Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar


Download 474.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.04.2023
Hajmi474.4 Kb.
#1401123
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
optikaa

Fotometriya (foto... va metriya) — fizik 
optikaning manbalardan chiqib, turli muhitlarda tarqaladigan va jismlar bilan oʻzaro 
taʼsirlashadigan optik nurlanishning energetik koʻrsatkichlarini oʻrganadigan 
boʻlimi. Fotometriya fotometrik kattaliklarni oʻlchashning eksperimental usullari 
va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegi shli nazariy qoidalar va xisoblarni oʻz 
ichiga oladi. Fotometriya ning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi E
boʻlib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan oʻrtacha quvvatdir. 
Tor maʼnoda Fotometriya deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, 
yoruglik kuchi, ravshanlik va h.k.) kattaliklarni oʻlchash va hisoblash tushuniladi. 
Fotometrik kattaliklarning nurlanish toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini va energetik 


kattaliklarning spektral zichliklarini oʻrganish spektrofotometriya hamda 
spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi.
Fotometriya ning asosiy qonunini I.Kepler 1604-yil taʼriflagan: Ye=1/R 
(bunda Ye — yoruglik kuchi boʻlgan yorugʻlik manbaidan masofadagi 
yoritilganlik). Fotometriya ni P. Buger eksperimental asoslab bergan. Moddalar va 
jismlarning fotometrik xususiyatlari oʻtkazish koeffitsiyenti t, qaytarish 
koeffitsiyenti r va yutish koeffitsiyenti a bilan tavsiflanadi. Nurlanishning ingichka 
dastasi modda orqali oʻtishida nurlanish oqimining susayishi Buger — Lambert — 
Ber qonuni orqali aniqlanadi. Fotometriya usullari astronomiyada spektrning turli 
diapazonlarida nurlanuvchi kosmik manbalarni tadqiq qilishda, yorugʻlik 
texnikasida, signalizatsiya texnikasida, astronomiya, astrofizika va h.k.da 
qoʻllanadi.
Fotometriya – yorug’lik energiyasining oqimi, yorug’lik kuchi, 
yoritilganlik, ravshanlik, yorituvchanlik kabi fizik kattaliklar bilan ish ko’radi.

Download 474.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling