Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Download 1.14 Mb.
bet18/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

Xalqum (tomoq). Og’iz bushlig’ining davomi bo`lib, u shilliq va muskul qavatlaridan iborat. Uning uzunligi kattalarda 15 sm bo`lib, uch qismga – burun, og`iz va xiqildoqqa bo`linadi. Xalqumning vazifasi ovqatni ogiz bushligidan qizilungachga, havoni burun bushligidan xiqildoqqa o’tkazishdan iborat. biriktiruvchi to`qimadan iborat bo’lib, seroz qavatdan tuzilgan.

Qizilo’ngach. Qizilungach to’sh suyagining orqa qismida joylashgan bo’lib, uning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 10-11 sm, bir yoshda 12 sm, 5 yoshda 16 sm, 12 yoshda 18-19 sm, kattalarda 25-32 sm, diametri 2-3 yoshda 10 mm, 6 yoshda 12-14 mm ga teng. Qizilo’ngach devori ichki shilliq, o`rta muskull, tashqi seroz qavatlardan tashkil topgan.

Me’da. Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, diyafragma ostida joylashgan. U to’rt qismdan; kirish, tub, tana va pilorik yoki chiqish qismidan iborat.
Bolaning yoshi ortishi bilan me'daning hajmi orta boradi. Yangi tug'ilgan bolada 30-45 sm3, 1 yoshda 400-500 sm3, 2 yoshda 600-750 sm3, 6-7 yoshda 950-1100 sm3, 11-12 yoshda 1500 sm3 bo'lib, kattalarda 3000-3500 sm3, uzunligi 25-30 sm, eni 12-14 sm ga teng. Vazni yangi tug’ilgan bolalarda -6,5g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan so`ng 155 g. Me`da hajmi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta kattalashadi.
2 yoshgacha me'da noksimon, 7 yoshda kolbasimon shaklda bo'ladi. Yosh bola me'da shilliq qavati juda nozik bo'lib, ko'p kapillyar qon tomirlari bilan ta'minlangan.
Me'da bezlari ishlab chiqaradigan ishlarning hazm qilish kuchi va kislotaliligi ancha past bo'ladi. Bu shira tarkibida ximozin, lipaza, pepsin,amilaza vaboshqa ko'plab fermentlar bo'lib, biroq ular juda kam miqdorda bo'ladi.
Bir yoshgacha sutdagi oqsillarga ta'sir etuvchi ximozin fermenti aktivligi yuqori bo'lib, yosh oshishi bilan lipaza fermenti aktivligi ortib boradi, me'da harakatlari o'zgaradi.
Me’daning ichki shilliq pardasi tagida mayda bezchalar bo’lib, ularning soni yangi tug`ilgan bolada 2 mln, 10 yoshda 17 mln, 15 yoshda 22 mln, kattalarda 35 mln ga etadi. Ularda shira ishlab chiqaradi, lekin bu fermentlarning aktivligi kamroq bo`ladi. Shira tarkibida pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota bo’lib, ular ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’ va uglevodlarni parchalashda faoliyat ko’rsatadi.
Me’dada ovqat fizik va kimyoviy yo’l bilan parchalanib, hazm bo’lib, 12 barmoq ichakka o’tkaziladi. Me’dada aralash ovqatlar 3-4 soatda, yog`’li ovqatlar 5-6 soatda, suv, sut, non shirinliklar esa 2-3 soat saqlanadi. Aralash ovqatlar 3-4 soatda hazm bo’lganligi uchun har 4 soatda ovqatlanish tavsiya etiladi (uyqu bundan mustasno). Ovqatlangandan 20-30 minutdan so’ng me’da to’lqinsimon qisqarib ovqat me’da shirasi bilan aralashadi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling