Yorma zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni Reja
Yorma ekin donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarining
Download 34.97 Kb.
|
Yorma zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorma ekinlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi
- 4. Yormalarning sifat ko’rsatkichlari.
3. Yorma ekin donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarining
turlari. Donni qayta ishlab yorma olish texnologik sxemasini tuzishga qo’yidagi omillar ta’sir qiladi: ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti (butun yoki singan maq’izdan olingan yorma, silliqlangan yoki silliqlanmagan yorma); donning anatomik tuzilishi, maq’iz va qobiqlarni boq’lanish mustahkamligi, maq’izni mustahkamligi, donning shakli va boshqalar. Texnologik jarayonlarni tuzishni umumiy qoidalaridan boq’liq holda hamma yorma ekinlarini ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga tashqi qobiq’i maq’iz bilan birlashib o’smagan ekin donlari kiradi. Bu donlardan (tariq, suli, sholi, grechixa) olinadigan asosiy mahsulot butun yadrodan olingan yormadir. Ikkinchi guruhga tashqi qobiq’i maq’iz bilan birlashib o’sgan ekin donlari kiradi va ulardan olinadigan asosiy mahsulot maydalangan yadrodan olingan yorma hisoblanadi. Rus no’xatini qayta ishlab butun yorma bilan birgalikda bo’lingan yorma ham olinadi. Pachoqlangan va bargsimon, tezpishar yormalar, bolalar uni va boshqa xil maxsus mahsulotlarni ishlab chiqarish sxemasi aloxidaligi bilan farq qiladi. Yorma ekinlaridan 19-jadvalda ko’rsatilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. 19-jadval Yorma ekinlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi
4. Yormalarning sifat ko’rsatkichlari. Sholi, tariq, grechixa, suli donlaridan maydalanmagan butun yorma ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladigan maydalangan maq’izlar oziqovqat mahsulotlariga (maydalangan sholi, maydalangan grechixa) yoki ozuqa mahsulotlariga (tariq va sulining maydalangan maq’izi) tegishlidir. Butun maq’izdan olingan yorma sifatiga qarab ikki yoki uch navga bo’linadi. Maydalangan yorma navlarga bo’linmaydi. Arpa, buq’doy, makajuxori donlaridan olingan maydalangan silliqlangan yormalar yirikligiga qarab nomerlarga bo’linadi. Ko’p turli yormalarning asosiy sifat ko’rsatkichiga to’liq sifatli maq’iz miqdori kiradi, bundan tashqari yorma tarkibida organik va zararli minerallar, metallomagnit chiqindilar, qobiq’i olinmagan don, butun yorma tarkibida maydalangan yorma miqdori chegaralanib qo’yiladi. Nomerli maydalangan yorma uchun tekislanganlik bo’yicha sifat ko’rsatkichi o’rnatilgan, ya’ni aniq yiriklikdagi zarrachalar miqdori foizda belgilangan. Download 34.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling