Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Download 1.14 Mb.
bet11/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yuk ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog``ining tovon- panja va boldir muskullarida og`riq bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlikning tug`ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor berish kerak.
.
Tekshirish savollari

1.Quyidagi suyaklarga misol keltiring.



Naysimon suyaklar



Uzun




Kalta




G‘ovak suyaklar

Uzun




Kalta




Sessamasimon




Yassi suyaklar




Aralash suyaklar




3.Rasmda skeletning qaysi qismi ifodalangan? Bo‘limlari va qismlarini nomlang.




1




2




3




4






4.Qo‘l suyaklarini qismlarga bo‘ling va raqamlarni nomlang.






1




2




3




4




5




6




7




8






5.Oyoq suyaklarini qismlarga bo‘ling va raqamlarni nomlang.








1




2




3




4




5




6




7








2-MARUZA


MAVZU: Ichki sekretsiya bezlarining umumiy tuzilishi tashqi va aralash bezlarining umumiy tuzilishi
Reja:
1. Gipofiz epifiz bezi tuzilishi va fiziologiyasi
2. Qalqonsimon bez meda osti bezining tuzilshi
3. Ayrisimon bez tuzilishi va fiziologiyasi
4. Ter va solak bezlarining tuzilishi va fiziologiyasi
5. Jigar va jinsiy bezlarning tuzilshi

Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yo`l bilan boshqariladi. Gumoral yo`l bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida joylashgan bezlar orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya bezlari ham deyilib, ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi. Gormon termini ingliz fiziologlari Beytiss va Stoling tomonidan 1905 yilda fanga kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik aktiv modda gormonlar ishlab chiqaradi. (yunoncha horman- qo`zgatmoq degan so`zdan olingan). Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar juda oz miqdorda ya'ni gramning miliondan bir qismiga teng bo`lib, ular to`g`ridan to`g`ri qon va limfaga quyiladi.


Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu bezlar moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga etish va barcha organlarning faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga, ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan holda organizmning endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga «krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi. Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir. Shuning uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling