Yosh davrlari va pedagogik psixologiya O‘zbekiston respublikasi
O‘smirning o‘quv faoliyati
Download 91.21 Kb.
|
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BO‘LIM YOSHLIK PSIXOLOGIYASI 1. YOshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari
6. O‘smirning o‘quv faoliyati
Maktab va o‘qish o‘smir hayotida katta o‘rin egallaydi. Lekin o‘qishning muhim va zarurligini anglaganligiga qaramay turli bolalar bu masalaga har xil qaraydi. Ko‘pchilik uchun maktabning qiziqarliligi tengdoshlar bilan keng muloqot qilish imkoniyati tufayli ortadi, lekin o‘qishning o‘ziga bundan ko‘p zarar etadi. O‘smir uchun dars – faqat 45 daqiqalik o‘quv emas, balki ko‘plab muhim harakatlar, baholar, kechinmalar bilan boyigan sinfdoshlar va o‘qituvchi bilan muloqot vaziyati hamdir. O‘rta maktabga o‘tish bilan o‘smirlarning o‘qishi sezilarli darajada murakkablashadi: bitta o‘qituvchi o‘rniga besh–oltita yangisi paydo bo‘ladi, ularning tushuntirish va so‘rash usuli ham, o‘quvchilarga talab va munosabati ham har xil. Buning ustiga o‘qituvchilar ularni avvaliga yaxshi bilmaydilar, natijada «sevimli» va «sevimli bo‘lmagan» o‘qituvchilar paydo bo‘ladi. O‘smirlar bilimdon va talabchan, lekin materialni qiziqarli va aniq tushuntirib beradigan, darsni bir me’yorda tashkil eta oladigan, unga jalb qila oladigan, darsni har bir o‘quvchi uchun maksimal darajada unumli eta oladigan adolatli, oqko‘ngil va madaniyatli o‘qituvchilarni yoqtiradilar. O‘rta sinflarda o‘quvchilar fanlar asosini o‘rganish va o‘zlashtirishga kirishadilar. Bolalar katta hajmdagi bilimlarni egallashi kerak bo‘ladi. O‘smirlik yoshining oxiriga kelib esa, ular o‘zlarining bo‘lg‘usi kasbi va, umuman, kelajaklari haqida o‘ylay boshlaydilar. VI BO‘LIM YOSHLIK PSIXOLOGIYASI 1. YOshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari YOsh psixologiyasida yoshlik odatda jinsiy voyaga etish bilan boshlanib, kattalikning boshlanishi bilan yakunlanuvchi rivojlanish bosqichi sifatida belgilanadi. Bundagi birinchi chegara – fiziologik chegaradir. Ikkinchisi esa – ijtimoiy. Bu yosh davri murakkab va ko‘pqirrali. YOshlikni individ (fiziologik, biologik xususiyatlar va o‘zgarishlar) yoki shaxs (ijtimoiy va psixologik jarayon) sifatida inson rivojlanishining ichki jarayonlari nuqtai nazaridan tadqiq etuvchi ko‘plab yoshlik nazariyalari mavjud. Zamonaviy fanning fikricha, yoshlik muammosini rivojlanish omillari va ichki qonuniyatlarini inobatga olgan holda kompleks, har tomonlama o‘rganish kerak. Bu juda qiyin, negaki psixologik rivojlanish sur’ati va bosqichlari har doim ham ijtimoiy voyaga etish muddati bilan mos kelavermaydi. Akselerasiya natijasida bugungi bolalarning jismoniy rivojlanishi bir-ikki avlod oldingilardan ikki yilga tezlashgan. Akselerasiya bilan bog‘liq tarzda o‘smirlik yoshi chegaralari «yashardi» u 14 – 14,5 yoshdayoq yakunlanadi. SHunga muvofiq tarzda yoshlik ham ertaroq boshlanadi. YUqoridagilarga asoslanib, ilk yoshlikning quyidagi yosh chegaralarini belgilash mumkin – bu 14,5–17 yosh. Download 91.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling