Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar
Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari
Download 474.4 Kb. Pdf ko'rish
|
optikaa
Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari
Yorug‘likning ko‘zga yoki qabul qiluvchi boshqa bir qurilmaga ko‘rsatadigan ta’siri, dastavval, yorug‘lik to‘lqini eltadigan energiyaning bu qurilmaga berilishidan iborat. Shuning uchun biz optik hodisalar qonunlarini qarab chiqishdan avval yorug‘likni o‘lchash - fotometriya to‘g‘risida tasavvur hosil qilishimiz kerak. Fotometriya yorug‘lik to‘lqini keltirayotgan energiyani o‘lchashdan yoki shu energetik xarakteristika bilan biror tarzda bog‘langan kattaliklarni o‘lchashdan iborat. Yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar. Bunday qurilmalarning xossalari u yoki bu spektral oblastdagi nurlanishni sezish xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. 3.1- rasmda germaniy ( ) va kremniy ( ) asosida tayyorlangan fotodiodlarning spektral xarakteristikalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, fototokning qiymati to‘lqin uzunligiga kuchli bog‘liq. Boshqa tipdagi yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalarning masalan balometrni spektral xarakteristikalari qariyb to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Shuning uchun ham birinchi tipdagi qabul qiluvchi qurilmalar selektiv, ikkinchi tipdagi e G i S I qurilmalar esa noselektiv qurilmalar deb yuritiladi. Inson ko‘zi selektiv yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar tipiga kiradi. Uning ko‘rish funksiyasi kunduz kuni va oqshom uchun quyidagi rasmda keltirilgan (3.2- rasm). 3.1- rasm 3.2- rasm. Ko‘rish funksiyasi: 1-kunduz ko‘rish, 2-oqshom ko‘rish. Har qanday yorug‘likni qabul qiluvchi optik qurilmalarning muhim harakteristikasi kuchsiz yorug‘lik oqimini sezish qobiliyatidir. Inson ko‘zi xuddi shunday kuchsiz yorug‘lik oqimini sezishdek g‘aroyib xususiyatga egadir. Ko‘z sezgirligi turli kishilarda turlicha bo‘ladi, shuning uchun o‘rtacha sezgirlikni tekshirishga to‘g‘ri keladi. «O‘rtacha» sezgirlik ko‘zida nuqsoni bo‘lmagan ko‘p kishilarni tekshirish natijasida topiladi. Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlariga nisbatan o‘rtacha sezgirlikni xarakterlovchi bunday kattalik ko‘rish funksiyasi deb ataladi. Ko‘rish funksiyasini grafik ravishda tasvirlash qiyin, chunki subektiv nuqtai nazardan turli tusdagi nurlarning, masalan, qizil va yashil tusdagi nurlarning xuddi bir xil ravshanligini (yorqinligini) aniqlash mushkul. Agar 1 va 2 uzunlikdagi ikkala to‘lqin oqimlariga nisbatan ko‘z sezgirligi bir xil bo‘lsa edi, bo‘lganda, ya’ni quvvatlar teng bo‘lganlarida har ikki maydoncha yorqinligi bir xil bo‘lib ko‘rinar edi. Haqiqatda esa subektiv yorqinlikning teng bo‘lishi uchun ikkala oqimning va quvvatlarini turlicha qilib olishga to‘g‘ri keladi: ko‘z qaysi uzunlikdagi to‘lqinni kuchliroq sezadigan bo‘lsa, o‘sha to‘lqin oqimini kamroq quvvatli qilib olish kifoY. Shuning uchun ko‘zni Ф( ) ko‘rish funksiyasi vositasida xarakterlab, 1 va 2 bir-biriga yaqin ikki to‘lqin uzunliklariga oid Ф( ) ko‘rish funksiyasining son qiymatlari bir xil yorqinlik hissini o‘yg‘otuvchi va quvvatlarga teskari proporsional, ya’ni (1.1) deb faraz etamiz. Spektr sohaning bir bo‘lagidan ikkinchi (qo‘shni) bo‘lagiga ketma-ket muntazam o‘tish yo‘li bilan ko‘rinuvchi butun spektr sohasi miqyosidagi Ф( ) ko‘rish funksiyasining qiymatlarini aniqlab olish mumkin. Inson ko‘zi to‘lqin uzunligi 0,555 mk bo‘lgan yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Ko‘rish funksiyasining bu to‘lqin uzunligiga mos qiymati 1 ga teng deb qabul qilingan. Bu holda, boshqa hamma to‘lqin uzunliklari uchun ko‘rinuvchi spektr sohasidan tashqarida 2 1 Download 474.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling