Yordamchi so’z turkumlari Ko‘makchilar


Download 122.08 Kb.
bet2/3
Sana16.11.2021
Hajmi122.08 Kb.
#174851
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot-15.

Funktsional ko’makchilar. Funktsional ko’makchilar barcha so’z turkumlaridan emas, balki ot, fe’l va ravish so’z turkumlari orqali ifodalanadi. Bu so’z turkumlaridan bo’lgan ko’makchilarning miqdori bir emas. Ot so’z turkumiga nisbatan ravish so’z turkumida kamroq, ravishga nisbatan fe’lda kamroq uchraydi. Shunga ko’ra funktsional ko’makchilarni uch gruppaga bo’lish mumkin. Bular: 1. Ot ko’makchilar. 2. Ravish ko’makchilar. 3. Fe’l ko’makchilar.

Qadimgi turkiy tilda үzə ko’makchisi hozirgi turkiy tillardagi ust, pastda kabi ko’makchilar funktsiyasida qo’llangan. Үzə ko’makchisi ot ko’makchilari kabi ish-harakatning predmetning ustki va pastki qismida bo’lganligini yoki yo’nalish tomonini bildiradi, masalan: Burqanlar үzə өgitmish. Tardush bodun үzə shad ərtim. Toquz og’uz bodun үzə qag’an olurti (To’n).

Ravish ko’makchilar. Qadimgi turkiy tilda tashqaru, tapa, otru, ichrə, səyү, yog’aru, kisrә, bərү, qodı kabi ravish ko’makchilar qo’llangan.

Ravish ko’makchilarning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, ayrim ravishlar ham ravish funktsiyasida qo’llanadi. Bundan tashqari, ayrim ravishlar kelishik affikslarini olib ko’makchi vazifasini bajarishga siljib qolgan. Ravish ko’makchilarning o’ziga xos xarakterli xususiyati yana shundaki, ba’zilari bir-birining sinonimii sifatida qo’llangan. Jumladan, tapa so’zining sinonimii sifatida qodı, ilgərү, inərү, sayu so’zlari ham qo’llangan. Lekin ilgərү so’zi kun botar tomon ma’nosida ham ishlatilgan.

L.Johanson. From the intimate life of Turkic sonorant consonants/Turkic languages – 17. Seite(n) (176 - 181)




Download 122.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling