Yosh fiziklar


Download 1.75 Mb.
bet8/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.75 Mb.
#1051810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-SINF YANGI FIZIKA TO\'GARAGI

Akbar Otaxo‘jayev
A kbar Otaxo‘jayev – fizik olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. Olim suyuqliklarning fizik xossalarini optik usullar yordamida o‘rgangan.
Ubay Orifov
Ubay Orifov – fizik olim, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekis­ton Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Beru­niy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.
Olimning asosiy ilmiy ishlari fizik elektronika, yadroviy va radiatsion fizika, gelioenergetika sohalariga bagʻishlangan.
Muxtor Saidov
Muxtor Saidov – fizik olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi texnologiya fanlari Aka­demiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘r­satgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat muko­foti hamda O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.
Olimning ilmiy ishlari yarimoʻtkazgichlar materialshunos­ligi va qattiq jismlar elektronikasi, yorugʻlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi yarimoʻtkazgich asboblar fizikasi va texnologiyalari muammolarini yechishga bagʻishlangan.
Poʻlat Habibullayev
P oʻlat Habibullayev – fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekis­ton Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomida­gi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. Olim fizika sohasining akustika, yadro fizikasi, optika va lazer fizikasi kabi yo‘nalish­larida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
Behzod Yo‘ldoshev
Behzod Yo‘ldoshev – fizik olim, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘z­bekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xiz­mat koʻrsatgan fan arbobi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Dav­lat mukofoti laureati.
Olim Vashington (AQSh) va Kembrij (Buyuk Britaniya) universitetlari faxriy doktori, Islom dunyosi fanlar akademi­yasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS) akademigi, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri, Rossi­ya) faxriy doktori, Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi (MAAN) akademigi.
Olimning ilmiy tadqiqot ishlari elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida yad­ro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab olgan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling