7.5 Yorug’likning ikki muhit chegarasidan qaytishi va sinishidagi qutblanishi
Ikki muhit chegarasiga yorug’lik tushganda, yorug’lik to’lqini qisman aks etib qaytadi va qisman sinadi.
Dielektriklarda, qaytgan yorug’lik jadalligi tushayotgan to’lqin qutblanishi, i tushish burchagi va r sinish burchagiga bog’liqligini Frenel ko’rsatgan.
vektor tebranishi tushish tekisligiga perpendikulyar bo’lgan holda, qutblangan yorug’lik uchun yorug’lik jadalligi
, (7.5.1)
ga teng bo’ladi.
vektor tebranishi tushish tekisligida bo’lgan holda, qutblangan yorug’lik uchun, yorug’lik jadalligi
, (7.5.2)
ga teng bo’ladi.
Tabiiy yorug’lik uchun qaytgan to’lqin jadalligi quyidagiga teng bo’ladi:
, (7.5.3)
Qaytgan yorug’lik jadalligini tushish burchagiga bog’liqlik xarakteri grafik ravishda 7.7 - rasmda tasvirlangan. 1 - chiziq (7.7.1) – ifodaga, 2 - chiziq (7.7.2) - ifodaga va 3 - chiziq (7.7.3) - ifodaga mos keladi.
Yorug’lik qutblanishi xar xil usullar bilan amalga oshirilgan bo’lsa, u sirt chegarasidan xar xil jadallikda aks etadi, u holda aks etgan yorug’lik qisman qutblangan bo’ladi.
7.7– rasm. Qaytgan yorug’lik nuri jadalligini tushish burchagiga bog’liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |