Yorug’lik interferensiyaning mohiyati
Download 210 Kb.
|
Yupqa plastinkalardagi interferensiya
QO’LLANISHI
Metal sirtiga ishlov berish tozaligini control qilishda ham interferensiyon katotlar keng qo’llaniladi.Bunday asboblar jumlasiga V.P. linnikning mikrointerferometri kiradi. Yupqa pardalarda bo’ladigan interferensiya hodisasi bir qator asboblarda biror havo qatlamining qalinligi arzimagan darajada o’zgarganligi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradigan sezgir metod sifatida ishlatiladi. Masalan: Fizo-Abbe dilotometrida issiqlik tasirida bo’ladigan arzimagan kengayish sinalayotgan jism bilan etalon shisha orasidagi havo qatlamining qalinligining qalinligini o’zgartirib yuboradi. Eng takomillashtirilgan dilatometr eritilgan kvarsdan yasalgan X halqa bo’lib uning ustiga shishadan yasalgan P etalon plastinka qo’yilgan.(8-rasm) Halqaning ichiga tekisliklari yaxshilab silliqlanagan modda qo’yiladi.sirtlar orasida hosil bo’lgan yupqa M havo qatlami(odatda bu qatlampona shaklida bo’ladi) monoxramatik yorug’lik bilan yoritiladi va interferension manzara hosil bo’ladi. X va P ning kengayish koeffisientlari bir-biridan farq qilgani holda tufayli isitilgan M havo qatlamining qalinligi o’zgaradi,buning oqibatida interferension polasalar siljiydi bu siljish m tamg’a vositasida qayt qilinadi Polasalarning birga teng sijishi yo’l farqining λ ga yani havo qatlamining λ/2 ga o’zgarishini bildiradi. Shunday qilib interferension manzaraning kuzatib havo qatlami qalinligining o’zgarishini aniq o’lchash va bunga qarab kengayish koeffisientini hisoblash imkonini beradi. m M
x R Bu turdagi aniq o’lchashlarda havoning sindirish ko’rsatgichining tenperaturaga bog’liq ekanligini etiborga olishga to’g’ri keladi. Interferension metodlar sindirish ko’rsatgichini arzimagan o’zgarishlarini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi,bu o’zgarishlar oqibatida esa optic yo’l uzunigi o’zgaradi va binobarin interferension manzara siljiydi. Bundan tashqari turli xil interferometrlar ishlatiladi:ular texnik xarakterda bo’lib,gaz va suyuqliklarning aralashmaar qo’shilib qolish tufayli sindirish ko’rsatkichlarining kichik o’zgarishlarini o’lchashga moslashtirigan. masalan: shaxtalardagi gaz tarkibini aniqlashga va suvda erigan arzimas miqdordagi tuzlarni analiz qilishga mo’ljallangan texnik interferometrlar.Keyingi vaqtlarda interferension refraktometriya hatto kasallik tufayli qonda yuz beradigan o’zgarishlarni tadqiq etish uchun klinik labaratoriyalarda ham qo’llanila boshlanyapdi. Nihoyat qattiq jismlarning sindirish ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan refrometrlar ham kam emas.Keyingan vaqtlarda sindirish ko’rsatkichlarning bu metodlar bilan topilgan natijalariga hamma zarur tuzatmalar kiritilganda sindirish ko’rsatkichlari sakkizinchi o’nli raqamgacha aniqlikda topildi. Interferension hodisalar burchaklarni aniq belgilashda ham qo’llaniladi.Bu yerda ham xilma xil usullardan foydalanish mumkin. Masalan; shisha prizmalardagi burchaklarni to’g’riigini control qilishda yupqa plastinkalarda yuz beradigan hodisalardan foydalaniladi.Buning uchun shishadan standart guniya yasab olib va uni prizmaning yoqlariga qo’yib prizmaning burchagini to’g’riligini interferension manzaraga qarab aniqlash mumkin,bundagi aniqlik 0,03 mkm dan ortmaydigan havo ponasiga mos keladi. Maykelson qo’shaloq yulduzlar orasidagi juda kichik masofalarni shuningdek yulduzlarning burchakli diametrini baholashda interferension metedni tatbiq etgan.(8-rasm) 8-rasm Xullas to’lqin uzunligini nihoyatda katta aniqlikda topishga imkon beruvchi interferension metodlar benihoya nozik bo’lgan spektraskopik tadqiqotlarda: spektral chiziqlarning nozik strukturasi spektral chiziqlarning shakli va enini tatqiq etish, spektral chiziqlar tuzilishidagi juda kichiko’ o’zgarishlarda ham qo’llanishini ravshandir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling