Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

yay, vov, pe, nun, mim, lom, kof, qof, g`ayn, to, sod, sin, ze, re, jim, te, be
[AZ,9]. 
Muallif o’ziga qadar yaratilgan juda ko’p lug`atlarni, ularning mazmuni va 
tuzilishini o’rganganligini alohida ta’kidlab, turkiy tillarning grammatikasi va 
leksikasiga doir qimmatli asarlar yozgan Abu Hayyon (1256-1334) asarlarining 
biridan quyidagi iqtibosni keltirib o’tadi: “Har bir tilni bilish, uch narsani 
o’zlashtirish bilan hosil qilinadi. Birinchisi: har bir so’z ma’nosini aniqlab 
bilish. Bu qism “lug`atshunoslik” deb ataladi. Ikkinchisi: so’zlarning ayrim-
ayrim holdagi xususiyatlarini o’rganish. Bu qism “ilmi sarf” deb yuritiladi. 
Uchinchisi: so’zlarning bir-biriga bog`lanishiga doir xususiyatlarini o’rganish. 
Bu qism arabcha “ilmi nahv” deyiladi” [AZ, 9-10]. 
Anglashiladiki, “Attuhfa” asarining muallifi, birinchidan, Abu 
Hayyonning tilshunoslikka doir asarlaridan xabardor bo’lgan, ularni qunt va 
sinchkovlik bilan o’qigan, ikkinchidan, uning tilshunoslik borasidagi ilmiy-
nazariy qarashlarini e’tirof etib, ularni to’g`ri deb bilgan, lug`atni yaratishda 
uning g`oya va tajribalarini asos sifatida qabul qilgan. 
“Attuhfa” asarida arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo 
xususiyatlari to’g`risida aniq ma’lumot berilgan. Muallif yozadi: “Bilgilki, turk 
tilida shakl yo’q. Shakl yo’qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo 
bo’lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va 
hurufni yozishda maxsus shakl qo’llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha 
o’rnida “alif”, kasra o’rnida “yay”, zamma o’rnida “vav” qo’llay boshladilar” 
[AZ,10].
Mazkur fikrdan anglashiladiki, turkiy til yozuvida unlilarni ifodalashga 
xizmat etadigan arab tilidagi fatha, kasra va zamma haraktlari yo’q. Bu o’z 
navbatida yozuvda qator aniqsizlik va xatoliklarni keltirib chiqaradi. Ana shu 


aniqsizlikdan qutulish uchun turkiy so’zlarni yozishda unlilarni harflarda to’liq 
berish qoidasi joriy etilgan. 
Lug`at bo’limida avval arabcha so’zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi 
berilgan. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so’zning arab tilidagi shakli 
inobatga olingan. Ayrim so’zlar tarjimasida arabcha so’zlar emas, balki forscha 
so’zlar keltirilib, keyin uning turkiy tarjimasi berilgan o’rinlar ham mavjud. 
Asarning lug`at qismida dastlab hamzalik so’zlar berilgan. Keyin hamzali 
so’zlarga 
tegishli 
qolgan 
bo’limlar 
mavzuiy 
guruhlarga 
ko’ra 
turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog`liq narsalar, 
yeyiladiganlar, tomonlar, o’tgan zamon fe’llari singari. 
So’ng arab alifbosidagi harflarning joylashish o’rniga ko’ra so’zlar 
izohlangan. Masalan, hamzalik so’zlardan keyin be, undan keyin pe, undan 
keyin esa te harfli so’zlar keltirilgan. Lug`atda dastlab har bir harf bilan 
boshlanuvchi otlar, undan keyin esa fe’llar izohlangan. Harflarni tartib bo’yicha 
belgilashda arabcha va forscha-tojikcha so’zlar e’tiborga olingan. Masalan, se 
harfli so’zlar izohida sano, sub kabi so’zlar keltirilib, ularning muqobili sifatida 
turkiy alqish, tun so’zlari izohlangan. Asarning tuzilishi bo’yicha umumiy 
tasavvurga ega bo’lish uchun ت — t harfli otlardan olingan ayrim misollarni 
quyida keltirib o’tamiz:
ت — t harfli otlar 
Arabchasi 
Turkiysi 
Hozirgi ma’nosi 
سئلت
لاو وش (shuval) 
qop 
تحت
قاجباط (tapchaq)
beshik 
رجات
قىطراط (tartiq) 
sovg`a 
سلت
اكات (täkä ) 
echki 
هكت 
كسرلائا (elärsig)
to’n bog`ichi 


Ayrim turkiy so’zlar tarjimasiz berilgan. Bunga misol sifatida itlaqaz 
(qush) [AZ,15], sülük (zuluk) [AZ,56], chumuq (chumchuq) [AZ,56], doqmaq 
(to’qmoq) [AZ,65], pïchaq (pichoq) [AZ,56] kabilarni aytib o’tish mumkin. 
Lug`atda qipchoq tillari va lahjalariga xos muhim dialektal xususiyatlar ham 
o’z ifodasini topgan. Ma’lumki, mazkur tillar va lahjalardagi ayrim so’zlar 
oxirida q va k tovushi tushib qolish hodisasi mavjud. Bu hodisani lug`atdagi 
s
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling