Yorug’lik dispersiyasi va uning klassik nazariyasi


Download 250.5 Kb.
bet4/10
Sana28.04.2020
Hajmi250.5 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MARUZA 7 59fe01854c2e533476527021b49a3ef3

Buger-Lambert qonuni deb ataladi. Bu yerda m - berilgan moddaning yorug’likni yutish koeffisiyentidir va u to’lqin uzunligining funksiyasidir:

Bo’yalgan qorishmalar uchun m qorishmalar konsentrasiyasiga proporsionaldir



va bu holda Buger-Lambert qonuni quyidagicha ko’rinishda yoziladi:



, (7.2.1)

yutilish koeffisiyentini to’lqin uzunligiga bog’liqligi grafik ko’rinishda 7.5 - rasmda xlorli seziy moddasi uchun tasvirlangan.



Bu rasmda spektrning ultrabinafsha qismi tasvirlangan. Egri chiziq cho’qqilari yutilish sohalariga tegishlidir.



7.5 – rasm. Xlorli seziy moddasining yutilish spektri

Tiniq jismlarda, spektrning ko’zga ko’rinadigan qismida, yutilish sohalari bo’lmaydi, ultrabinafsha va infraqizil sohalarida yutilish kuzatiladi. Yorug’lik spektrining ko’zga ko’rinadigan qismida yutilish sohalari jismning rangini bildiradi. Masalan, qizil shisha qizil nurlarni deyarli yutmaydi va qolgan nurlarni yaxshi yutadi. Shuning uchun, qizil shishani oq nur bilan yoritsak qizilga o’xshaydi, yashil nur bilan yoritsak qora, ya’ni tiniqmasligini ko’rsatadi.

Metallar, ko’p erkin elektronlarga ega bo’lgani uchun, yorug’likni kuchli yutadi, elektronlar esa yorug’lik to’lqinining o’zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida, amplitudasi katta bo’lgan tebranma harakatga keladilar. Elektronlarni tebranma harakatga keltirish uchun zarur bo’lgan energiya, yorug’lik to’lqinining energiya zahirasidan sarflanadi. Ammo tebranayotgan elektronlar ham shu chastotalarda to’lqin nurlatadi, bu esa yorug’likning qaytishiga sabab bo’ladi.

Shunday qilib, metallar yorug’likni kuchli yutadi va kuchli sochadi. Yarimo’tkazgichlar yorug’likni kamroq yutadilar, dielektriklar esa undan ham kam yutadilar.

Yorug’lik to’lqinlarining, muhit atomlari elektronlari bilan o’zaro ta’sirlashuvida, elektronlar tebranma harakatga kelib yorug’lik chiqaradilar. Tabiiy nurlarda tebranishlarning barcha yo’nalishlari teng ehtimolli bo’lganligi uchun, atomlar chiqarayotgan yorug’lik barcha yo’nalishlarda sochilishi mumkin. Agarda muhit atomlari birtekis taqsimlangan bo’lsa, sochilgan nurlar kogerent bo’ladilar va interferensiya tufayli bir-birini yo’qqa chiqaradilar. Bu holda muhit optik jihatdan birjinsli bo’lib, nurlarni sochmaydi.

Agarda, muhitda zarrachalar tartibsiz taqsimlansalar, u holda, ular sochgan yorug’lik nokogerentdir va sochilish barcha taraflarda o’rinli bo’ladi. Ammo, amalda, ximiyaviy birjinsli bo’lgan muhit molekulalari ham, issiqlik harakati va betartib xosil bo’lgan quyuqlik yoki siyrakliklar hisobiga nur sochadilar.



Agarda, birjinsli bo’lmagan quyuqlik yoki siyrakliklar o’lchamlari to’lqin uzunligiga nisbatan kichik bo’lsa, u holda istalgan yo’nalishdagi sochilgan yorug’lik jadalligi tushayotgan to’lqin uzunligiga quyidagicha bog’langan bo’ladi (Reley qonuni):

, (7.2.2)

Atmosfera havosi zarrachalarining hajmlari kichik bo’lganda quyosh nurining qisqa to’lqinlarini (binafsha, ko’k va yashil) jadal sochadi va nurning katta to’lqinlarini (qizil, sariq) yomon sochadi. Shu sababli, havoning rangi yuqori qatlamda, yashil yoki ko’k rangda (havorangda) bo’ladi.



Download 250.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling