Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHMAD YUGNAKIY “HIBATUL-HAQOYIQ”ASARINING TILI VA USLUBI
Savol va topshiriqlar:
1. Mahmud Koshg`ariy va uning “Devoni lug`otit turk” asari xususida ma’lumot bering. 2. Mahmud Koshg`ariyning turkiy dialektlar haqidagi qarashlarini sharhlang. 3. Mahmud Koshg`ariyga tegishli turkiy tillar tasnifining ahamiyati nimlardan iborat? 4. “Devoni lug`otit turk” asarining tuzilishi, unda so’zlarning berilish prinsiplarini izohlang. 5. “Devonu lug`otit turk” asarida qaysi etnonimlar keltirilgan? 6. “Devoni lug`otit turk” asarining ilmiy-tarixiy ahamiyatini so’zlab bering. AHMAD YUGNAKIY “HIBATUL-HAQOYIQ”ASARINING TILI VA USLUBI E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r: 1.Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari xususida. 2.“Hibatul-haqoyiq” asarining ilmiy o’rganilishi. 3.“Hibatul-haqoyiq” asarining til xususiyatlari. 4.“Hibatul-haqoyiq” asarining ayrim lug`aviy-badiiy xususiyatlari. Shoir, mutafakkir Ahmad Yugnakiy taxminan XII asrning oxirlarida Samarqand atrofidagi Yugnak qishlog`ida tug`ilgan. Uning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar juda oz. Undan yagona asar – «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi» yoki «Sevimli haqiqatlar») asari bizgacha yetib kelgan bo’lib, unda shoir haqida ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Asar oxirida shoirning ismi Adib Ahmad ekanligi aytiladi. Shuningdek asarda temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undan ma’lum bo’lishicha, Adib Ahmad Yugnak degan so’lim va bahavo joyda tug`ilgan, otasining ism Mahmud Yugnakiy bo’lgan, asari adabdan iborat, uning nomi «Hibatul-haqoyiq» bo’lib, “koshg`ariy til”da she’riy yo’l bilan yozilgan. Arslonxoja Tarxonning bu she’riy ilovasi keyingi asrlarda qo’shilgan bo’lib, til xususiyatlariga ko’ra Adib Ahmad asaridan farq qiladi. Arslonxoja Tarxon Ahmad Yugnakiy asarini «qashqariy til bila» yozilgan deydi, ammo muallifning o’zi asarini turkiy tilda yozganligini ta’kidlaydi: «Annin ush chiqartim bu turkcha kitab, Kerak qil tayyib e do’st kerak qil itob». (Istagil qadrla, ista ta’na qil, Shu turkcha kitobni Senga bitdim, bil.) Anglashiladiki, Ahmad Yugnakiy yashagan davrdagi til “turkcha til” nomi bilan atalgan bo’lsa, Ulug`bek davridagi til esa “koshg`ariy tili” nomi bilan yuritilgan. Ahmad Yugnakiy nomiga “Adib” so’zi qo’shib aytilishi ma’lum sababga ega. U o’zini shoir emas, balki “adab ilmi namoyandasi” deb biladi. Uning dostoni turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan. Ahmad Yugnakiy bu xususda quyidagilarni yozadi: Adib Ahmad atim adab pand sözüm, Sözüm munda qalur barur bu özüm. (Otim Adib Ahmad, so’zim pand-nasihat, so’zim bu dunyoda qolib, o’zim u dunyoga ketaman). Alisher Navoiy «Nasoyimul-muhabbat» tazkirasida Ahmad Yugnakiyni O’rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo’yib, uning onadan ko’zi ojiz tug`ilganligini, ammo ko’ngil ko’zi bag`oyat yorug` bo’lganligini yozadi: “Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yarattandur, ammo ko’ngil ko’zin bag`oyat yoruq qilg`ondur”. Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning o’g`li Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida «Hibatul-haqoyiq»dan parchalar keltiradi. Bundan anglashiladiki, Alisher Navoiy uchun mazkur asar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ahmad Yugnakiyning tug`ilgan joyi masalasida turlicha qarashlar mavjud. Sababi shuki, Yugnak nomidagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Farg`ona vodiysi va Sirdaryo bo’ylarida mavjud bo’lgan. Shunday bo’lsa ham, ko’pchilik uni Samarqand atrofida deb hisoblaydi. Bunga dalil sifatida XII asrda yashagan muarrix Abulkarim as Sam’oniyning «Al Ansob» («Nasabnoma») kitobidagi quyidagi fikrni keltirib o’tishadi: «Bu nisba (taxallus) «Yug`anak»dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yug`anakiy mashhurdirlar». Shoir «Hibatul-haqoyiq» asarini yozib tugatgandan so’ng uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Bu asarning bugungacha beshta qo’lyozma nusxasi – uchta to’liq qo’lyozmasi va ikkita asarning ayrim parchalaridan iborat nusxasi saqlanib qolgan. Ulardan eng qadimgisi 1444-yilda Samarqandda Ulug`bekning nufuzli amirlaridan Arslonxoja Tarxon topshirig`iga ko’ra, Zaynulobidin baxshi tomonidan uyg`ur yozuvida ko’chirilgan. Matn orasidagi oyat, hadis va ayrim baytlar arab yozuvida bitilgan. Asar nomi mazkur nusxada «Atabat ul-haqoyiq» («Haqiqat eshiklari») deb ko’rsatilgan. Keyingi nusxa uyg`ur va arab yozuvlarida bo’lib, 1480-yilda Turkistondan Istanbulga borib qolgan iste’dodli kotib Shayxzoda Abdurazzoq baxshi tomonidan ko’chirilgan. Uchinchi qo’lyozma esa arab xatida bo’lib, unga Turkiya sultoni Boyazid II (1481-1512)ning muhri bosilgan. Mazkur qo’lyozma noma’lum kotib tomonidan ko’chirilgan bo’lib, u Turkiyaning To’pqopi kutubxonasidan topilgan. Bu nusxa XV asr oxiri XVI asrning boshida ko’chirilgan. Asarni turk olimi Najib Osimbek bir necha marta (1906, 1916, 1925- yillarda) nashr ettirgan. Dostonning ilmiy-tanqidiy matnlari 1951-yilda turkiyalik olim Rashid Rahmat Arat, 1971-yilda o’zbek olimi Qozoqboy Mahmudov tomonidan turli qo’lyozmalarni chog`ishtirish asosida tayyorlangan va chop etilgan. O’zbekistonda Fitrat, Oybek, Porso Shamsiev, Solih Mutallibovlar tomonidan «Hibat ul-haqoyiq» asari o’rganilgan va undan ayrim parchalar e’lon qilingan. Asarni 1968 va 1971-yillarda Qozoqboy Mahmudov alohida kitob holida nashr ettirgan va u bo’yicha ayrim tadqiqiy ishlarni amalga oshirgan 1 . Fitrat 1928-yilda “Maorif va o’qitg`uchi” jurnalida “Hibat ul-haqoyiq” maqolasini nashr ettirdi. Unda 1916-yilda turk olimi Najib Osimbey tomonidan 1 Аҳмад Югнакий. Ҳибатул-ҳақойиқ. (Нашрга Қ.Маҳмудов тайёрлаган). -Т.: 1968, 1971; Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакийнинг «Ҳибат ул-ҳақойиқ» асари ҳақида. – Тошкент: Фан, 1972. chop etilgan asarning bu nashrida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni ko’rsatib beradi. Mazkur asar xususida ayrim fikrlarini bildirib o’tadi. U yozadi: “Hibat ul-haqoyiq”ning vazni aruzdagi “mutaqoribi musammani maqsur” (faulun, faulun, faulun, faul) bo’lub, “Shohnoma” va “Qutadg`u bilig” bilan bir vazndadir. Bu asar san’at e’tibori bilan “Qutadg`u bilig”dan tubandir. Tashbehlar ibtidoyi, ohangi yoqimsizdir.” Fitrat asarni til tarixi nuqtai nazardangina ahamiyatli ekanligini ta’kidlaydi. Asar ba’zi manbalarda 235 bayt, ayrim manbalarda esa 254 bayt deb ko’rsatiladi. Dostonning umumiy hajmi ba’zi manbalarda 484 misra, ayrim manbalarda esa 512 misra deb qayd etilgan. «Hibatul-haqoyiq» o’n to’rt bobdan iborat. Buni Ahmad Yugnakiy asarida aytib o’tadi: Tug`a körmas erdi adibning közi, Tuzattim bu on tort bob ichra sözi. Dostonning birinchi bobi Allohga hamd bilan boshlangan. Ikkinchi bob Muhammad (sav) na’ti va choryorlar ta’rifiga, uchinchi bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bag`ishlangan. To’rtinchi bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Beshinchi bob ma’rifatning foydasi va jaholatning zarari, oltinchi bob til odobi, yettinchi bob dunyoning o’tkinchiligi, sakkizinchi bob saxiylik va baxillik, to’qqizinchi va o’ninchi boblar esa turli masalalarga bag`ishlangan. Asar mazmuniga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U islom dini doirasidagi ahloqni tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. Asarning o’ziga xos fonetik xususiyatlari mavjud. Asar tilida d(z) va y li fonetik hodisani muvoziy tarzda qo’llanganini kuzatish mumkin: kedin//keyin, Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling