Yoritish tizimida energiyani tejashning asosiy chora tadbirlari
Download 209.78 Kb.
|
Presentation1 ENERGIYA
4. Masofaviy boshqarish ko‘zda tutilgan elektr asboblarni (televizor, radio, telefon) nafaqat kechasi, balki boshqa foydalanilmayotgan davrda ham (uydan chiqib ketish, tanaffus va h.k) o‘chirib qo‘yish kerak, chunki ular elektr tarmoqqa ulanib turgan paytda elektr energiya iste’mol qiladi; 5. Kir yuvish mashinasini iloji boricha kichik haroratga sozlab to‘la yuklamada ishlatish. Shuni esda tutish kerakki, 90° S haroratda kir yuvish 40° S haroratdagiga qaraganda 3 marta ko‘p energiyani talab qiladi. Chunki kir yuvish vositasi 40° S haroratda tezda eriydi va kirga faol ta’sir qiladi;kirga faol ta’sir qiladi; 6. Sovutgich va muzlatgichlar xonadagi eng ko‘p energiya sarf qiladigan iste’molchidir. Uylarda ishlatilayotgan energiyaning taxminan 40% ularning ulushiga to ‘g ‘ri keladi. Quyidagi oddiy prinsiplarga rioya qilib elektr sarfini 25% gacha pasaytirish mumkin: 166 - vaqti-vaqti bilan muzlatgich kamerasida 5-10 mm qalinlikdagi muz hosil bo‘lmasligi uchun muzlatgichni muzdan tushirib turish; - bu asboblarni isitgich elementlaridan ancha uzoqda va quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan joyda joylashtirish; - muzlatgich atrofida 1-2 sm dan kam bo‘lmagan ochiq joy qoldirish; - sovutgich va muzlatgichga faqat sovugan oziq-ovqatlarni qo‘yish; - muzlatgich eshigining zich yopilishi; - muzlatgich eshigini iloji boricha kam vaqt ochiq holda ushlab turish; - asboblarning orqa tomonidagi changni 1 yilda kamida bir marta tozalab turish; - agarda oila uydan bir necha kunga chetga chiqib ketsa, sovutgichni tarmoqdan uzib qo‘yish. Gaz plitalardan foydalanish ekologiya nuqtai nazaridan elektr plitalarda ovqat tayyorlaganga nisbatan yaxshi variantdir. Agarda uyda elektr plita o‘rnati!gan bo‘lsa, u holda elektr energiya iqtisodini quyidagilar hisobiga amalga oshirish mumkin: - kastryulya yoki tovaning tashqi tekis yuzasini va diametri plitaning isitish yuzasidan 3 sm ga ortiq bo‘lishini tanlash; - elektr plitani qaynatish yoki qovurish tugashiga bir necha minut qolganda o‘chirish; - qopqog‘i bo‘lgan idishdan foydalanish; - optimal miqdordagi suvni quyish. Yoritish kichkina vaqt oralig‘ida talab etiladigan joylarda avtomat o‘chirgichlarni o ‘rnatish, masalan, ko‘p xonali uylarning zinapoyalari maydonchalarida, yakka turadigan bir xonali uylarning old tomoniga chiqish joylarida.Download 209.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling