoiy asarlari tili va uslubi, uning davr adabiy muhitiga 
ta’siri. 
5. 
Adibning 
o’zbek 
adabiy 
tilini 
leksik-grammatik 
jihatdan 
me’yorlarlashtirish borasidagi xizmatlari. 
 
Jahon ma’naviyatining buyuk siymosi, o’zbek xalqining ulug` mutafakkiri
atoqli shoiri va ulkan tilshunosi Alisher Navoiy o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan 
o’rinli, samarali va juda keng foydalangan adiblardan biridir. O’zbek adabiy tili 
leksikasi va grammatik qurilishini ma’lum bir me’yorga kelishida uning 
xizmatlari beqiyosdir. Adib asarlari orqali eski o’zbek adabiy tili o’zining eng 
yuqori pog`onasiga ko’tarildi.


Ayonki, har qanday tilning fonetik-grammatik va leksik tizimi har bir 
davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy holatiga ko’ra ixtiyoriy hamda 
g`ayri ixtiyoriy o’zgarishga uchraydi. Alisher Navoiy yashagan va ijod etgan 
davrda ham o’zbek adabiy tilida oldingi davr adabiy tilidan ma’lum sifat, 
mazmun hamda miqdor jihatdan farq qiluvchi adabiy til amalda bo’ldi. 
Qadimgi turkiy til va eski turkiy adabiy tilda mavjud bo’lgan, faol 
qo’llangan lug`aviy birliklar, xususan, tub turkiy so’zlarning katta qismini 
Alisher Navoiy o’z asarlari tilida ishlatgan. Adib bunday so’zlarni qo’llashda, 
ularning jonli so’zlashuv tilida mavjudligi, el (xalq) orsida keng iste’moldaligi, 
kundalik turmush uchun faol leksik birlik ekanligi, umumxalq uchun 
tushunarligi, kundalik turmush uchun faol leksik birlik ekanligi, tilda barqaror 
va turg`unligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratgan. 
Alisher Navoiy turkiy tillar madaniy merosi va boyligidan o’rinli va 
mahorat bilan foydalangan. U adabiy tilning leksik me’yorlarini belgilashda 
hayotning turli sohalariga tegishli bir qancha umumturkiy so’zlarni o’z asarlariga 
singdirdi. Bunday so’zlarning ayrimlarini quyidagi mavzuiy guruhlar bo’yicha 
havola etish mumkin: 
1. Qon-qarindoshlik va yaqinlik tushunchasini anglatuvchi so’zlar: ota, 
ona, dada, qiz, opa, singil, ini, uka, aka‚ bola, o’g`il‚ qaynota, kelinchak‚ bobo‚ 
tog`a//tag`o, kelin, er, dada, qudo (quda), xotun//xotin, o’rtoq‚ og`o (og`a)‚ 
orqadosh‚ yo’ldosh, o’rtog`//o’rtoq, qardosh kabi. 
2. Inson va hayvon tanasi a’zolarining nomi: bosh, ko’z, oyoq, yurak, 
og`iz, barmoq, soch, bag`ir//ko’ks, ilik//qo’l, qad (bo’y), qosh, qon, kiprik kabi. 
3. Geografik joylar va aholi yashash manzillarining nomi: yurt, qishloq, 
tog`, tengiz (dengiz), ochun, (dunyo, olam), buloq, o’rmon, cho’l, yo’l kabi.


4. Kishi yoshini ifodalovchi so’zlar: yigit, qari//qariya, yosh, bola‚ 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling