Yordamchi so’z turkumlari Ko‘makchilar


Download 122.08 Kb.
bet3/3
Sana16.11.2021
Hajmi122.08 Kb.
#174851
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot-15.

Tapa ko’makchisi. Hozirgi turkiy tillardagi tomon so’ziga to’g’ri keladi. Bu so’z biror tomonga yo’nalganlikni ifodalaydi. Ba’zan qarashlilik va maqsad ma’nolarda ham qo’llanadi. Masalan: Og’uz bodun tapa. Og’uz tapa sүlәdim (Bx)

Qodı ko’makchisi. Bu so’z hozirgi turkiy tillardagi quyi, pastki so’zlarini ifodalaydi, ish-harakat, predmetning yo’nalganlik ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Ol sub qodı bardımız. Tog’an qush təŋridir qodı qılmısh (Kt).

Təgi ko’makchisi. Bu so’z hozirgi turkiy tillardagi –gacha qo’shimchasiga to’g’ri keladi va chegara ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Tətүr qapıg’ təgi sүlədim. Tүmən kүnkə təgi (To’n).

Yүgərү ko’makchisi.

Ushbu fikrning tasdig’ini To’nyuquq bitiktoshidan keltirilgan misolda ko’rishimiz mumkin. Masalan: (28) sү əŋəgin achdımız, qanı sүsi tərilmish, sүngүshdүmүz, sanchdımız, qanın өlүrtimiz, qag’anqa Qırqız bodunı ichikdi, yүkүnti, yantımız. Kөgmən yıshıg’ əbiru kəltimiz. YA’ni: Lashkarning engag (jag’) ini ochdik. Xoni, lashkari yig’ildi (saflandi). Jang qildik, sanchdik. Xonini o’ldirdik. Xoqonga Qirg’iz xalqi taslim bo’ldi, ta’zim qildi. Qaytdik. Ko’gman yishini aylanib keldik.

Shuningdek, G’. Abdurahmonov yozadi «XI asrdan keyingi yozma yodgorliklarda bu tipdagi bog’lovchisiz qo’shma gaplarning qismlari orasidagi semantik munosabatlarning ifodalanishi konkret vositalar…, jumladan, aning uchun leksik elementi yordamida bog’lana boshlaydi. Tāvus malāikә ter erdilar, anıŋ үchүn Jabrāilniŋ qanatı kөrklүk erdi. Ko’rinadiki, hozirgi o’zbek tilidagi shuning uchun bog’lovchisi bajargan vazifani aning uchun leksik elementi bajargan. Turkiy qolipdagi ergash gaplarning ayrim turlarida predikativlik to’la aks etgan.

Agar VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalarda yəmə qo’llanilgan bo’lsa, XI-XIV asrlarda yaratilgan yozma obidalar tilida esa yuqoridagilar bilan bir qatorda ham, ya, yə, inizu, yaqa, əgər, kim, chun, qı, ki, naŋ, tub, qalı kabilar ishlatilgan.



Uyga vazifa:

“To‘nyuquq bitiktoshi” dan ham, ya, yə, inizu, yaqa, əgər, kim, chun, qı, ki, naŋ, tub, qalı kabi bog’lovchilar; birlə, uchun, ıya, үzə, səri, sayı kabi ko’makchilar bilan bog’langan qo‘shma gaplarga misollar toping va gaplarning o‘zbekcha tarjimasini keltiring.



 
Download 122.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling