Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

kidim//kiyim kabi. Asarning ayrim morfologik xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: 


1) asar tilida vosita kelishigi affiksi -n (-in, -ïn, -un) oz uchraydi, u ancha 
arxaiklashgan. Misol: 
Asal tatrub eligin tamag` tatir tib. 
(Mazmuni: qo’li bilan asal yedirib, taom berib.) 
2) asar tilida olmoshlardan san//sen, man, shul, ul, kändu, o’z, nägu, 
neluk, qamug` kabilar qo’llangan. Misol: 
Qamug` til axi er sanosin ayur, 
Axilliq qamug` er kirini yuyur. 
(Izohi: hammaning tilida saxiyning maqtovi takror, saxovat kishining 
barcha aybini yuvadi.) 
3) asar tilida -siz va -lik//-lïq //-luk qo’shimchalari asosida yasalgan 
so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bundan shuni anglash mumkinki, shoir 
yashagan davrda mazkur qo’shimchalarning so’z yasash imkoniyati juda keng 
bo’lgan. Ularga doir biliksiz, bahosiz, yiliksiz, hisobsiz, tovarsiz, biliklik, 
baholiq, umrliq, asig`liq, xiradliq (aqllilik), axilliq, harisliq (hirsli, ochko’zlik), 
baxilliq, vafoliq, ko’nilik (to’g`rilik), ezguluk (ezgulik) kabi so’zlarni aytish 
mumkin. Misol: 
Baxilliqni qoni ökär til qayu, 
Axilliqni ham xos turuhaq ökär. 
(Tavsifi: baxilni maqtovchi til topilmagay, saxiyning madhini barcha 
eshitur.) Baytdagi izohtalab so’zlar quyidagilar: o’kar til – maqtaydigan til, xos 
– maxsus odamlar, katta odamlar, turuhaq – umumxalq. 
Asar tilida (d)z li  dialekt xususiyati saqlangan. Ayrim o’rinlarda li dialekt 
xususiyatini ham kuzatish mumkin: qazg`u – qayg`u, kizim – kiyim, kezin – keyin 
kabi.


Asarda tushum kelishigi affiksining -ug`, -üg varianti arxaik shakl sifatida 
ancha siyrak uchraydi, asosan, -im, -ni shakllari qo’llanilgan: yüzüg yüzni, 
qamug`ug` – qamug`ni (eshikni) kabi. 
Jo’nalish kelishigining -gä, -g`a, -kä, -qa affiksli shakllar ishlatilgan: 
baxilg`aalikkä (qo’lga) kabi. 
Asarda umumturkiy so’zlar asosiy leksik qatlam sifatida namoyon 
bo’lgan. Bunday so’zlar jumlasiga kuz, so’z, yo’l, ko’rk, til, bosh, tish, kishi, bir, 
og`iz, asal, kun, ko’ngul, to’n, tun, yoz, tuproq kabilarni aytib o’tish mumkin. 
Ular hozirgi o’zbek adabiy tilida faol qo’llaniladi. 
Asar tilida o’zlashma qatlamga oid so’zlar ham anchagina uchraydi. Ular 
orasida arabiy va forsiy o’zlashma so’zlar sezilarli miqdorni tashkil etadi. 
Forsiy o’zlashma so’zlarga do’st, dil, oshkoro (oshkora), ro’z (kun), dushman, 
zahar kabilarni misol tarzida aytish mumkin.
Asar tilidagi o’zlashma so’zlar tarkibida arabiy o’zlashmalar nisbatan 
ko’pchilikni tashkil etadi. Arab tiliga tegishli bunday so’zlar jumlasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: saodat, dinor (tilla pul; oltin, tilla), aql, nasihat, 
johil, adab, ajam (arab xalqidan boshqa hamma halqlar), arab, hisob, umr, 
masal, xaloyiq, murod, mol, harom, haris, sahv (kamchilik, xato), hunar, 
suhbat, amonat (omonat), kitob, baxil va boshqalar. 
Asar tilida juda ko’plab eskirgan, hozirgi o’zbek adabiy tilida iste’moldan 
chiqqan, izohtalab so’zlar uchraydi. Ular jumlasiga ayurman (ayturman), eran 
(er kishi), qoli (holi), alik (ilik, qo’l), asig`liq (foydali), o’ngin (boshqa), 
o’sanma (g`ofil bo’lma), tatiqsiz (lazzatsiz), o’kunch (pushaymon), adin 
(boshqa), o’gdi (maqtadi), o’kush (ko’p), yag`i (dushman), ko’ni (to’g`ri), basal 
(piyoz, achchiq), ik (kasallik), ush (bu), kali (agar), qiz (qadrli, qimmatli), ujuz 
(arzon) kabilarni aytib o’tish mumkin. 


Asarda oz bo’lsa ham badiiy vositalar, xalq maqollari uchraydi. Ahmad 
Yugnakiy o’xshatish va tazod kabi badiiy san’atlardan muayyan darajada 
foydalanilgan. Shoir ayrim o’xshatishlar orqali ilm va ilmli kishilarni 
ulug`laydi. Ilmsiz kishini yemishsiz mevaga, bilimsiz insonni iliksiz suyakka, u 
tirik bo’lsa ham o’lik kimsaga o’xshatadi. Misol: 
Biliksiz – yiliksiz söngaktak qoli, 
Biliksiz söngakka sunulmas älik. 
(Mazmuni: ilmsiz — iliksiz so’ngak kabi bo’sh, iliksiz so’ngakka kim 
qo’l urar, xo’sh). Shoir to’g`ri so’zni asalga, achchiq so’zni esa basal, ya’ni 
piyoz, sarimsoqqa o’xshatgan: 
Köni söz asaltek, bu yalg`an basal, 
Basal yeb achitma ag`izni asal. 
(Izohi: to’g`ri so’z asaldur, sen asal yegil, yolg`on so’z aytmayman, 
sarimsoq, degil). Ma’lumki, asalda shirinlik, piyozda esa achchiqlik belgisi 
mavjud. Mazkur baytda, to’g`ri (shirin) so’z bilan yolg`on (achchiq) so’z, asal 
so’zi bilan esa piyoz so’zi zidlantirilib, tazod badiiy san’ati voqelantirilgan. 
Shoirning quyidagi baytida yolg`on va ko’ni (to’g`ri), ik (kasallik) va shifo 
so’zlari zidlantirilib, tazod badiiy san’ati yuzaga keltirilgan: 
Yo yalg`an söz iktäk, köni söz shifa, 
Bu bir söz azag`ï urilmish masal. 
(Mazmuni: yolg`on so’z kasallik, tashvish keltiradi, to’g`ri so’z esa 
shifodur, dardingni ketdiradi). Baytning aniq mazmuni shundayki, o’zog`i, ya’ni 
ilgarigi (qadimgi) maqollarda aytilganidek, yolg`on so’z iktak, ya’ni kasallik 
kabidir, kishiga tashvish, g`am keltiradi, ko’ni (to’g`ri) so’z esa shifo kabidir, 
kishiga salomatlik olib keladi.
Vafo köli sug`ilub quvrub yollari, 


Jafo toldi, toshti tengiztin odiz. 
(Tavsifi: vafo ko’li qaqrab, yo’li quridi, jafolar mo’l bo’ldi, misoli 
dengiz). Shoir ushbu bayti orqali aytmoqchiki, vafo ko’li suvlarining yo’li 
buzildi, ko’l qurib, qaqradi, jafo dengizidan esa suv toshib, butun adir, 
balandliklarni egalladi. Sadoqatli, ahd-paymonini muqaddas tutadiganlar 
kamaydi, jafo (zulm) qiluvchilar dengiz suvi kabi hamma yoqni egalladi. Shoir 
arabiy vafo va jafo so’zlarini matnda zidlantirib, tazod badiiy san’atini yaratgan. 
Shoirning quyidagi baytida yaxshi so’z qimmatli atlasga tashbih etilgan: 
Navodir sozug az bolur azl öküsh, 
Juz atlas bolur qïz ujuzi bözük. 
(Izohi: kamyob, qimmatli atlas kabi yaxshi so’z oz, hazil so’z esa ko’p 
bo’ladi). Asarda juda ko’p xalq maqollari keltirilgan. Ularning ayrimlarini 
quyida keltirib o’tamiz: 
Biliklik biringa biliksiz mingil, 
Tengakli tengadi bilikning tengin. 
(Bir bilimli bilimsizning mingiga teng, Ming bilimsiz bilimliga bo’lolmas 
teng). Shoir mazkur maqol orqali aytmoqchi bo’lgan fikr shundayki, bir bilimli 
kishi mingta bilimsiz kishiga barobar keladi, shu uchun ilmli kishilar ilm-
ma’rifatning qadriga etadi). 
Ming er dostung ersa öküsh kömägil,
Bir er dushman ersa ana azlama. 
(Mingta do’sting bo’lsa, ularni aslo ko’p ko’rma, Bitta dushmaning 
bo’lsa, uni oz, dema). Asar tilida esh-do’st, yag`i-dushman, ko’ngil-dil, pand-
nasihat, tovar-mol, bitig-kitob, ochun-olam kabi sinonimlar qo’llangan. Misol: 
Biliklik sözi pand, nasihat, adab, 


Biliklikni ögdi ajam ham arab. 
(Bilimli kishining so’zi pand, nasihatdan iborat bo’lganligi uchun uni 
hamma olqishlaydi, maqtaydi). 
Ahmad Yugnakiy asarida turli badiiy vositalar, xalq maqollari ko’p 
uchraydi. U o’xshatish, takrir, tazod kabi san’atlardan keng foydalanilgan. 
Uning mazkur bebaho asari bir necha asrlardan beri kishilar qalbiga ezgulik 
tuyg`ularini singdirib kelmoqda. Alisher Navoiy o’z davrida bu asarning katta 
ahamiyatga egaligini anglab, adib va uning asari haqida shunday yozadi: «Xeyli 
elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusinda hikmat va nuqtalari shoedur. 
(Ko’pgina el unga iqtido qiladilar, ya’ni ergashadilar. Uning hikmatli satrlari va 
nozik ishoralari aksariyat turkiy xalqlar orasida tarqalgandir). Ahmad Yugnakiy 
turkiy elatlar madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda katta xizmat qildi. Undan 
keyin yashagan adiblarning ijodiga uning ijobiy ma’nodagi ta’siri beqiyos 
bo’ldi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling