Yorma zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni Reja
Tariq donini qayta ishlab yorma olish jarayoni
Download 34.97 Kb.
|
Yorma zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
7. Tariq donini qayta ishlab yorma olish jarayoni.
Tariq donidan yorma olish texnologik sxemasi quyidagi jarayonlarni o’ziga oladi: donning qobiq’ini ajratish; qobiq ajratish jarayonida hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash; yadroni silliqlash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish. Donning qobiq’ini ajratish va qobiq ajratish jarayonida hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash oraliq yadroni ajratib olmasdan qobiq ajratish sxemasi asosida olib boriladi. Donning qobiq’i abraziv valli va rezinmatoli plastinkali dekali valli-dekali dastgohda ajratiladi. Donning qobiq’i bir dekali yoki ikki dekali dastgohda ajratiladi. Ikki dekali dastgohda donning qobiq’ini ajratish samaradorligi yuqori. Vallarning aylanish tezligi 15,5 m/s ni tashkil qiladi. Ikki dekali dastgohda donning qobiq’i ajratilganda dastgohdan keyin hosil bo’lgan mahsulot tarkibida qobiq’i ajralgan don va maydalangan yadroning miqdori birinchi qiyin 91,0 va 3,7 % bo’lishi kerak, ikkinchi sistemadan keyin 99,0 va 5,0 % bo’lishi kerak. Maydalangan yadroga teshik diametri 1,5 mm bo’lgan q’alvirdan o’tgan yadro bo’lakchalari kiradi. Bir dekali dastgohda donning qobiq’i ajratilganda dastgohdan keyin hosil bo’lgan mahsulot tarkibida qobiq’i ajralgan yadroning miqdori quyidagi bo’lishi kerak: birinchi sistemadan keyin 80...90 %, ikkinchi sistemadan keyin 90...95 %, uchinchi sistemadan keyin 95...98 %, to’rtinchi sistemadan keyin 99 %. Bir va ikki dekali dastgohda qobiq ajratish jarayonida hosil bo’lgan mahsulot tarkibi 20-jadvalda keltirilgan. 20-jadval Bir va ikki dekali dastgohda qobiq ajratish jarayonida hosil bo’lgan mahsulot tarkibi (%)
Donning qobiq’i ajratilgandan keyin yadroda meva va uruq’ qobiq’i, aleyron qatlam va murtak qoladi. Qobiqlarning ko’p qismini va murtakni olib tashlash uchun yadro A1-ZShN-3 rusumli silliqlovchi mashinalarda yoki valli dekali dastgohlarda silliqlanadi. Silliqlash mahsulotlari tarkibidagi qobiq va un havo separatorlarida (aspiratorlarda) ajratib olinadi. Yorma va qo’shimcha mahsulotlar A1-BRU rusumli elakdonlarda yoki yorma ajratgichlarda yirikligi bo’yicha saralash yo’li bilan ajratiladi. Teshik diametri 2,3...2,5 mm bo’lgan q’alvir qoldiq’i bilan chiqindilar (buq’doy javdar va boshqalar) ajratib olinadi. Teshik diametri 2,3...2,5 mm bo’lgan q’alvirdan o’tgan mahsulot tariq yormasi ikki marta aspiratorlarda va magnit separatorida nazorat qilingandan keyin tayyor mahsulot bunkeriga yuboriladi. Download 34.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling