Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar
Download 474.4 Kb. Pdf ko'rish
|
optikaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI fakulteti kafedrasi yo’nalishi “ ” kurs talabasi ning “ ” fanidan Mavzu: Bajardi: Qabul qildi: NUKUS 20 yil Yorug’lik o’lchashlarida ishlatiladigan birliklar. Yorug’likka oid kattsliklarni o’lchash (fotometriya) Reja: 1.Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar 2. Fotometriya asoslari. 3. Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari 4. Fotometriyaning qo’llanilishi Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar Xalqaro yoritish komissiyasi odam ko‘zini yorug‘lik energiyasini qabul qiluvchi sifatida olib, yorug‘lik oqimini ko‘rish sezgisi bo‘yicha baholanadigan nur energiyasi oqimi deb ta’rifladi. Yorug‘lik oqimi va boshqa yorug‘lik texnikasi kattaliklarini amalga oshirish uchun shartli yorug‘lik etaloni ishlatiladi. Xalqaro kelishuv bo‘yicha 1948-yil 1-yanvarda yorug‘likning qayta tiklanuvchi yangi etaloni kiritilgan bo‘lib, u toza platinaning qotish temperaturasida (2046,6 K) qo‘llaniladigan absolyut qora jism ko‘rinishida yasalgan. Rossiyada bunday etalon metallurgiya ilmiy tekshirish instituti fotometriya laboratoriyasida yasalgan. Yorug‘lik kuchi birligi kandela. Hozir tilga olingan yorug‘lik etalonining yuzidan normal yo‘nalishda chiqayotgan yorug‘lik kuchining qismiga teng. Oldin yorug‘lik kuchining birligi sham bulib, u 1,005 kd ga teng edi. Yorug‘lik oqimi birligi lyumen (lm) u 1 kd li yorug‘lik manbaining 1 steradian fazoviy burchak ichiga yuboradigan oqimidir. Agar manbaning har qanday yo‘nalishi bo‘yicha yorug‘lik kuchi 1kd ga teng bo‘lsa, u holda manba 4 лм=12,5 lm ga teng to‘la yorug‘lik oqimi beradi. Yangi yorug‘lik etaloni normal yo‘nalish bo‘yicha 1 sm 2 dan 60 lm/cp ga teng oqim beradi. Yoritilganlik birligi lyuks (lk) bo‘lib, u 1 m 2 yuzaga tekis taqsimlangan 1lm oqimga mos keladigan yoritilganlikdir: Shunday qilib 1 lm - markazida barcha tomonga tekis nurlanadigan 1 kdli manba joylashgan va radiusi 1 m bo‘lgan shar sirtida hosil qilinadigan yoritilganlikdir. 2 60 1 см 60 1 Yorituvchanlik xuddi yoritilganlik kabi lm/m 2 hisobida ifodalanadi. Biroq bu yerda bu kattalik olinayotgan oqimga emas, balki chiqayotgan oqimga tegishli. Ravshanlik В birligi sifatida o‘ziga perpendikulyar yo‘nalishda har bir kvadrat metrdan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligi olinadi. Shunday qilib, ravshanlik birligi kvadrat metrga kandela bo‘ladi kd/m 2 . Ilmiy adabiyotlarda quyida sanab o‘tilgan boshqa birliklar ham ishlatiladi: Nit, ravshanki, kd/m 2 ning boshqacha nomi. Stilben har bir kvadrat santimetridan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligiga mos keladi. Apostilb va lambert kattaliklar fizik jihatdan sirtida ma’lum yoritilganlik hosil qilingan ideal sochgichning ravshanligini bildiradi. Yorug‘lik va energetik birliklar Kattaliklar Belgisi Birligi Simvoli Energetik Birligi Yorug‘lik oqimi Ф Lyumen lm Vatt Yorug‘lik kuchi I Kandela kd vatt/steradian Ravshanlik В Kandela/m 2 kd /m 2 vatt/(steradian(m 2 ) Intensivlik R Kandela/m 2 kd /m 2 vatt/(steradian(m 2 ) Yorituvchanlik S lyumen/m 2 lm/m 2 vatt/m 2 Yoritilganlik E Lyuks lk vatt/m 2 Download 474.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling