Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Download 1.14 Mb.
bet29/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

Bronxlar. Traxeya V ko’krak ro’parasiga kelib o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Bronxlar 7 yoshgacha tez o’sib, o’pka to’qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o’xshab, juda ko’p mayda bronxlarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.
O’pka. O’pka bir juft bo’lib ko’krak qafasining ikki tomonida joylashgan bo`lib, o`ng va chap o`pkadan iborat bo`ladi. Har bir o`pka qonussimon bo`lib, ustki qismi, uchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi ortishi bilan o`pkaning og`irligi va hajmi ortib boradi. Yangi tug`ilgan bolalarda ikki o`pkaning og`irligi 50-57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5-6 yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690-700 g, kattalarda esa 1000 g. bo`ladi. O`pka hajmi yangi to`g`ilgan bolalarda 70 sm3, 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamda esa 1400 sm3 bo`ladi.
O`pkaning o`sishi asosan, alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo`ladi. Bu nafas va gaz almashinuviga ta'sir qiladi.
Alviollalar-devorlari yupqa bo`lishi va ularning qon kapilyarlar turi bilan o`ralib turishi qon gazlari bilan o`pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imqon beradi.
Yangi to`g`ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo`ladi. Alviollalarning intensiv o`sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o`pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo`ladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o`sib rivojlanadi.
Yangi to`g`ilgan bolalarda alviollalarning hajmi 0,5mm, 3-4 yoshda 0,12 mm, 15 yoshda 0,17 mm keladi. Yangi to`g`ilgan o`g`il va qiz bolalarda nafas olish qorin tipida, ya'ni asosan diofragma hisobiga bo`ladi. Ko`krakning yuqori qismlari harakati juda kam bo`ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko`krak qafasi vertikal holatda ko`proq bo`lib, bolada ko`krak tipidagi nafas olish taraqqiy eta boshlaydi. Bolaning 3 yoshidan boshlab ko`krak tipidagi nafas olish yaqqolroq vujudga kela boshlaydi. Bolalarda nafas olish kattalarga nisbatan tez va yuzaki bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o`pkaning havo sig`imi ortib boradi. Bolaning nafas olishi tez bo`lgani uchun o`pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo`ladi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo`lgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. M-n: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta'minlanishi uchun, o`pkasidan 1 minutda 1400-1500 sm3 havo o`tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bo`lgan extiyojini qondirish uchun esa 300-400sm3 havo o`tishi kerak. Bolalarning tinch holatida va ayniqsa muskul ishida kattalarga nisbatan tez-tez nafas oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniqsa qayiqda suzish, voleybol, engil atletika, suzish sporti bilan shug`ullansa, o`pkaning tiriklik sig`imi ortadi. Bunga asosiy sabab, jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga bo`lgan extiyoji ortadi, natijada o`pkaning nafasda ishtirok etadigan yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida o`pkaga oqib keladigan qon miqdori ham ko`payib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.
O`pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo`ladi. Plevraning bir varag`i ko`krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag`i o`pkani o`rab turadi va bu varaqlar o`pka oldi yonida bir-biri bilan bilinmay qo`shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasida tirqishsimon bo`shliq plevra bo`shlig`i bo`ladi, unda bir oz miqdorda suyuklik bo`ladi, shu suyuqlik varaqlarni namlab turadi va bir -biriga ishqalanishga yo`l qo`ymaydi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling