Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Download 1.14 Mb.
bet25/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

OVQAT RATSIONINI TUZISH.


Ishdan maqsad: O’quvchilar bir kunlik sarf qiladigan energiyasiga nisbatan ovqat ratsionini tuzish ko’nikmalarini hosil qilish.
O’quv jihozlari: Oziq-ovqatlarning kimyoviy tarkibi va ularning qanchalik kalloriyaga ega ekanligini tasvirlovchi jadval .
Nazariy qism:
To’rt mahal ovqatlanish eng yaxshi rejim hisoblanadi. Birinchi, ertalabki nonushta umumiy kaloriyaning 25-30% ini, tushki ovqat 35-40% ini, ikkinchi tushlik 10-15% ini, va kechki ovqatlanish 15-20% ini tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Oqsilga boy bo’lgan oziq moddalari (go’sht, baliq, tuxum) nonushta va tushki ovqatlanishda tanovul qilingani ma’qul. Kechki ovqatlanish uchun esa sut, ko’kat mahsulotlari qoldirilishi zarur. Organizmga kirayotgan oqsil va yog’larning kamida 50% chorva mahsulotlaridan iborat bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda taom ratsioniga etarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirishi kerak.
O’zida oziq moddalarning necha protsent oqsil, yog’ va uglevodlarni saqlagani va 100 g oziqning qancha kalloriyaga ega ekanligini ko’rsatuvchi jadval yordamida oziq ratsioni tuziladi. Agar sutkalik ratsionda oqsillar, yog’lar va uglevodlarning miqdori normaga to’g’ri kelmaydigan bo’lsa, unda oziq moddalari tegishlicha ko’paytirilishi yoki ozaytirilishi kerak.


Bir kunlik ovqat ratsioni kalloriyasining alohida ovqatlanish vaqtida taqsimlanishi (% hisobida)



Ovqatlanish
vaqti

Kichik yoshdagi o’quvchilar

Katta yoshdagi o’quvchilar

Nonushta

20-25

25-30

Tushlik

30-35

35-40

Ikkinchi tushlik

20

10-15

Kechki ovqat

20-25

15-20



Kasbga qarab sarflanadigan energiya miqdorini aniqlash uchun odamlar 4 ta guruhga bo’linadi.
Birinchi guruh – kam jismoniy kuch sarflaydiganlar – olimlar, injenerlar, idora xizmatchilari, tikuvchilar, mexaniklar, talabalar, o’qituvchilar, vrachlar. Kunlik energiya sarfi 2500-2800 kkal.
Ikkinchi guruh – tokorlar, to’qimachilar, pochta xizmatchilari, laboratoriya xodimlari. Kunlik energiya sarfi 3000 kkal.
Uchunchi guruh – ko’p jismoniy kuch sarflaydiganlar – temirchilar, duradgorlar, slesar, ishchilar. Kunlik energiya sarfi 3500-4000 kkal.
To’rtinchi guruh – og’ir jismoniy mehnat qiladiganlar – yuk tashuvchilar, o’rmonchilar, er qazuvchilar, shaxtyorlar. Kunlik energiya sarfi 4500-5000 kkal.


Turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil, yog’, uglevodlar va energiya miqdori




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling